Ey musulmon yurtlaridagi armiyalar: Sigirga sig‘inuvchilarning o‘z birodarlaringizga qarshi jinoyatlari nahotki mo‘’tasimlik g‘ururini qo‘zg‘amasa?!

542
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey musulmon yurtlaridagi armiyalar: Sigirga sig‘inuvchilarning o‘z birodarlaringizga qarshi jinoyatlari nahotki mo‘’tasimlik g‘ururini qo‘zg‘amasa?!

Bi-Bi-Si arabiy veb-sayti (hijriy 1441 yil 6 rajab, milodiy 2020 yil 1 mart yakshanba kuni) nashr qilgan xabarda shunday keladi:

«Kinon molik «Obzerver» gazetasida nashr qilingan o‘z maqolasida Hindiston poytaxti Dehlidagi manzara xavfsizlikning beqarorligi emas, balki musulmonlarni nishonga olgan vahshiylik manzarasidir, dedi.

Yozuvchi Kinon Hindiston ko‘chalarida oqqan qonning javobgarligini hind millatchi partiyasiga va uning ideologiyasiga yukladi hamda uni jirkanch ideologiya, deb atadi.

Yozuvchi bunday deydi: «So‘nggi haftalarda Dehlida kuzatilayotgan manzarada hind millatchi partiya a’zolari, asosan, hukmron partiya a’zolari musulmonlarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etishdi. Ular zo‘ravonlik chog‘ida «Ulug‘lik iloh Ramagadir, Hindiston hindularnikidir», degan shiorni takrorlab turishdi».

Bu zo‘ravonliklar hukmron partiya rahbarlaridan biri Kapil Mishraning xalq anjumani chog‘ida aytgan so‘zlari ortidan boshlandi. O‘shanda u – agar politsiya aralashib, fuqarolik haqidagi qonunga qarshi miting qilayotganlardan ko‘chalarimizni tozalamaydigan bo‘lsa, bu ish bilan men o‘z tarafdorlarimiz bilan birga shug‘ullanaman, degandi.

Mishraning bu bayonoti ortidan bir necha soat o‘tib, uning tarafdorlari mitingchilarga hujumni boshlashdi. Bir necha kun o‘tib, musulmonlarning uy-joylari, savdo do‘konlari va masjidlarini yoqishdi… Xavfsizlik xizmati manbalariga ko‘ra, 39 nafar musulmon o‘ldirildi». Yozuvchi quyidagilarni qo‘shimcha qildi:

«Hukmron partiya hinduizmga e’tiqod qiladi hamda Hindistondagi yagona o‘zlik hinduizm bo‘lishi kerak deb biladi. Musulmonlar esa, Pokistonga qaytib ketishlari shart, deb hisoblaydi. Bu haqda o‘tgan oyda hukumatdagi vazirlardan biri shunday bayonot berdi.

Hinduist partiya 2014 yil hokimiyat tepasiga kelganda o‘z a’zolarining ekstremistik va adovatli bayonotlariga chek qo‘yar edi. Ammo bosh vazir Narendra Modi ikkinchi muddatda g‘olib chiqqach, o‘z ideologiyasini ifodalaganlarga qarshi kurash va ularni quvg‘inga solish siyosatini joriy qilish uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi.

2019 yil avgustda hukumat aksar aholisi musulmon bo‘lgan Jammu va Kashmirning avtonomiyasini bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqardi va buni hinduizmga e’tiqod qiluvchilar talabiga javoban qildi… So‘ng qarorga norozilik bildirib chiqqanlarga vahshiyona munosabatda bo‘ldi. Keyin fuqarolik to‘g‘risida yana bir qonun qabul qildi. Bu hindistonliklarga o‘z fuqaroligi borligini isbotlashlarini shart qildi. Vaholanki, millionlab kishi fuqaroligini tasdiqlovchi birorta ham hujjatga ega emas».

Roya gazetasining 2020 yil 4 mart chorshanba kungi 276-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.