بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Bashoratlarning yutuqlarga erishishdagi ta’siri
Asmo Ja’ba
Omul hazan (g‘am yili), deb atalgan yilning o‘zida Rosululloh ﷺning zavjalari Xadicha onamiz hamda amakilari Abu Tolib vafot etdi. Rosululloh ﷺ ikkalasidan ayrilish bilan birga moddiy qo‘llab-quvvatlovni ham yo‘qotib, yanada g‘am-g‘ussada yashashga majbur bo‘ldilar. Ommaviy hayotda maydonning Abu Tolibdan bo‘shab qolishi ortidan endi ul zotni tazyiq va bosimlar kuta boshladi. Chunki Abu Tolib amakivachchasi bilan Quraysh o‘rtasini to‘sib turuvchi qalqon va devor edi. Bir vaqtning o‘zida, ul zotning xonadoni ham tinchlik va osoyishtalik ramzi bo‘lgan g‘amxo‘r va hamdard munisa zavjasiz huvillab qoldi. Shu vaqtda va mana shunday og‘ir bir vaziyatda Isro va Me’roj voqeasi yuz berib, Rosululloh ﷺning yolg‘izliklarini aritdi, mahzun qalblarini xotirjam qildi va yo‘lda shahdam qadam tashlashlariga undovchi turtki bo‘ldi. Axir mudom ul zot bilan Alloh Taolo bor ekan, qaysi kuch-qudrat ul zotni to‘xtata olsin?!
Hijrat safarida ilohiy quvvatning aralashuvi Nabiy ﷺni mushrik Suroqaning hujumidan saqladi. Payg‘ambar alayhissalomni o‘ldirish uchun zarba yo‘llashdan uni ojiz qoldirdi. Mana shunday ojiz qoldirish voqeasi bo‘lgan bir vaziyatda esa, Rosuli akram ﷺ Suroqaga agar orqanga qaytib ketib, sirni hech kimga aytmasang, Kisroning bilaguzuklarini beraman, deya va’da qildilar… Suroqaning bunday ajib bir va’daga ishonmasdan iloji qolmadi. Ha, chunki u bu kishining g‘ayriinsoniy bir kuch himoya qilganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani uchun va’daga ishondi.
Kisroning bilakuzuklari va’dasi mazmunida, fors yurtlarining fath etilishi va o‘sha davrda dunyodagi ikki yirik hukmron kuchdan birining podshohi Kisroning mag‘lub bo‘lishi ma’nosi yotardi. Ushbu bashorat o‘sha sanadan yigirma yil o‘tib ro‘yobga chiqdi.
Rim va Konstantinopolning fath etilishi haqidagi bashorat esa, ancha zamon keyin ro‘yobga chiqqan esa-da, biroq sahobalarning bu bashoratga bo‘lgan ishonchlari, quyidagi bashoratlarga bo‘lgan ishonchlaridan kam bo‘lmagan. Misol uchun, Rumliklarning Forslar ustidan g‘alaba qozonishlari haqidagi bashorat, musulmonlar hatto umra uchun ham kirishga muvaffaq bo‘lisholmagan Makkaning fath etilishi haqidagi bashorat, Shom fath etilishi haqidagi bashorat hamda Falastinning Xalil shahridagi erlarning Tamim Doriyga berilishi kabi qator bashoratlarning ro‘yobga chiqishiga qanchalar ishongan bo‘lsalar, Konstantinopolning fath etilishi haqidagi bashoratga ham o‘shanchalik imonda bo‘lganlar.
Hokim «Mustadrak»da Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qiladi:
«Biz Rosululloh ﷺning oldilarida yozib o‘tirgandik. Rosululloh ﷺ qaysi shahar birinchi fath etiladi-Konstantinopolmi yoki Rimmi? deb so‘raldilar. Shunda ul zot
«مَدِينَةُ هِرَقْلَ تُفْتَحُ أَوَّلاً، يَعْنِي قُسْطَنْطِينِيَّةَ»
«Irakli shahri, ya’ni, Konstantinopol birinchi fath bo‘ladi», deb javob berganlar. (Hadisni Zahabiy «Talxis»da va Alboniy «Silsilatus sahihiya»da sahih, deyishdi).
