بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
«Keskinlik bo‘roni» koalitsiyasi Yamandagi missiyasini tamomlash arafasida
Juma kuni Yaman prezidenti Abdurobbih Mansur Hodiy maslahatchisi Ahmad ibn Dag‘r Husiylarning Yaman shimolidagi Javf viloyatini nazorat qilishlari «harbiy kuchlar muvozanatini butkul o‘zgartirib yuborishi mumkin»ligini ta’kidladi. U «Facebook»dagi sahifasida – ularning Saudiya bilan tutash ushbu viloyatni nazorat qilayotgani «bizning qonuniyligimizga hamda koalitsiya bizni shunday holatga olib kelganiga borib taqaladi. Zero, bunday vaziyatda biz Husiylarga ham, Eronga ham mag‘lubiyat qanday bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ydik», dedi.
Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot bo‘limi «Keskinlik bo‘roni koalitsiyasi Yamandagi missiyasini tamomlash arafasida» nomli matbuot bayonoti nashr qilib, unda quyidagilarni ta’kidladi:
«Ayni viloyatlarda Husiylarning mustahkamlanishi Amerika manfaatiga xizmat qiladi. Shuningdek, Isloh partiyasini kuchlari bilan qo‘shib mag‘lubiyatga uchratish va uni Husiylarga rozi bo‘lishga majburlash hamda partiyaning harbiy qudratidan mahrum qilish, bularning barchasidan Amerika manfaatdor. Bu ish bilan Saudiya shug‘ullanmoqda va buni inglizlar ta’sirini zaiflashtirib, xo‘jayini Amerikaga xizmat ko‘rsatish uchun amalga oshirmoqda». Bayonotda yana bunday deyildi:
«Yaman ustida Anglo-Amerika kurashi davom etmoqda. Biroq inglizlar malaylari Yamanda ikki o‘t orasida qolishdi, bir tomonda Amerika malayi Saudiya bo‘lsa, ikkinchi tomonda amerikaparast Husiylar. Demakki, Saudiya Husiylar bilan kelishib olib, Yaman ishini Amerika istagandek o‘z nazoratiga oldi. Zero, Britaniya Amerikaga ergashib, unga qarshi chiqishga jur’at qilolmayapti. Faqat o‘zining malaylari orqali va siyosiy mug‘ombirligi bilangina unga qarshi jur’at qila olyapti, xolos». Bayonot so‘nggida ushbular ta’kidlandi:
«Husiylarning ushbu frontlarni va viloyatlarni nazorat qilayotgani ajablanarli hol emas. Ayniqsa, bizga ma’lumki, Saudiya o‘zining «Keskinlik bo‘roni»ni Husiylarni qutqarish va ularni mazlum qilib ko‘rsatib, Yaman hokimiyatiga ularni sherik qilish maqsadida olib bordi. Zotan, buni Amerika istadi. Chunki prezident Hodiy qochib ketgandan so‘ng Husiylar siyosiy jihatdan deyarli muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan edi hamda ularning kengayishi yurtda xalqning qo‘llab-quvvatlovisiz qolayotgan edi.
Roya gazetasining 2020 yil 11 mart chorshanba kungi 277-sonidan