Sudandagi tinchlik masalasi va Jubadagi muzokara yo‘nalishi

714
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudandagi tinchlik masalasi va Jubadagi muzokara yo‘nalishi

Ustoz Yoqub Ibrohim – Xartum

O‘tgan asrda mustamlakachi G‘arb Ummat jismini bo‘lib-parchalab tashlab, so‘ng zaif davlatchalarni paydo qildi! Bu davlatchalar mustamlakachilar tashkilotlariga doim itoatda bo‘lib qolishi uchun kapitalistik tizimga bog‘langan hukumatlar orqali ularni yanada zaiflashtirdi. Bu bilan u Xalifalik davlati yo‘qligi sababli musulmon yurtlaridagi muammolarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashish uchun zamin yaratdi.

G‘arb bundan ham yomon ishlar sodir etdi. U malay hukmdorlar qatorida qurolli harakatlarni ham paydo qildi. Masalan, Amerika 1983 yil Sudan janubida xalq harakatini tuzdi… Uning ortidan,  Sudan g‘arbida boshqa harakatlar, sharqida, markazida, shimolida qurolsiz uyushmalar paydo bo‘ldi va barchasi mustamlakachi G‘arbga xizmat qilishdi, uni rozi qilishda musobaqalashishdi. Mana, bugungi o‘tish davrining suveren va vazirlik kengashi hukumati bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Vaholanki, Sudan Afrikada strategik muhim davlat bo‘lib, bepoyon maydonga ega. Ushbu geografik kenglik barobarida,  bu o‘lka ulkan resurs va potentsiallarga ham ega. Bu bilan Sudan turli xil qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirib, ulkan chorvachilik boyliklarini hozirlashga, dunyoning ko‘plab xalqlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qodir davlatga aylanishi mumkin. Holbuki, oziq-ovqat xavfsizligi harbiy xavfsizlikdan ahamiyat jihatidan kam emas.

Sudan boyliklari faqat qishloq xo‘jaligi sohasiga cheklanmaydi. Balki yurt bag‘ri oltin, xrom, neftь va uran kabi sanoat mashinasini yurgizish uchun kerakli muhim minerallarga boy. Ya’ni, bu yurt tom ma’noda yirik davlatning asoslariga egadir. Hamduk ham 2019 yil avgustda bosh vazirlik kursisiga o‘tirgan paytda – Sudan resurslarga to‘la davlat, yordam va grantlarga muhtoj emas, dedi.

Biroq, bu boyliklarni insonlar manfaati sari idora etib, ularni asrab-avaylaydigan va davlatni rivojlangan davlatlar safiga olib chiqadigan mabdaiy davlat yo‘q ekan, ushbu ne’matlar qasosga aylanadi. Ya’ni, Sudan tepasiga birin-ketin kelayotgan rejimlar yurtni malay ilmoniy tuzumlar bilan boshqarishdi, hukmdorlarni boyitib, qolgan odamlarni qashshoqlashtirishdi. Oqibatda Sudan muammolari murakkablashib, tabiiy ravishda odamlar norozilik bildirib, yaxshi yashashni talab qilishdi. Shuning uchun mustamlakachining aralashgani tabiiy hol. Masalan, BMTning Taraqqiyot Dasturi ma’muri Axim Shtayner Sudanga qilgan safari chog‘ida Frants-Pressga bergan intervьyusida shunday dedi: «Har qanday hukumat o‘z xalqini o‘nlab yillar davomida zo‘rlik bilan tiz cho‘ktirsa, bu xalq Xalqaro hamjamiyatga murojaat qilishi aniq. Ishonamanki, bu bizni ayni damda nazarimizni Sudanga qaratishga undamoqda». (Sharqul Avsat 2020 yil 31 yanvar).

Shunday qilib, manbasi ham, mabdasi ham, do‘stligi ham, qo‘llab-quvvatlanishi ham G‘arb bo‘lgan bu hukumatlar hamda qurolli va qurolli bo‘lmagan harakatlar tabiiyki, mustamlakachi davlatlar quchog‘iga o‘zini otishadi, xalqaro arena o‘yinchilari, ayniqsa, AQSh va Britaniya qo‘ygan tuzoqqa ilinishadi… Barchasi shu mustamlakachilarning quroliga aylanib, Sudandagi siyosiy arenada bir-biriga qarshi kurashishadi.

