Afg‘onistondagi urush kelishuvlar imzolashning o‘zi bilan tugamaydi

605
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Afg‘onistondagi urush kelishuvlar imzolashning o‘zi bilan tugamaydi

Mayodin fazoviy telekanali veb-sayti (hijriy 1441 yil 8 rajab, milodiy 2020 yil 3 mart seshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«AQSh prezidenti Donalьd Tramp Tolibon harakatining mashhur rahbarlaridan biri bosh muzokarachisi mullo Abdulg‘ani Birodar bilan ilk bor telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Tramp harakat rahbarlaridan biri bilan «juda yaxshi» suhbat o‘tkazganini aytdi.

Tolibon harakatining aytishicha, Tramp mullo Birodarga «afg‘onlararo muloqotdagi to‘siqlarni bartaraf etish uchun yaqinda Qobulga AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning borishi»ni aytgan.

Tramp telefon subati chog‘ida Birodarga «Afg‘onistondan xorijiy kuchlarning chiqib ketishi hammaning manfaati» ekanini aytdi, deya ta’kidlanadi Tolibon bayonotida.

O‘z navbatida, mullo Birodar ham Trampga «agar Qo‘shma Shtatlar kelishuvga rioya qilsa, Vashington bilan munosabatlar albatta ijobiy bo‘lajagi»ni ma’lum qildi».

Roya gazetasi sharhi:

Amerika Afg‘onistonda Tolibon harakatidan harbiy mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, siyosiy jihatdan g‘alaba qozondi. U kelajakda kelishuv shartlariga rioya qilishini yolg‘ondan da’vo qilaveradi. Vaholanki, tinchlik kelishuvi imzolangandan atigi bir necha kun o‘tiboq 4 mart kuni shartlarni buzib bo‘lgan. Ushbu bayonotlar Tolibon safida keng doirada tartibsizliklar va ishonchsizliklar keltirib chiqarishi ham mumkin. Bu bilan esa, Tolibon rahbariyati bunday boshboshdoqlik vaziyatida ayni masalalarni osonlikcha hal etolmaydi. Ushbu nopok o‘yinning yana bir jihati – afg‘on kuchlariga qarshi jang davom etar ekan, Tolibon bosqinchi Amerika kuchlari bilan o‘t ochishni to‘xtatdi. Shubhasiz, bu Tolibon harakatining afg‘on ahli oldidagi obro‘siga keskin putur etkazadi. Chunki bu harakatning kelishuv shartlariga imzo chekishining o‘zi, uning jihoddan voz kechganini va xalqaro aqidaviy jihatdan jihodchi jamoalarga mansubligidan tonganini, AQSh etakchilik qilayotgan xalqaro tizim ostidagi millatchi davlat nizomi tuzog‘iga ilinganini yana bir bor tasdiqladi.

Afg‘onistonning mujohid musulmon xalqi bunday amerikacha iflos o‘yinning turli qirralarini anglab etmoqlari va bunday xavfli masxarabozlikni to‘xtatish uchun afg‘on siyosatchilariga, nufuzli rahbarlarga, Tolibonga bosim o‘tkazmoqlari shart. Kelishuvlarga imzo chekishning o‘zi bilan Afg‘oniston urushi to‘xtamaydi. Chunki bu Afg‘onistonning ichki muammosi emas. Yo‘q, bu ham mintaqaviy, ham global muammo bo‘lib, uni faqat bir yo‘l bilan echiladi, xolos. U ham bo‘lsa, musulmonlarning bitta soyabon ostida birlashib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish yo‘lidir.

Roya gazetasining 2020 yil 18 mart chorshanba kungi 278-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.