Ha, haqiqatdan ham ushbu ikki shaharning fath etilishi haqidagi bashoratga uzoq vaqt bo‘ldi. Biroq, shunday bo‘lsa-da, musulmonlar diliga bu bashoratga nisbatan zarracha shubha oralagani yo‘q. Negaki, bu so‘zlarni sodiqul masduq aytdilar, ya’ni, doim rost so‘zlagan va barcha inson uning rost so‘zlovchiligiga ishongan. Chunki bu gaplarni nafs-havodan gapirmay, balki har bir so‘zi Allohdan yuborilgan vahi hisoblangan zot aytdilar.
Keyin, xalifalar ushbu bashoratni o‘z qo‘llari bilan ro‘yobga chiqarishga qattiq intilib, Nabiy ﷺ yog‘dirib yuborgan o‘sha maqtovlarga, ushbu buyuk fathga men loyiq bo‘lsam, ajab emas, degan umidda shaharga ketma-ket hamlalar qildilar. Darhaqiqat, ul zotning maqtovlar yog‘dirganiga misol, imom Ahmad «Musnad»da, Hokim «Mustadrak»da Rosululloh ﷺning bunday, deganlarini rivoyat qilganlar:
«لَتُفْتَحَنَّ الْقُسْطَنْطِينِيَّةُ فَلَنِعْمَ الْأَمِيرُ أَمِيرُهَا وَلَنِعْمَ الْجَيْشُ ذَلِكَ الْجَيْشُ»
«Konstantinopol albatta fath bo‘ladi. Uni fath qilgan amir naqadar yaxshi amir, uni fath qilgan qo‘shin naqadar yaxshi qo‘shindir».
Kofir pravoslavlar poytaxti bo‘lgan Konstantinopolning albatta zabt etilishi to‘g‘risidagi bashoratning amalga oshishi ham bugungi kunda er yuzida azoblanayotgan musulmonlar qalbiga malham bo‘lmoqda. Zero, ayni damda musulmonlarning erlari bosib olinib, hokimiyatlari tortib olingan hamda ulug‘liklari toptalib, xavfsizliklari buzilgan holatda. Shuning uchun ushbu bashoratning ro‘yobga chiqqanligi to‘g‘risidagi xotira musulmon kishida qiynalayotgan botqoqdan albatta qutulib chiqishlariga umid uyg‘otmoqda hamda qutulishga aslo ko‘zi etmayotgan ishni albatta amalga oshirishga harakat qilishlari uchun himmatlarini qo‘zg‘amoqda. Hatto pravoslavlar poytaxti Rimning fath etilishi haqidagi hadisdagi bashoratni ro‘yobga chiqarishga harakat qilishlariga turtki bo‘lmoqda.
Ha, bu narsa qanday qutulish va bashoratlarni qanday ro‘yobga chiqarish haqida fikrlashga undaydigan katta turtki bo‘ldi. Chunki uni ro‘yobga chiqarish oddiy ish emas, favqulodda tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘ladi. Masalan, Konstantinopol birinchi Islom davlati barpo bo‘lgan yildan sakkiz yuz ellik etti yildan so‘ng fath qilindi va unga qadar uzoq yillab jihodlar qilindi, qancha-qancha ulkan fathlar bo‘ldi. Konstantinopolni fath qilish bilan bashoratni ro‘yobga chiqargan Fotih, bunga fikriy, saqofiy, printsipial va texnika jihatidan a’lo darajada tayyorgarliklar ko‘rdi. Aynan shuning uchun ham ushbu buyuk bashoratni ro‘yobga chiqarishga loyiq bo‘la oldi. Chunki bashorat haqiqatdir. Biroq bu haqiqatga orzu va xayollar bilan etilmaydi. Ha, hatto Islom davlati mavjud bo‘lib, butun dunyoga hukmronlik qilayotgan bo‘lsa ham, uni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Qolaversa, Rimning fath qilinishi to‘g‘risidagi bashoratni amalga oshirish uchun sabablarni ushlamoq lozim. Bu sabablarning birinchisi mo‘min, rostgo‘y, sabrli va ongli hamda Robbilari, dinlari va o‘zlariga ishongan haqiqiy er kishilarning bo‘lishidir. Shuningdek, bu dunyo g‘oliblik bilan olinadi, maqsadlarga esa, mehnat va jiddi-jahd bilan etiladi, uyqu va dangasasizlik bilan etilmaydi, deb hisoblaydigan er kishilarining bo‘lishidir. Shular topilgach, ikkinchi sabab kelib chiqadi. Ya’ni, ushbu ochiq fathni bajarishga qodir qo‘rg‘onni qayta barpo etmoq. Ha, Xalifalik davlatini qayta barpo etib, islomiy hayotni qayta boshlamoq, bosib olingan musulmon o‘lkalarini ozod etish va buyuk fathlar qilishdagi birinchi qadamdir. Masha Alloh, Rosuli akramimizning bashoratlari bizning qo‘llarimiz bilan ro‘yobga chiqsa, naqadar buyuk sharafga erishgan bo‘lamiz.
