AQSh siyosatiga muvofiq Tojikiston Afg‘onistonga elektr eksport qiladi

377
0

AQSh siyosatiga muvofiq Tojikiston Afg‘onistonga elektr eksport qiladi

Tojikiston aprel oyidan boshlab qo‘shni davlatlarga katta miqdorda elektr energiyasini eksport qila boshlaydi. Bu haqda “Avesta” axborot agentligi xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, davlat energoxolding korxonasi bilan Afg‘onistonning “Breshno” kompaniyasi o‘rasida elektr energiyasi etkazib berish bo‘yicha kelishuv tuzilgan. Kelishuv asosida tojik tomoni joriy yilda Afg‘onistonga 1 mlrd. 588mln. kVt/s elektr energiyasi eksport qiladi. Shuningdek, maxsus komissiya O‘zbekitonga eksport qilinadigan elektr energiyasi narxi va miqdorini belgilaydi.

Ayni vaqtda mamlakatda sutkasiga 62 mln. kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarilib ichki ehtiyoj uchun sarflanmoqda.

Aslida Tojikiston va Qirg‘izistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Afg‘oniston va Pokistonga eksport qilish masalasi CASA-1000 loyihasi doirasida olib boriladi. Mazkur loyiha – Afg‘onistonda bosqinchilik urushini davom ettirib kelayotgan mustamlakachi Amerikaning loyihasi xisoblanadi. Bu loyiha Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, USAID, britaniya xalqaro aloqalar vaziriligi va Evropa investitsiya banki kabi G‘arbning bir qator donor tashkilotlari tomonidan moliyalashtirlmoqda. Ular O‘rta Osiyodagi eng yirik GESga aylanagan “Rog‘un” GEsi qurilishini ham moliyalashtirishmoqda. CASA-1000” loyihasidan ko‘zlangan asosiy maqsad Afg‘oniston orqali Pokistonga etkazib beriladigan energiyaning asosiy qismi shu mintaqadagi tabiiy boyliklarni qayta ishlab chiqaruvchi g‘arblik mustamlakachilarga xizmat qiladigan zavod va fabrikalarni ishlatishga qaratilgan. Tayyor maxsulotlar kemalar orqali olib chiqib ketiladi, bundan tushgan foydalar esa chet elga tashib ketiladi.

So‘ngi vaqtlarda Amerikani “Tolibon” bilan tinchlik bitimini imzolashga shoshtirgan shartlardan biri ham mintaqadagi boyliklarni olib chiqib ketish uchun xavfsiz hudud tashkil etishdan iborat.

Mumtoz Movarounnaxriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.