بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Muhammad Ali keltirayotgan hujjat Misrdagi kurashga ilmoniy tus berishga urinishdir
Ustoz Said Fazl
Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati matbuot bo‘limi a’zosi
Misrda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar, u erda hali beri tinchlik bo‘lmasligidan darak bermoqda. Odamlar boshdan kechirayotgan ishlar qachon bo‘lmasin ularning albatta porlashlari mumkinligidan ogohlantirmoqda. Biroq, rejimning Amerika topshirig‘i bilan bajarayotgan ishlari esa, sodir bo‘lishi taxmin etilgan bo‘lib, natijasi muqarrardir. Sisiy rahbarlik qilayotgan bu ilmoniy rejim insonlar muammolarini hal etolmaydigan abgor rejimdir. Bu rejim o‘z muxoliflariga ham, o‘zi bilan malaylikda bellashayotganlarga ham zo‘ravonlik qilishdan boshqa narsani bilmaydi. AQSh boshchiligidagi G‘arbni qattiq qo‘rqitayotgan narsa xalqning ularning nazoratisiz va istagisiz portlashidir. Ya’ni, portlash yuz berib, hokimiyat tepasiga Islomni tatbiq qiluvchi xolis musulmonlarning kelishidan va Islom davlatini barpo etishidan xavf qilyapti. Chunki Islom davlati yurtlarimizdan G‘arb nufuzini butunlay supurib tashlab, qaytib kelmaydigan tarzda quvib soladi hamda uning Ummat boyliklarini talon-toroj etishiga yakun yasaydi. Shuning uchun G‘arb kurashni o‘zi boshqarishga qattiq harakat qilyapti, kurash maydonidan xolis musulmonlarni chiqarib tashlab, bu kurashni har taraflama ilmoniy kurashga aylantirishga, jilovini o‘z qo‘lida ushlab, istagan tomoniga burib yuborishga urinyapti.
Bir necha kun oldin Muhammad Ali milliy kelishuv hujjatini e’lon qildi. So‘ng, bu hujjatning ilgari London konferentsiyasida e’lon qilgan loyiha doirasiga kirishini ham aytdi. Ma’lumki, ushbu konferentsiya muxolafatni faqatgina Abdulfattoh Sisiy shaxsida gavdalangan Misr rejimini ag‘darish atrofida birlashtirish uchun o‘tkazilgan edi. Muhammad Ali Sisiyning hayotda qanday tuzumni tatbiq qilayotganidan ko‘z yumdi. U e’lon qilgan ushbu hujjat ham Sisiyning konstitutsiyasidan farq qilmaydi. Chunki u ham fuqaroviy davlatni himoya qiladi. Hujjatda aytilgan hukmron demokratik tuzum Misr konstitutsiyasining birinchi moddasida aytilgan gapning aynan o‘zidir. Bu erda gap, rejim muxolafatchilari da’vo qilayotganidek, demokratiyaning tatbiq etilishi yoki etilmasligida emas. Zero, muxolofatchilar ham, rejim ham bir xil fikrlaydi va bir xil echim beradi, har ikkisi ham G‘arb chizib bergan doiradan tashqariga chiqmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi muxolafatchilar o‘zlarini mavjud tuzum uchun al’ternativ sifatida taqdim etishmaydi. Balki, o‘zlarini tuzumni tatbiq qiluvchi kimsaga alьternativ sifatida, ya’ni, kofir G‘arbga malaylikda kim o‘zar o‘ynaydigan al’ternativ sifatida taqdim qilishadi. Odamlarga yurtdagi inqiroz go‘yo demokratiyada emas, balki, rahbarlarning demokratiyani noto‘g‘ri tatbiq qilishganida yoki g‘arbparastlik qilib, tatbiq qilmay qo‘yishganida qilib ko‘rsatishmoqda.
Biroq aslida esa, yurt inqiroziga mana shu demokratiyaning o‘zi sabab bo‘lgan. Chunki u inson tomonidan o‘ylab topilgan nizom bo‘lib, muammolarga haqiqiy echim berishdan ojizdir. Bundan tashqari, demokratik nizom mustamlakachi G‘arb tomonidan tuzilgan. Chunki G‘arb xalqlarimiz boyliklarini shunday qonun va siyosatlar yordamida talon-toroj qiladi. Mudom musulmon yurtlarda demokratiyaning tatbiq qilinishi to‘xtatilmay, xalqaro shartnoma va xartiyalarga amal qilinar ekan, G‘arb bu yurtlarimizdagi o‘z manfaatidan xavfsiramaydi, xotirjam bo‘ladi, hokimiyatlariga kim kelib, kim ketishi unga muhim emas, muhimi manfaati ta’minlansa, bas. Hammasidan ham eng yomoni yurtlarimiz armiyalari qurollanish va mashq o‘tkazish borasida G‘arbga bog‘langan. Shuning uchun kimda-kim G‘arbga qaramlikka qarshi chiqsa yoki unda qarshilik alomatlari ko‘rinsa, uning xizmatdan bo‘shatilishi maqarrar.
