Chechenistonni bosib olgan va Shomni xonavayron qilayotgan Rossiya Falastinni qutqaradimi?!

526
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Chechenistonni bosib olgan va Shomni xonavayron qilayotgan Rossiya Falastinni qutqaradimi?!

Islomiy Jihod harakati Rossiyaning Asr kelishuviga nisbatan qoralovchi pozitsiyasini yuksak baholadi. Harakat bayonotida uning raisi Ziyod Naxolaning Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Moskvada o‘tkazgan uchrashuvi «ijobiy» ekanligi aytildi. Bundan oldin harakat delegatsiyasi Rossiya prezidentining maslahatchisi Bogdanov bilan uchrashib, unga Asr kelishuviga qarshi kurashda Falastin birdamligi juda zarur ekanini bildirgan edi.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘z saytida bayonot chiqarib, unda Falastin qarshilik harakatlarini, ayniqsa, islomiy qarshilik harakatlaridagi xolis kishilarni, bu dushman Rossiyadan ogohlikka chaqirdi. Ularni Moskvadagilar tabassumlariga, Kremldagilar qabullariga aldanib qolmaslikka chaqirib, bu Rossiyaning yuzlari emasligini, balki uning asl basharasini xonavayron qilingan Shomda va musulmonlarning sochilgan tanalarida, yahudiy vujudi bilan tinimsiz uchrashuvlarda ko‘rish mumkinligini ta’kidladi. Bayonotda dushmandan har qanday yordam so‘rash, Falastin masalasini zoe ketkazish, shariatga qarshi chiqish siyosiy jihatdan o‘z joniga qasd qilish ekani ta’kidlandi. Chunki Rossiya yahudiy vujudini qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarning birinchilaridan. Farazan, uning Tramp kelishuviga qarshi ekani haqidagi da’vosi to‘g‘ri ham deylik. Biroq buning muqobilida u ikki davlat echimi loyihasini amalga oshirishni talab qilyapti. Vaholanki, bu loyiha ham Tramp kelishuvidan jinoyatda qolishmaydi. Nahotki, bu jangchi guruhlar ikki davlat echimini to‘g‘ri deb, Tramp kelishuvidan jinoyatda engilroq, deb o‘ylashayotgan bo‘lsa?!

Bayonot so‘nggida Alloh Taoloning ushbu kalomi eslatildi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى أَوْلِيَاء بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاء بَعْضٍ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَإِنَّهُ مِنْهُمْ إِنَّ اللَّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ

«Ey mo‘minlar, yahudiy va nasroniylarni do‘st tutmangiz! Ularning ba’zilari ba’zilariga do‘stdirlar. Sizlardan kim ularga do‘st bo‘lsa, bas, u o‘shalardandir. Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas»       [Moida 51]

Roya gazetasining 2020 yil 18 mart chorshanba kungi 278-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.