Konstantinopol fathi hotiralarida turgan ekanmiz, Alloh va Rosulini yaxshi ko‘radigan hamda Muhammad Fotih va uning qahramonligidan faxrlanadigan har bir musulmonga aytar so‘zimiz: Jiddiylik englarini shimarib, Payg‘ambarimizning hamma bashoratlarini ro‘yobga chiqarish uchun ketayotgan yaxshilik karvoniga etib oling, shunda buyuk yutuqni qo‘lga kiritasizlar. Biz, shuningdek, Ummatning oldingi safida turib, uni rivojlanish va ozodlik sari etaklashga qat’iy qaror qilgan Hizb ut-Tahrirga a’zo erkak va ayollar ham Hizblari jiddiy va fidoiy bo‘lgani qadar jiddiy-fidokor bo‘lishga hamda Allohga o‘zlarining xolis va mardliklarini namoyon etishga da’vat qilamiz… Shoyadki, Alloh Taolo bularni ko‘rib, bizga g‘oliblik va nusratni munosib ko‘rsa, bizni o‘z va’dasi va Rosuli ﷺning barcha bashoratlarini bizning qo‘llarimiz bilan ro‘yobga chiqarish baxtiga musharraf etsa. Alloh Taolo bunday deydi:
وَقُلِ اعْمَلُوا فَسَيَرَى اللَّهُ عَمَلَكُمْ وَرَسُولُهُ وَالْمُؤْمِنُونَ
«Ayting – amalni qilinglar, chunki Alloh, Rosuli va mo‘minlar qilgan amallaringizni ko‘rib turar» [Tavba 115]
Alloh Azza va Jalla yana bunday dedi:
وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئاً وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ
«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir» [Nur 55]
Ha, Alloh Robbul olamin uchun aniq ishonch va xolis jiddiy solih amalgina sizni ham bu dunyoning, ham oxiratning haqqini ado etadigan, hatto foniy dunyodan boqiy oxiratni afzal ko‘radigan insonga aylantiradi. Siz Xalifalikni qo‘llari bilan barpo qilish va yahudiylardan Quddusi Sharifni ozod etib, ularni Isro va Meroj zaminidan chiqarib yo‘q qilish baxtiga muyassar bo‘lgan zotlardan bo‘lishni ko‘z oldingizga keltirib oling. Axir, nega siz xochparast kofir pravoslavlar qal’asi Rimning fotihlaridan bo‘lmaysiz?! Oldingizga oliy maqsadlarni qo‘yib, harakatingizni mana shunday oliy saviyada olib boring. Ana shunda Alloh Taolo bizga rizo nazari bilan boqadi va eng oliy bashorat bo‘lmish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish bashoratini ro‘yobga chiqarishimizga o‘zining tavfiqi, nusrati va g‘olibligini ato etadi. Ana shunda musulmonlar qayta xavfsizlik, omonlik, haybat va izzat-sharaflariga ega bo‘ladilar. Keyin shular ortidan qolgan bashoratlar ham ergashib kelib, ularning ro‘yobga chiqarganlar sharaf va ulug‘likka, eng oliy mukofot Allohning rizosiga noil bo‘ladilar, zotan, U karami keng, mehribon zotdir.
Allohim, biz Sening va’danga imon keltirib, Payg‘ambaring bashoratlarini tasdiqlaganmiz. Shuning uchun bizni xolis O‘zingning roziligingni istab, roziligingdan o‘zga hech narsani umid qilmay qilayotgan harakatimiz uchun ushbu bashoratlarni ro‘yobga chiqarishga bizni loyiq qil. Allohim,
ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ
«Menga duo qilinglar ijobat qilaman» [G‘ofir 60]
deding. Bizdan duo, Sendan ijobat.
Roya gazetasidan olindi