Oxirat shahidlari kim? Shahidning qarzini kim to‘laydi? – degan savolga javob

716
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

اسماء فوزي محمد (Asmo’ Favziy Muhammad)ning oxirat shahidlari kim? Shahidning qarzini kim to‘laydi? – degan savollariga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, fazilatli shayximiz…

Shaxsiya kitobi ikkinchi juz, shahidlar mavzusi, 165 betida oxirat shahidlariga aloqador quyidagi iboralar kelgan (Muslimda vorid bo‘lganidek sahix gap shuki, vabo kasali bilan o‘lgan kishi, qorin og‘rig‘i bilan o‘lgan kishi, g‘arq bo‘lib o‘lgan kishi, ustiga bino qulab o‘lgan kishi, jangdan boshqa paytda Alloh yo‘lida Alloh kalimasini oliy qilish uchun o‘lgan kishi).

Yana bir qancha hadislar vorid bo‘lib, ularda ushbu holatlar Alloh yo‘lida shahid bo‘lgan maqomga tenglashtirilgan.. Yunus ibn Abdula’lo Ibn Vahbdan, u Abdurrahmon ibn Shurayhdan, u Abdulloh ibn Sa’laba Xazramiydan, u ibn Hujayradan, u Uqba ibn Omirdan rivoyat qilishicha Rosululloh ﷺ shunday deganlar:

«خَمْسٌ مَنْ قُبِضَ فِي شَيْءٍ مِنْهُنَّ فَهُوَ شَهِيدٌ: الْمَقْتُولُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ، وَالْغَرِقُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ، وَالْمَبْطُونُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ، وَالْمَطْعُونُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ، وَالنُّفَسَاءُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ»

«Besh turli kishilar borki, ular vafot etsa, shahiddir: Alloh yo‘lida o‘lgan kishi shahiddir. Alloh yo‘lida g‘arq bo‘lib o‘lgan kishi shahiddir. Alloh yo‘lida qorin og‘rig‘i tufayli o‘lgan kishi shahiddir. Alloh yo‘lida vabo tufayli o‘lgan kishi shahiddir. Alloh yo‘lida oy kuni yaqinlashib, (qornida bolasi bilan) o‘lgan ayol shahiddir». (Alboniy sahih degan. Sahiha kitobi 407 sahifa).

Savol: Bu erda ikki hadis o‘rtasida muvofiqlik bormi? Yoki qarama-qarshilik bormi?

Mana shuni tushuntirib bersangiz, oldindan ulkan tashakkurlar bildirib qolaman

Ikkinchi savol: Shahidlik mavzusida Abdulloh ibn Amr ibn Osdan quyidagi hadis vorid bo‘lgan: Rosululloh ﷺ aytadi:

«يُغْفَرُ لِلشَّهِيدِ كُلُّ ذَنْبٍ إِلَّا الدَّيْنَ»

«Shahidning qarzdan tashqari barcha gunohi kechiriladi».

Savol: Shahid shahid bo‘lishidan oldin qarzini to‘lashdan ojiz bo‘lgan bo‘lsa… shahid bo‘lganidan keyin qarzini to‘lash vazifasi kimga tushadi? Sizga ulkan tashakkurlar bo‘lsin.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh

Birinchi: Shahidlarga nisbatan aytamizki:

1 –       Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ aytadi:

«بَيْنَمَا رَجُلٌ يَمْشِي بِطَرِيقٍ وَجَدَ غُصْنَ شَوْكٍ عَلَى الطَّرِيقِ فَأَخَّرَهُ فَشَكَرَ اللَّهُ لَهُ فَغَفَرَ لَهُ وَقَالَ الشُّهَدَاءُ خَمْسَةٌ الْمَطْعُونُ وَالْمَبْطُونُ وَالْغَرِقُ وَصَاحِبُ الْهَدْمِ وَالشَّهِيدُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ»

«Bir kishi yo‘lda ketayotib tikon novdasini topib olib, uni chetga olib qo‘ysa, Alloh buning evaziga uning gunohlarini kechiradi. Shahidlar besh xil bo‘ladi: vabo tufayli o‘lgan, qorin og‘rig‘idan o‘lgan, cho‘kib o‘lgan, devor bosib o‘lgan va Alloh Azza va Jalla yo‘lida shahid bo‘lgan kishi».