Demak, Muhammad Ali o‘z hujjatida da’vat qilayotgan yangi tuzum voqei ham, uning barcha bandlari ham odamlarni o‘ziga jalb qiladigan yaltiroq qog‘ozdan iborat bo‘lib, uning orasiga zahriqotil demokratiya o‘ralgan. Xo‘sh, adolat va inson huquqlarining ta’minlanishini kim ham istamaydi?! Biroq u bu narsalarni demokratiya ta’minlamasligini, balki, ularni faqat va faqat Islom ta’minlashini bilmaydi.
Shubhasiz, bu hujjat zimnida ilmoniylikni targ‘ib qilish va har qanday ehtimolli namoyishlarga ilmoniylik tusini berishga urinish mavjud ekan, G‘arb yaqin vaqt ichida Misr rejimiga qarshi biror norozilik harakati boshlansa, uni xavotirsiz xotirjam kutib oladi. U hozirgi rejimdan nusxa ko‘chirib, hokimiyat tepasiga yurtda hozirgi buzg‘unchi malaylardan ham yomonroq buzg‘unchilik tarqatuvchi malaylarni etishtirib chiqaraveradi. Bundan tashqari, Muhammad Ali hujjati rejim o‘rniga hech qanday al’ternativ taklif qilgani yo‘q. Balki u ilmoniy nazariya doirasida fikrlaydi, uning asosida echimlar beradi. Ilmoniylik esa, hokimiyatda vahshiy va ochko‘z kapitalistik tuzumning saqlanib qolinishini hamda Misr boyliklariyu resurslari tashib ketilishini ta’minlaydi.
Kimda-kim Misrga chindan yaxshilik bo‘lishini istasa, kapitalizm doirasidan tashqarida aql yuritib, fikrlasin, yurt muammolariga kapitalizmdan boshqa asosda echim bersin. Balki u Misr ahli aqidasi asosida fikrlasin va echimlari Islom va uning shar’iy ahkomlaridan kelib chiqsin. Chunki shariat ahkomlari manbai aql emas, vahidir. Shu ahkomlargina inson muammolariga real echim beradi, faqat ulargina inson fitratiga mos keladi. Faqat shu ahkomlargina o‘tmishda Misr ahliga tatbiq etilib, holatlarini yaxshi qilgan va ularni rimliklar zulmidan qutqargan. Bugun ushbu shariat ahkomlarigina Misrni, Ummatni, hatto butun insoniyatni kapitalizm zulmi, zulmati va quldorligidan qutqarishga qodirdir. Shunday ekan, kim Misrga haqiqatdan yaxshilik istayotgan bo‘lsa, bas, Islom aqidasidan balqib chiqqan loyihani, ya’ni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik loyihasini qabul qilsin. Boshqa loyiha Misrga hargiz yaxshilik olib kelmaydi, bu yurt yana kapitalizm olovida jizg‘inak bo‘laveradi. Chunki uning echimlari echim emas, sirtiga asal surtilgan zahardir.
Ey Kinona armiyasidagi xolis harbiylar!
Hamma ish sizning qo‘lingizda. Misrga qarshi fitnalar sizning ko‘z-o‘ngingizda va sizning quloqlaringiz ostida, ehtimolki, sizning mudofaangizda sodir bo‘lmoqda. Nahotki, bularga indamaysiz, qachongacha diningiz va ahlingizni yordamsiz qoldirishda davom etasiz?! Orangizda dinini qizg‘anadigan va Allohning toptalayotgan ehtiromli narsalarini qizg‘anadigan insonlar qolmadimi?! Rejim sizga berayotgan pullar, vakolatlar va loyihalar uning jinoyatlariga sukut qilib turishingiz uchun berilayotgan misoli bir poradir. Bularning hammasi ertaga Islom tatbiq etilganda sizga beriladigan barcha narsalar oldida juda-juda oz narsa bo‘lib qoladi. Bular misoli qo‘riqchi ko‘ppaklarga tashlab beriladigan narsalar kabi arzimas bo‘lib qoladi. Shu arzimas narsalarga rozi bo‘lib, dinini va o‘z hurmat-izzatini sotishga hamda o‘zining, dinining va Ummatining dushmanlariga qo‘riqchi ko‘ppak bo‘lishga rozi bo‘layotganlar naqadar razil-pastdirlar?! Biz bu ahvolni sizga aslo loyiq ko‘rmaymiz, balki sizga bu dunyo sharafiga va oxirat baxtiga noil bo‘lish uchun ansorlar darajasini munosib ko‘ramiz. Albatta, bu Islomni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida tatbiq etilishi hamda hazoratga oid haqiqiy yaroqli loyihani tatbiq qilish bilan amalga oshadi. Toki, bu loyiha atrofiga barcha kuchlar kelib qo‘shilib, uni xuddi sahobai kiromlar kabi, er yuziga ulashsinlar. Ana shunda siz yutuqqa erishasiz, ana shunda siz tufayli Misr taraqqiyot topadi, siz bilan munavvar bo‘lib, Islom davlatining markazi, qalqoni va tojiga aylanadi.
Allohim, bizga o‘sha kunni tezroq ato et, Misrimizni Xalifalik markazi qil, Misr armiyasini Misrning ansorlariga, ahlini ular bilan birlashishiga va barchamizni Xalifalik qo‘shinlari bo‘lib, uni o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rishimizga muyassar ayla, Allohumma omin.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ
«Ey mo‘minlar, Alloh va Rosuli sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qiling» [Anfol 24]
Roya gazetasidan olindi