بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Rossiya Islom va musulmonlar uchun dushman davlatdir
Uni madh etish Falastin masalasini zoe ketkazuvchi siyosiy kaltabinlikdir
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskvada Hamas harakati rahbari Ismoil Haniyani qabul qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi chiqargan bayonotda «Uchrashuv chog‘ida G‘azo sektoridagi hozirgi vaziyat va Yaqin Sharqda doimiy tinchlikni o‘rnatish yo‘lida sarflanayotgan sa’y-harakatlar haqida suhbatlashildi», deyiladi. Ismoil Haniya «Sputnik» axborot agentligiga Rossiyaning yarashuv ishidagi roli ulkan ekanini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘z saytida nashr qilgan bayonotida bunday dedi:
«Rossiya Islom va musulmonlarga dushman davlatdir. U Idlibdagi qirg‘inlarini hamon davom ettirmoqda. Ushbu uchrashuv esa, qotil zolimlarga bo‘ysunishdir». Bu bayonotda bunday izohlandi:
«Rossiyani madh etish va undan xalqaro qonun va ikki davlat loyihasi doirasida aralashishini talab qilish siyosiy kaltabinlik hamda Falastin masalasini zoe ketkazish bo‘lib, bu Ozodlik Tashkiloti sodir etgan qilmishlardan farq qilmaydi». Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini nashr qilgan matbuot bayonotida yana quyidagilar ta’kidlangan:
«Musulmonlar qoni birdir, barchalari boshqalarga qarshi bir mushtdirlar. Rossiya ushbu tushunchaga zarba bermoqchi. Falastinning Hamas va Jihod harakatlari buni anglamoqlari lozim. Ummatga kelsak, u anavi hukmdorlarni ag‘darish va Payg‘ambarlik minhoji asosida Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakatga kelishi lozim. Zero, Xalifalik davlati Falastinni ozod etadi, Rossiyaga javob qilib, adabini berib qo‘yadi. Aslida, harakat va guruhlar bu xoin hukmdorlar qo‘yniga kirish va ulardan do‘stlik izlab, musulmonlar masalasini o‘shalar qo‘liga topshirib qo‘yish o‘rniga, biz aytayotgan ushbu yaxshilik ishiga o‘z hissalarini qo‘shmoqlari kerak.
Roya gazetasining 2020 yil 11 mart chorshanba kungi 277-sonidan