بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Suriyadagi xolis kishilarning Anqara dajjolidan voz kechmoqlari vaqti keldi
G‘arbiy Halabdagi Bobakka shaharchasida «Ey jangchi guruhlar askarlari, zolimlarga sherik bo‘lib qolmang» nomli juma namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ummatning tirikligi tasdiqlanayotgan hamda Shom qo‘zg‘olonini xoin guruhlar etakchilaridan uzoq ravishda qayta boshlash maqsadi ifodalanayotgan ushbu namoyishda quyidagi so‘zlar yozilgan plakatlar ko‘tarib chiqildi: «Odamlar o‘z so‘zlarini aytmoqlari va qo‘zg‘olonni shu ahvolga solganlardan hisob so‘ramoqlari vaqti keldi», «Turkiya buyrug‘idan chetga chiqmaydigan tashkilotlardan yaxshilik yo‘q, xalos bo‘lishimiz o‘z qo‘limizda, dushmanlarimiz qo‘lida emas», «Guruhlarning barchasi ozod etilgan erlarning uchdan birini topshirish jinoyatiga sherik, bu aslo unutilmaydi». Yana bir plakatda jangchi guruhlarga qarata «Bo‘linish yo‘lini zolimlardan (ya’ni guruhlardan) tozalang», deyildi.
Xuddi shu shaklda Idlibning Dayr Hasson shaharchasida ham «Ha qarorlarimizni qaytib olamiz, yo‘q «kafil davlatlar» kerakmas» nomli namoyish o‘tkazildi. Unda ko‘tarib chiqilgan plakatlarda Shom ahliga «Ey Fotih va Sulaymon avlodlari, musulmonlar qirg‘ini evaziga Damashqdagi Asad kallasini olishni istamaysizmi?!», deya savol berildi. Boshqa plakatlarda qarorlarni qaytarib, yo‘lni to‘g‘rilab olish talab etildi. Yana bir plakatda Tahriri Shom hay’atiga qamoqlaridan haq so‘z egalarini ozod etish talab qilindi. Boshqa bir plakatda jangchi guruh askarlaridan zolimlarga sherik bo‘lmaslik talab qilinib, «Xolis kishilar Anqara dajjolidan voz kechish vaqti keldi», deyildi hamda bunday xoin etakchilardan qutulishga chaqirildi.
Roya gazetasining 2020 yil 18 mart chorshanba kungi 278-sonidan