Jeenbekov energetika tarmog‘idagi moliyaviy hisobotlar oshkor qilinishini ma’lum qildi
Bugun, 20-fevralda “Jogorku Kenesh”da hukumatning yangi a’zolari qasamyod qabul qildi. Depuatlar va hukumatning yangi a’zolari oldida nutq so‘zlagan Jeenbekov energetika sohasiga to‘xtalib o‘tdi.
Uning aytishicha, hozir Qambarota-1 va Yuqori Norin kaskadini qurish uchun investorlar ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, energetika tarmog‘ida yo‘qotishlarni kamaytirish choralari ham ko‘rilmoqda.
Jeenbekov mazkur tarmoqda asosiy maqsad moliyaviy sarf-harajatlarni shaffof qilish ekanligini alohida belgilab o‘tdi.
Aslida energetika tarmog‘ida korruptsiya sxemalari mavjudligi kundek ravshan. Biroq, bu korruptsionerlarni ayni shu hukumatdagi amaldorlarning o‘zi qo‘llab-quvvatlab kelishadi. Ular esa hukumatparast partiyalarni saylovlarda g‘olib bo‘lishiga moddiy yordam ko‘rsatib turishadi.
Endi energetika tarmog‘idagi korruptsiya sxemalariga kelsak, bugungi kunda GESlardan olingan elektr energiyasining tan narxi 16 tiyin, Issiqlik elektr markazlarida ishlab chiqariladigan energiyaning tan narxi esa 3 som 63 tiyindan hisoblanadi. Ikkalasining o‘rtacha narxi 70 tiyin qilib belgilangan. Bunga qo‘shimcha sifatida texnik yo‘qotishlarga 26 tiyin, qo‘shimcha qiymat solig‘i uchun 11 tiyin qo‘shiladi. Shunday qilib, hukumat elektr energiyasi tarifini havodan olgan raqamlar bilan hisoblab chiqarib kelyapti. Aslida, GESlardan olinadigan elektr energiyasining narxi 3 tiyindan 8 tiyingacha bo‘lishi mumkin. Masalan, “mustaqillik” yillarida Toktogul GESidan olingan elektr energiyasi 7 tiyindan sotib kelingan. 2010-yillari Almazbek Atambaev ham elektr energiyasining tan narxi 8 tiyin ekanligini aytib, 18 barobar qimmat sotilayotganini ma’lum qilgan edi. Shu bilan bir qatorda IEMlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi ham tashqaridan import qilinadigan ko‘mir va boshqa oshiqcha chiqimlar bilan hisoblanib, tarif bahosi oshirib aytib kelinadi. Bu kamlik qilganidek, GES va IEMda ishlab chiqarilgan energiya bahosi ham noto‘g‘ri hisoblanib 70 tiyinga chiqib ketgan. Texnik-tijoriy yo‘qotishlar esa amaldorlar bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi biznesga aylanib qolgan. Dunyo tajribasida bunday yo‘qotishlar oshib borsa 7 tiyinga etadi.
Mana shunday o‘g‘ri-qaroqchilar dastidan Qirg‘iziston xalqi elektr energiyasidan qimmat tarif bo‘yicha foydalanib kelmoqda. Hatto hukumat har yili energetika tarmog‘iga byudjetdan milliardlab mablag‘ ajratib, chet eldan grantlar jalb qilishiga qaramay, yil oxiriga borib bu tarmoq har doim qarz bilan chiqadi. Tarmoqning bunday ahvolda bo‘lishidan shunday grantlarni bergan Jahon banki kabi tashkilotlar manfaatdor. Chunki, ularning maqsadi davlat kompaniyalarini bankrot qilish orqali tarmoqni xususiy sektorga o‘tkazish va tariflarni ko‘tarish, mahalliy maxsulotlarni xorijiy maxsulotlar bilan raqobat qila olmaydigan ahvolga solishdan iborat.
Demak, masala energetika tarmog‘idagi moliyaviy hisobotlarni xalqqa oshkor qilish emas, balki bu tarmoqni bir xovuch amaldorlar va xalqaro tashkilotlar manfaati yo‘lida ishlatishni to‘xtatish shart. Tariflarni Ummat manfaatlariga mos narxga tushirish, hatto bekorga berishi kerak. Chunki, GES, daryo va uzatish liniyalarining barchasi shariatda umumiy mulk turkimiga kiradi!
Mumtoz Movarounnaxriy