Janubga kelsak, bo‘linish haqiqatini Britaniya allaqachon 1922 yildayoq «yopiq maydonlar» qonuni ostida paydo qilgan. Bu haqdagi uning nazariyasi Sudanni ikkiga bo‘lib tashlash, ya’ni, shimolda musulmon arablar va janubda nasroniy-butparastlarni paydo qilish bo‘lgan. AQSh qabul qilgan va Xalq harakati olib kelgan nazariya ham aynan shu asosda bo‘ldi. Xalq harakati janub masalasini ko‘tarib, bozorga soldi va Amerikaning ortidan yurib, uning malayi Umar Bashir orqali va Afrika Ittifoqi rahnamoligida amalga oshirdi. Zotan, bu Ittifoq hozirgi tinchlik masalalariga hamon burnini suqishda davom etmoqda.

Janub bo‘lingandan keyin Darfur muammosi alanga oldi, muammolari murakkablashib, chirik hukumat ularni hal qilishga ojizlik qildi. Qilgan echimi ham tomonlarni rozi qilish, manfaatparastlik, Davha bitimida bo‘lgani kabi, Darfurdagi ayrim qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlab, ularga o‘g‘irlangan boyliklardan «edirish» kabi echimlardan iborat bo‘ldi. Bashir soxta hokimiyat kursilari yasashda haddan oshdi va u erga Respublika saroyida shunday ko‘p maslahatchilar va vazirlar «armiyasi»ni olib keldiki, barchasi bir bo‘lishib Sudan iqtisodiyotini xonavayron qilishdi. Keyin Bashir siyqasi chiqqan yolg‘ondan iborat bo‘lgan «tinchlik masalasi»ni amalga oshirish qo‘lidan kelmaganidan so‘ng hokimiyatdan tushirildi. U qabul qilgan echimlar yurt boshiga, iqtisodiyotiga hamda junub va shimoli xavfsizligiga baloi ofat bo‘ldi… Urush ko‘lami kengayib, hatto Xartum, Port-Sudan va Janina shaharlarini ham o‘z domiga tortdi… Qurolli guruhlar ko‘payib-bolalab, hatto Bashir davrining so‘ngida ularning soni o‘ttizdan oshib ketdi.

Keyin hukumat bugungi o‘tish davrini paydo qildi. U tinchlik masalasini yurt muammolarini hal qilishda sehrli tayoqqa aylantirdi. Garchi tinchlik loyihasi Amerikaning Sudanni «terrorizm»ni qo‘llovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarish uchun qo‘ygan talablari doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, biroq o‘tish davri hukumati sobiq rejim tajribalarining ayni o‘zini takrorlamoqda. Ayniqsa, bu narsa mintaqaviy alohida yo‘nalish bo‘yicha harakat qiluvchi Juba muzokaralarida yaqqol ko‘zga tashlandi. Yurtning bir butun farzandlarini bo‘lib tashlash uchun muzokaralarda beshta yo‘nalish ishlab chiqishdi: Darfur viloyati, Janubiy Kordofan, Moviy Nil, Sharqiy Sudan, Shimoliy Sudan va markaziy Sudan mintaqalarini bir-biridan bo‘lib tashlashga zamin tayyorlash yo‘nalishi! Ayni yo‘nalishlar bo‘yicha ba’zi bitimlar ham imzolandi va ular bir necha xavfli matnlarni o‘z ichiga oldi, masalan: «Janubiy Kordofan bilan Moviy Nil viloyatlarining alohida maqomga ega bo‘lishlariga ruxsat berish», «Janubiy Kordofan bilan Moviy Nil viloyatlarining alohida qonun ishlab chiqishlariga ruxsat berish» kabi. Bu esa, o‘z qonunlari va qonunchiligiga ega bo‘lish bilan markazdan uzilgan alohida davlat tashkil topa boshlaganini anglatadi. Bu kabi bitim matnlarining musulmonlar sifatida bizga umuman aloqasi yo‘q. Chunki qo‘limizda Allohning haq so‘zlovchi Kitobi bor. Demakki, biz oliy kengash va parlamentlar ishlab chiqib beradigan qonunlarga muhtoj emasmiz. Qolaversa, ushbu ikki viloyat uchun alohida vaziyat yo‘q, balki u erda zulm bor, xolos… Butun Sudan ahli o‘tgan va hozirgi ilmoniy rejim sababli zulm ostida yashamoqdalar. Buni G‘arb bilan til biriktirayotgan rejim emas, balki bir odil nizom daf qiladi.

