Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda favqulodda vaziyat talablari kuchaytirildi

505
0

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda favqulodda vaziyat talablari kuchaytirildi

 Qirg‘iz hukumati matbuot xizmatining 31 mart kuni ma’lum qilishicha, bundan buyon ko‘chada niqobsiz yurgan jismoniy shaxs 1000 so‘m (12.5 dollardan ko‘proq), jismoniy shaxsning ko‘chada niqob bilan yurishini ta’minlamagan yuridik shaxs 3 ming so‘m ( taxminan 40 dollar) jarima to‘laydi.

 Komendantlik soati amal qiladigan vaqtga qadar ko‘chaga chiqish tartibini buzgan jismoniy shaxsga 3 ming so‘m ( taxminan 40 dollar), yuridik shaxslarga 13 ming so‘m ( taxminan 170 dollar) jarima solinadi.

 Bishkek komendanti buyrug‘i bilan poytaxt aholisi o‘z uyidan 1,5 kilometr masofada harakatlana oladi. Jismoniy shaxslarga faqat dorixona, oziq-ovqat do‘koni va bankka borish uchun ruxsat beriladi. Ko‘chaga chiqqan shaxs qaerga borishi va nima maqsadda borayotgani to‘g‘risida o‘zi to‘ldirgan yo‘nalish varaqchasiga ega bo‘lishi shart.

Bishkekda kechki soat 8dan ertalabki 7gacha komendantlik soati amal qiladi. Komendantlik soati tartibini buzganlar 3 sutkaga qamaladi va katta miqdorda jarimga tortiladi.

 Qirg‘izistonda 31 mart kuni yana 13 odam koronavirusga chalingani aniqlandi. Qirg‘izistonda bu virusni yuqtirgan bemorlar soni bu bilan 107 nafarga etdi.

Tahlil:  Ko‘rilgan ushbu choralarni obdon o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, ular muammoni hal qilmasligiga, bil’aks, iqtisodni yanada barbod qilishiga amin bo‘lamiz. Bundan tashqari, bu choralar kasallikni yanada kuchaytirib, odamlar orasida zerikish va malollanishni keng yoyadi. Zero, bunday holatlar kapitalistik jamiyatlarda keng tarqalayotganini ko‘rib, eshitib turibmiz.

Shuning uchun ham Alloh Subhanahuning shariatida ko‘rsatilgan choralar ayni kasallikning to‘g‘ri muolajasidir. Ya’ni, davlat kasallikni paydo bo‘lgandan boshlab nazoratga oladi hamda kasallikni ilk kunidan boshlab, paydo bo‘lgan joyida izolyatsiya qilishga harakat qiladi. Boshqa hududlardagi sog‘lom odamlar esa, o‘z ishlarida va ishlab chiqarishlarida davom etadilar.

 … Shunday qilib, to‘g‘ri muolaja – kasallikni chiqqan erida izolyatsiya qilish, bemorlarni karantinga olish, ularni g‘amxo‘rlik bilan parvarishlab, bepul davolashdan iborat bo‘lib, sog‘lom odamlar o‘z ishlarini davom ettiradilar. Ijtimoiy va iqtisodiy hayot xuddi kasallik kelib chiqishidan oldin qanday bo‘lgan bo‘lsa, o‘shanday davom etadi. Odamlarning umumiy ijtimoiy hayoti to‘xtatib qo‘yilib, o‘zlari uylarga izolyatsiya qilib qo‘yilmaydi. Iqtisodiy hayot falaj ahvolga kelishiga, yoki inqiroz yanada murakkab tus olib, qo‘shimcha muammolar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi…

Hizb-ut-Tahrir amiri shayx Ato Abu Rashta

Qirg‘iziston hukumati fovqulotda holat e’lon qilib odamlarni (komendanlarga) harbiylarga tashlab berdi. Odamlar kundalik daromad manbalaridan mahrum bo‘lishdi. Hokimiyat fuqorolaridan uyda o‘tirishni talab qilyapti, lekin ularning uydagi oilaviy sharoitlari, iqtisodiy ahvollarini bilmaydi, yordam berib kompensatsiya to‘lab berishga imkoniyati ham yo‘q. Bu haqida Bosh vazir xavfsizlik kengashi majlisida rasman aytib o‘tdi.

Odamlar o‘zlari tirikchilik qilishmoqchi bo‘lishsa, kommendatura ularni ko‘chadan ta’qib qilib, jarima sola boshladi. Shu adolatdan bo‘lishi mumkinmi?! Noshar’iy ish-choraning oxiri kesik! Oqibati esa ikki dunyo horligidir!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.