بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hindu terrorchilarining alohida belgilari musulmonlarni yomon ko‘rish bo‘lib qoldi
Hindiston poytaxti Dehlida hindular tomonidan musulmonlarning qirg‘in qilinishi hamda ustiga-ustak, bu jinoyatchilarga xavfsizlik kuchlari bilan politsiyaning qo‘shilish hodisalari ortidan, Hizb ut-Tahrir – markaziy matbuot bo‘limi bayonot chiqardi. Unda quyidagilar ta’kidlandi:
«Hindu terrorchilarining alohida belgilari musulmonlarni yomon ko‘rish bo‘lib qoldi. Chunki ular o‘z jinoyatlarini tasvirga tushirib, tarqatib yotishibdi, bunga javob berishdan qo‘rqishmayapti». Bayonotda quyidagilarga diqqat qaratildi:
«Bu qirg‘inlar AQSh prezidenti Trampning Hindistonga safar qilishi bilan hamda «biz terrorizm va ekstremizmga Hindiston bilan hamkorlikda kurashamiz», deya bayonot berishi bilan bir vaqtda bo‘lmoqda. Shuningdek, Trampning bunday pozitsiyasi Xitoyni jilovlash va Xalifalik davlatining barpo etilishiga to‘siq qo‘yish uchun Hindistonni mintaqaviy kuchga aylantirish uchun olib borilayotgan AQSh loyihasi bilan ham uyg‘un kelmoqda». Bayonotda Hindistondagi musulmonlarga murojaat qilindi:
«Shuni bilinglarki, Alloh Subhanahu va Taolo ajalingizni ham, rizqingizni ham belgilab qo‘ygan. Bunday mashaqqatli damlarda siz kofir va mushrikalarga qarshi birdam bo‘lmog‘ingiz kerak. Sizning xavfsizligingizni himoya qilish javobgarligi Hindiston hukumati zimmasida. Biroq bu hukumat o‘z vazifasini ado etishda sustkashlik qilsa va hatto uning o‘zi sizni qirg‘in qilayotgan va o‘ch olish uchun jazolayotgan kimsalar tarafiga o‘tib olsa, bunday holatda, joningiz, molingiz va nomusingizni himoya qilish o‘zingizning zimmangizga tushadi». Bayonot so‘nggida Pokiston, Bangladesh va boshqa musulmon yurtlaridagi armiyalarga murojaat qilindi:
«Nahotki bu sigir va toshlarga sig‘inuvchi kimsalarning o‘z birodarlaringizni qirg‘in qilayotganini ko‘ra-bila turib qoningiz qaynamasa, chegara bo‘ylab kazarmalaringizga biqinib yotaversangiz?! Alloh Subhanahu va Taoloning
وَإِنِ اسْتَنْصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ
«Agar ular din yo‘lida sizlardan yordam so‘rasalar, yordam qilish zimmangizdadir» [Anfol 72]
degan kalomini o‘qimaganmisiz?! Yaqinda, Allohning izni ila, barpo bo‘lajak Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati Amerikadan ham, Hindistondan ham, Islom va musulmonlarga qarshi jinoyat qilgan barcha davlatdan albatta hisob so‘raydi. Ammo oxirat azobi esa, agar tushunsalar, juda og‘irdir».
Roya gazetasining 2020 yil 11 mart chorshanba kungi 277-sonidan