Rossiya Hizb ut-Tahrir a’zolaridan birini Robbim Alloh degani sababli 23 yil qamoq jazosiga hukm qildi!

563
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Rossiya Hizb ut-Tahrir a’zolaridan birini Robbim Alloh degani sababli 23 yil qamoq jazosiga hukm qildi!

Hizb ut-Tahrir – Rossiya matbuot bo‘limining 2020 yil 10 fevral nashr qilgan bayonotiga ko‘ra, Rossiyaning Ekaterinburg shahri harbiy tribunali Ervard Nizomovni Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi faoliyatini boshqarish ayblovi bilan 23 yil qattiq tartibdagi qamoq jazosiga hukm qildi. Nizomov Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining bir necha moddalari asosida ayblandi. Masalan, «terrorchi tashkilotda faoliyat qilish» (205.5 modda), «terroristik tashkilotni qo‘llab-quvvatlash» (205.1 modda, 2 qism), «hokimiyatni kuch bilan bosib olishga urinish» (278 modda) kabi.

Shuningdek, Rossiya ommaviy axborot vositalari bir necha bor Edvard Nizomov Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi rahbari bo‘lgan, degan xabar tarqatdi. 2005 yil Nizomov Hizb ut-Tahrir faoliyatida qatnashganlikda ayblangan. Biroq u paytlarda Rossiyada da’vatga «terrorizmga qarshi kurash» doirasida kurash olib borilmas edi. Shu sababdan Nizomovga Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 282.2 moddasi 2 qismi bo‘yicha «ekstremistik tashkilotda faoliyat qilish» bo‘yicha atigi ikki yilga nazorat ostida bo‘lish jazosiga hukm qilgan edi». Bayonotda qo‘shimcha qilindi:

«Islomga da’vat qilayotgan shaxslarga terrorist, degan ayblovni qo‘yish, haqiqat qarshisida hamda so‘zdan boshqa qurollari bo‘lmagan kishilar oldida ojizlikni tan olishdan boshqa narsa emas. Hech shubha yo‘qki, rus xavfsizlik xizmatining Hizb ut-Tahrir a’zolariga nisbatan bunday yolg‘on ayblovlari fosh bo‘lmay qolmaydi. Alloh Subhanahu va Taologa imon keltirishdan o‘zga «ayb»lari bo‘lmagan musulmonlarni qamoqqa tashlashda sherik bo‘lgan barcha kimsalar makri yaqinda ochib tashlanib, qilgan bunday jinoyatlari uchun albatta jazoga tortilishadi».

Roya gazetasining 2020 yil 19 fevral chorshanba kungi 274-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.