Sudandagi iqtisodiy krizis: uning sabablari va echimlari nomli forum

367
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudandagi iqtisodiy krizis: uning sabablari va echimlari nomli forum

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati 2020 yil 14 fevral juma kuni Xartumning Daxinot rayonidagi o‘z ofisida «Sudandagi iqtisodiy krizis, uning sabablari va echimlari» nomli forum o‘tkazdi.

Forumda Hizb ut-Tahrir a’zolar doxil Ali Sivor, Fotih Abdulloh, Fazlulloh Ali Sulaymon kabi ustozlar nutq so‘zlashdi. Ustoz Ali Sivor o‘z nutqida 2020 yil uchun davlat byudjeti haqida so‘z yuritib, uning harom qilingan soliq yig‘ish va bojxona to‘lovlariga tayanib qolganini, bu esa, kundan-kunga qimmatchilik avj olishiga olib kelayotganini yoritib berdi.

Ustoz Fotih Abdulloh o‘rtaga tashlagan fikrda krizis ildizi G‘arbning mafkuraviy axlat qutisi ichidan turib fikrlashga borib taqalishi aytildi. Bunga bosh vazir Abdulloh Hamdukning chaqirig‘ini dalil qildi. Chunki Hamduk kapitalistik muassasalarning Sudanga kirishini va uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri G‘arb mandati ostida bo‘lishini talab qildi.

Keyin forum so‘nggida ustoz Fazlulloh Ali Sulaymonning nutqi ishtirokchilar tuyg‘usini junbushga keltirib, chuqur va yorqin fikrlarini qo‘zg‘adi. Ustoz amaliy echimni aqlan va shar’an yoritib berdi. Unga ko‘ra, yurtni inqiroz jarligidan qutqarish uchun zaruriy echimlar mavjud bo‘lib, ularning asosiysi oltinlarni chetga sotishga barham berish va oltin qoidasiga asoslangan valyuta chiqarishdan iborat. Raqam va dalillarni keltirar ekan, ustoz Islom davlat va jamiyat uchun farz qilgan shar’iy ahkomlarning qanday qilib bu iqtisodiy krizisni tubdan hal etishini, uning Sudanni nafaqat neft va mineral boyliklar, balki sabzavot va mevalar eksport qiluvchi eng ilg‘or davlatga aylantirishi mumkin bo‘lgan echim ekanini bayon qildi.

Roya gazetasining 2020 yil 26 fevral chorshanba kungi 275-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.