Keyin, bu bitimdagi bandlar bir-biriga teskari. Masalan, bitimni imzolagan tomonlar Sudan xalqi va zamini birligi haqida gapira turib, bir vaqtning o‘zida, markazlashtirilmagan va chegaralari avtonomiya bilan ajratilgan boshqaruv tizimi haqida gapirishyapti. Xuddi Iroq Kurdistoni kabi. U erda ham Kurdistonning ajrab chiqishi parlament tomonidan e’lon qilishga kelib to‘xtagan va albatta, buning uchun G‘arbning signali qolgan, xolos!

Bitimning qolgan bandlari esa, ma’muriy tartib-qoidalardan iborat. Ayni tartib-qoidalar vazirliklar yoki vazirlik bo‘limlari bilan bog‘liq bo‘lib, har bir vazirlik va idoralar direktorlariga taqdim etiladi. Masalan, erlarga oid matnlar, urush qurbonlari uchun kompensatsiyalar, maktablar, shifoxonalar, erlashtirish va boshqalar haqidagi matnlar kabi.

Tinchlik masalasiga doir yana bir jiddiy-xavfli matn, ya’ni, vositachilik komissiyasi nazorati ostidagi mana bu matn ham bor: «Tinchlik BMT, UNAMID (tinchlikparvar kuchlari missiyasi) va Janubiy Sudan nazorati ostida o‘rnatiladi». Bu bizning barcha masalalarimizda o‘shalarga orqa qilishimizni anglatadi. Bu esa, shar’an mutlaqo nojoiz bo‘lib, boshimizga son-sanoqsiz mashaqqatlarni soladi… Shuningdek, mintaqaviy talablar orqali hamda Kush qirolligi kabi bir paytlar hukm surgan boshqaruvlarni qayta talab qilish orqali Sudanni qolgan erlarini ham bo‘linishga nishon qiladi! Shu bilan birga, bu xavfli matn o‘zlikni o‘zgartirishni va Sudanning ochiq ilmoniyligini e’lon etishni ham anglatadi. Bu narsa Xalq harakati pozitsiyasida ham, o‘tish davri hukumatining konstitutsiyaviy hujjatida ham bab-barobar namoyon bo‘lmoqda. Sudan Kommunistik partiyasi markaziy komiteti a’zosi Sodiq Yusuf 2019 yil 22 dekabrda «Sudan tribune» axborot agentligiga bergan intervьyusida bunday dedi: «Erkinlik va O‘zgarish kuchlari dasturi fuqarolikka asoslangan. Abdulaziz Hilu taqdim etgan fikr konstitutsiyaviy hujjatga juda ham mos. Bu masalada hech qanday kelishmoqchilikka bormasligimiz lozim».

So‘zimiz nihoyasida shuni ta’kidlamoqchimizki, Juba muzokaralari natijasi va unda imzolanib, o‘rtaga tashlangan va o‘tish davri bosqichi tugagach, konstitutsiyaviy konferentsiyada muhokama qilinajak bu bandlar, faqat bir mazmun-mohiyatni anglatadi: Sudan ahli masalalarini bozorga solish va shu orqali mustamlakachi davlatlar manfaatiga xizmat qilish. Avtonomiya va federatsiya, o‘z taqdirini o‘zi belgilash kabi ushbu muzokara stoliga tashlanayotgan fikrlar ortida G‘arb turibdi. Maqsad, bugun bo‘lmasa ertaga, ushbu viloyatlarni bir-biridan bo‘lib, parchalab tashlashdir. Bugun boshqaruv, deganda insonlarning ishlarini boshqarish, deb tushunilmay qoldi. Balki boshqaruv uyushgan guruhlar o‘rtasida mansablarning bo‘lishib olinishi bo‘lib qoldi. Zo‘ravon qurol sohiblari va g‘arbparast malay mansabdorlar mana shu mansab bilan o‘z kuchlarini ko‘rsatishmoqda. Bu bilan yurtdagi siyosiy hayot buzilmoqda, ayni zamondagi faollar yurtimizga ko‘z olaytirayotgan kimsalarning minadigan uloviga aylanib qolmoqdalar… Ammo, pushaymon foyda bermay qolishi mumkin.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.