Hizb ut-Tahrir amirining Konstantinopol fath qilinishi xotirasi munosabati bilan so‘zlagan nutqining porloq jihatlari

519
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amirining Konstantinopol fath qilinishi xotirasi munosabati bilan so‘zlagan nutqining porloq jihatlari

Ustoz Muhammad Xalifa – Iordaniya

Biz Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta hafizahullohning nutqini o‘qib juda xursand bo‘ldik. Nutqidan ushbu insonning qalbi da’vat, da’vat ahli, Ummat va uning farzandlariga nisbatan cheksiz muhabbat bilan to‘laligini hamda da’vat va Ummatni istalayotgan g‘oyaga eltishga tinimsiz harakat qilayotganini bilib, amin bo‘ldik. Zero, ushbu g‘oyamiz Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish bo‘lib, Allohning izni ila, yaqinda albatta u ro‘yobga chiqadi.

Darhaqiqat ulug‘ olimimiz Ummatga o‘zining buyuk ummatligini eslatish hamda insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummatligini va barcha insonlar ustidan guvoh ekanini his qildirish uchun ayni muqaddas xotiradan chiroyli foydalandilar. Shuningdek, bu maqomga Islom risolasini Xalifalik davlati ichkarisida tatbiq qilish, tashqarida uni butun olamga da’vat va jihod orqali etkazish bilan erishganini bildirib o‘tdilar. Natijada, ushbu porloq va nurafshon xotira, ya’ni, o‘sha paytda kufr poytaxti bo‘lgan Konstantinopolning fath qilinishi xotirasi Ummatda nusratga nisbatan zavq-shavq uyg‘otishda hamda Xalifalik davlati yo‘qligi va Islom ahkomlarining tatbiq etilmasligi oqibatida kelib chiqqan ushbu buzuq voqedan qutulish umidlarini paydo qilishda amirimiz uchun eng yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

Ulug‘ olimimiz Abu Roshta Konstantinopolni fath etilishi haqida qisqacha tarixiy ma’lumot berdi, masalan, qamal qilib turilgani, so‘ng Muhammad Fotih Ayo So‘fiya cherkovini oyoqlari bilan bosib, uni masjidga aylantirgani, Konstantinopolni Islom davlati poytaxti deb e’lon qilgani, nomini Islombulga o‘zgartirgani, bu hol to asr jinoyatchisi Mustafo Kamol kelib, Usmoniy Xalifalikni ag‘darib, masjidni muzeyga aylantirgunga qadar davom etgani… haqida so‘zladi!!

Hizb ut-Tahrir amiri qilgan nutqning yorqin diqqatga sazovor jihatlaridan biri Rosuli akram ﷺning Konstantinopol fathi bilan bog‘liq bashoratlarining ro‘yobga chiqishiga ishora qilinib va unga diqqat qaratilib, buni hali ro‘yobga chiqmagan boshqa bashoratlar bilan bog‘langani bo‘ldi. Bunga qo‘shimcha, ushbu bashoratni ro‘yobga chiqargan va Rosuli akram ﷺ tomonidan maqtalgan qo‘shin va qo‘shinning amiriga ishora qilinishi ham nutqdagi yorqin diqqatga sazovor jihatlardan biri bo‘ldi. Zotan, bu qanday ham ulug‘ shon-sharafdir!!

Ammo ushbu shon-sharaf sohibi va mard amirga kelsak, Hizb amiri u haqda o‘zining nutqida batafsil bayon qildi. U zotning o‘sib ulg‘ayishidan tortib, o‘qigan ilmlari, jangovar mashqlariga qadar, hali tirnoqlari qatimasidan turib chavandozlik mahoratini va jang san’atini egallagani… va nihoyat, Alloh Subhanahu va Taolo uni mana shunday fazl bilan siylash orqali ushbu buyuk bashorat sohibiga aylantirgani haqida bayon qildi.

Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim o‘zining ushbu maxsus nashrasi orqali Ummatga o‘z farzandlarini avvalgi sobiq ulug‘ligiga qaytadigan va o‘shalar qo‘li bilan qator bashoratlar ro‘yobga chiqadigan tarzda to‘g‘ri tarbiya qilishni eslatib o‘tdi. Shuningdek, Hizb ut-Tahrir Alloh tomonidan beriladigan nusrat hamda Rosuli akram ﷺning bashorati Hizb a’zolari qo‘li bilan ro‘yobga chiqishi uchun jonlari va qalblarini Allohga xolis bag‘ishlagan a’zolarining shaxsiyalarini qanday bino qilganligini ham eslatib o‘tdilar. Buni u kishi o‘z nutqining oxirlarida bayon qilib o‘tdilar.

