Dardni keltirib chiqargan Xalqaro Valyuta Fondidir uni faqat Islom ahkomlarigina muolaja qila oladi!

440
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tunis bosh vaziriga: dardni keltirib chiqargan Xalqaro Valyuta Fondidir uni faqat Islom ahkomlarigina muolaja qila oladi!

«Sado net» veb-sayti (hijriy 1441 yil 13 rajab, milodiy 2020 yil 8 mart yakshanba kuni) nashr qilgan maqolada bunday deyiladi:

«Bosh vazir Ilyos Faxfox, ishchilar maoshi va yurtning moliyaviy majburiyatlarini hisobga olganda hukumatning Xalqaro Valyuta Fondi bilan muomala qilishdan boshqa chorasi yo‘qligini bildirdi».

Roya gazetasi sharhi:

Iqtisodiy sudxo‘rlik yordamlarini olish, qaqshatqich soliqlar joriy qilish hamda yurt va fuqaroni xalqaro talonchi tashkilotlarga topshirib qo‘yish kabi siyosatlarni zo‘rlab tatbiq qilish zudlik bilan to‘xtatib, voz kechilmasa bo‘lmaydigan jinoyatdir. Chunki bu jinoyatni qilganlarga Alloh va Rosuli urush qiladi hamda ular u dunyoyu bu dunyo ziyon ko‘rishadi. Alloh Taolo bunday degan:

قُلْ إِنَّ الْخَاسِرِينَ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَلَا ذَلِكَ هُوَ الْخُسْرَانُ الْمُبِينُ

«Ayting – albatta ziyonkorlar qiyomat kuni o‘zlariga ham, ahli oilalariga ham ziyon qilguvchi kimsalardir. Ogoh bo‘lingizkim, ana shugina ochiq ziyonkorlikdir» [Zumar 15]

Qarzdorlik krizisini echish uchun, birinchi navbatda, uning sudxo‘rlik hisoblangan foizlarini to‘lamaslik lozim. Qarzning tanini esa, hokimiyatdagi kredit olish ishiga sherik bo‘lgan va ajnabiy davlatlar qo‘yniga kirgan kimsalar avvalgi hukumat o‘g‘irlagan mollardan to‘lashadi. Shundan so‘ng kredit olish siyosati butkul to‘xtatiladi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi, sanoat va eksport sohasida oqilona siyosat olib borilib, yurtning tabiiy boyliklaridan to‘g‘ri foydalaniladi. Keyin davlat ishlatadigan yoki ijaraga beradigan erlardan keladigan foydalar hamda kapitalistik tuzum tatbiq etilishi oqibatida to‘xtab qolgan rikozning beshdan biri va zakot mollari yig‘iladi va zakot mollari Qur’oni Karimda zikr qilingan sakkiz o‘ringa sarflanadi. Bundan tashqari, Britaniya tomonidan o‘g‘irlangan gaz va neft konlari qaytarib olinadi. Masalan, bu mustamlakachi davlat Tunis ehtiyojlarining 60 %ini qoplovchi Miksar gaz konini o‘zlashtirib olgan bo‘lib, hukumat o‘z eridagi ushbu gazni undan qattiq valyutaga sotib olmoqda! Shu bilan birga, odamlarni aldashni bas qilinadi va milliylashtirish, degan dastak bilan omma mulkidan ularni mahrum etuvchi soxta islohot echimlaridan voz kechiladi.

Bu va boshqa ko‘plab ahkomlar Islom hokimiyati yo‘qligi uchun bekor qilingan. Hokimiyatdagilar davlat resurslarini mobilizatsiya qilish (resurslarni markazlashtirib foydali o‘rinlarga jalb qilish) haqida ham gapirishyapti! Holbuki, davlat va uning hamma tashkilotlari mana shu resurslarning o‘g‘irlanishida rolь o‘ynab keldi hamda hukmdorlar ayni qasddan qilingan o‘g‘irlikning yolg‘on guvohlariga aylanishdi.

Shunga binoan, bizning iqtisodiy muammolarimizni adolatli, to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi davlatgina hal qiladi. Bu Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatidir.

Roya gazetasining 2020 yil 18 mart chorshanba kungi 278-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.