Ulug‘ olim o‘z nutqida Fotihning go‘zal boshqaruvchiligini, armiya qo‘mondoni sifatida ajoyib qo‘shin tayyorlab, ulug‘vor jangovar reja tuzganini yoritib berar ekan, bunga uchta misol keltirdi: Birinchi: Muhammad Fotih sovuqda qo‘shin safidagilarning sovqotayotganlari haqida xabar kelganda ularga zarur vaqtlarda isinib olishlari uchun qo‘rg‘on qurib berish bilan ularni sovuqdan asradi. Ikkinchi: Eng katta to‘siq masalasini hal qildi. Bu – Konstantinopol shahri devorlarining g‘oyat mustahkamligi masalasi edi. Fotih qo‘lidagi mavjud harbiy imkoniyat bilan esa, devorni yorib o‘tishi mumkin emas edi. Ana shunda vengriyalik injener Urbanni chaqirtirib, ulkan zambarak yasatish uchun uni kerakli barcha narsalar bilan ta’minlaydi va o‘sha zambaraklar bilan shahar devorini parchalashga muvaffaq bo‘ladi. Uchinchi: O‘sha mustahkam devorning Xalij tarafdagi (ko‘rfaz tarafdagi) qismi zaif edi. Ko‘rfazga kirish qismiga esa, temir zanjir tortilgan edi. Shu sababli musulmonlar kemalari ko‘rfazga kirolmagan. Muhammad Fotih kemalarni ko‘rfazga olib o‘tishning ajoyib uslubini ishga soladi. Ya’ni, Galata tepaligiga qalin yog‘och-taxtalarni yotqizib, ularga katta miqdorda yog‘ va moy to‘ktiradi. So‘ng yog‘och-taxtalar ustidan kemalarni sudrab olib o‘tkazadi. Bu uslub rumliklarning esini og‘diradi va o‘sha tongda musulmonlarning kemalari ko‘rfazga kirganini ko‘rib qo‘rquvga tushadilar.

Kimdir bularning tafsilotiga kirishilishining sababi haqida so‘rab qolishi mumkin bo‘lgani uchun, oldindan javob sifatida, Hizb amiri ulug‘ olim buning uch sababi borligini bayon qilib berdilar: Birinchi sabab, qachon musulmonlar o‘z mabdalarini tatbiq qilsalar, Islom va musulmonlarning naqadar buyuk ekanini ko‘rsatish. Ikkinchi, qachon musulmonlar o‘zlariga buyurgan vazifa bilan shug‘ullansalar, Rosululloh ﷺ xabar qilgan bashoratlarning albatta ro‘yobga chiqajagi, ana shunda ular Allohga yordam berib, Alloh ham ularga yordam berishi, ularning ajdodlari bilan ham xuddi shunday bo‘lgani… bilan ularning ko‘ngillarini xotirjam qilish. Uchinchi, G‘arb Islom Ummatining o‘z Xalifaligi orqali sobiq kuch-qudratiga qaytishini oldini olish uchun Islom va musulmonlarga hamda Hizb ut-Tahrirdagi da’vatni etkazayotgan yigitlarga qarshi kurashib, bu yo‘lda ko‘plab vosita va uslublarni ishga solganligi. Masalan, gunohning kattasini ko‘targan yollanma malaylarni ishga soldiki, ular Hizbni taqiqlab, uning a’zolarini ta’qib ostiga olishmoqda, tahdid qilib, qamab, qattiq qiynoqlarga solishmoqda, bu qiynoqlardan ba’zilari shahid bo‘ldi. Shuningdek, Islom Ummati orasidan ba’zi bir musulmonlik to‘nini kiyib olgan kimsalarni tanlab olib, yolg‘on va bo‘htonlar asosida Hizb ut-Tahrir da’vatiga qarshi kurashishmoqda. Ish shu erda to‘xtagani yo‘q. Balki Hizb ut-Tahrirni tashlab chiqqan, qasamxo‘rlik qilgan va jazo olgan ba’zi kimsalar Hizbga, uning qiyodatiga va a’zolariga tuhmatlar qilish hamda yolg‘on-yashiq gaplar tarqatish bilan kofir G‘arb istagandek Hizbga qarshi kurashib berishmoqda. Bir turli tuhmatlari ish bermasa, boshqa yangi-yangilarini o‘ylab topishdi. Ularning o‘zlari ham Hizb ut-Tahrirning qattiq xarsangtosh ekanini, kofirlar va uning yordamchilarining Hizbga qarshi qilgan barcha urinishlari parchalanib ketishini, Hizb qiyodati va a’zolaridagi fikrlarning tozaligi sababli ular istayotgan makrlar foyda bermayotganini, chunki Alloh Subhanahu va Taolo diniga, da’vatiga va da’vatchilariga yordam beruvchi zot ekanini juda yaxshi bilishadi.

Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim o‘z nutqi so‘nggida Hizb a’zolarining xuddi Rosululloh ﷺga ergashgan sahobalar misoli po‘latdek qattiq-mustahkam pozitsiyalarini olqishladi. Bunday pozitsiyaning azob-uqubatlar oldida aslo titramasligini, mashaqqatlar oldida hargiz sinmasligini, shuning uchun ham Hizb a’zolari Hizbning, Hizb va uning a’zolarining taqdiriga erishganini ta’kidladi.

Ato ibn Xalil Abu Roshta so‘zining nihoyasida Alloh Azza va Jallaga tazarru qilib, Rosululloh ﷺning barcha bashoratlarini ro‘yobga chiqarishini so‘rab qoldilar hamda bizni O‘z dargohidan madadi bilan siylashi uchun barchamiz go‘zal amallar qilishimiz va shu orqali Alloh Subhanahuning nusratiga loyiq bo‘lishimizni ta’kidladi.

Darhaqiqat, ushbu nutq xuddi yomg‘ir qaqrab turgan tuproqni sug‘orib, ko‘m-ko‘k novda va shirin suvli meva ato etgani kabi, qalblarimizga orom bahsh etdi. Alloh amirimizdan rozi bo‘lsin va uning qo‘llari bilan Islom va musulmonlarga nusrat ato etsin.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.