2 –       Tahoviyning Mushkilul osor kitobida shunday kelgan: Uqba ibn Omir rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ aytadi:

«خَمْسٌ مَنْ قُبِضَ فِي شَيْءٍ مِنْهُنَّ فَهُوَ شَهِيدٌ: الْمَقْتُولُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ، وَالْغَرِيقُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ، وَالْمَبْطُونُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ، وَالْمَطْعُونُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ، وَالنُّفَسَاءُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ»

«Besh turli kishi vafot etsa shahid bo‘ladi: Alloh yo‘lida o‘lgan kishi shahiddir. Alloh yo‘lida g‘arq bo‘lib o‘lgan kishi shahiddir. Alloh yo‘lida qorin og‘rig‘i tufayli o‘lgan kishi shahiddir. Alloh yo‘lida vabo tufayli o‘lgan kishi shahiddir. Alloh yo‘lida oy kuni yaqinlashib, (qornida bolasi bilan) o‘lgan ayol shahiddir». Nasoiy va Tabaroniylar chiqargan.

3 –       Bu erda qarama qarshilik yo‘q. Chunki Muslimning hadisi

«الْمَطْعُونُ وَالْمَبْطُونُ وَالْغَرِقُ وَصَاحِبُ الْهَدْمِ»

«Vabo tufayli o‘lgan, qorin og‘rig‘idan o‘lgan, g‘arq bo‘lgan va devor bosib o‘lgan», deya mutlaq kelgan. Ammo keyingi hadisda esa, (Alloh yo‘lida) degan kalima bilan qaydlangan, ya’ni

«وَالْغَرِيقُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ، وَالْمَبْطُونُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ، وَالْمَطْعُونُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ شَهِيدٌ»

«Alloh yo‘lida g‘arq bo‘lgan kishi shahiddir. Alloh yo‘lida qorin og‘rig‘i tufayli o‘lgan kishi shahiddir. Alloh yo‘lida vabo tufayli o‘lgan kishi shahiddir». Shuning uchun ikki hadis mutlaqni muqayyadga bog‘lash orqali jamlanadi. Shunda ulardan har biri agar Alloh yo‘lida bo‘lsagina shahid bo‘ladi. Bu erda Alloh yo‘lida kalimasi qarina bo‘ladi. Chunki Alloh yo‘lida iborasi infoq ehson qilish bilan birga kelsa (Alloh yo‘lida infoq ehson qiladilar) yoki jihod kalimasi bilan kelsa (Alloh yo‘lida jihod qiladilar) bu Allohning kalimasi oliy bo‘lishi yo‘lida jang qilish demakdir… Imom Buxoriyning sahih to‘plamida Abu Muso shunday rivoyat qilgan: Bir kishi Payg‘ambarimiz ﷺ oldiga kelib: Kimdir o‘ljani qo‘lga kiritish uchun, kimdir odamlar gapirishi uchun va yana kimdir martaba uchun jang qiladi. Ulardan qaysi biri Alloh yo‘lida jang qilgan bo‘ladi? dedi. Shunda Rosululloh ﷺ:

«مَنْ قَاتَلَ لِتَكُونَ كَلِمَةُ اللَّهِ هِيَ الْعُلْيَا فَهُوَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ»

«Kim Allohning kalimasi oliy bo‘lishi yo‘lida jang qilsa, Alloh yo‘lida jang qilgan bo‘ladi», dedilar. Ammo Alloh yo‘lida kalimasi ma’noni cheklaydigan qarinasiz kelsa, unda uning ma’nosi Allohga itoat qilib va Allohga yaqinlashish uchun kabi ma’nolarga dalolat qiladi… Kimki Allohga itoat qiluvchi mo‘min bo‘lsa va hadisda aytilgan tariqada vafot etsa, oxirat shahidi bo‘ladi. Ammo Alloh yo‘lida bo‘lgan bo‘lsa u dunyo va oxirat shahidi bo‘ladi. Boshqacha aytganda, Allohga itoat qilgan holda qorin og‘rig‘i va vabo kasaliga yo‘liqib o‘lsa, yoki g‘arq bo‘lsa, ular shahiddir. Ammo ular vafot etayotgan vaqtda Allohga itoat qilmagan bo‘lsa, hadisga tushmaydi.

Ikkinchidan: Ammo qarzi bo‘lgan va vafotidan oldin qarzini uzishga qurbi etmay vafot etgan shahid haqidagi savolga kelsak, qarz uzish merosxo‘rlariga yuklanadi. Agar merosxo‘rlar ham qarzni uzishdan ojiz bo‘lsalar, davlat uni uzish uchun mablag‘ ajratadi. Bu haqda Rosululloh ﷺ shunday deydi:

«أَنَا أَوْلَى بِكُلِّ مُؤْمِنٍ مِنْ نَفْسِهِ، مَنْ تَرَكَ مَالاً فَلِأَهْلِهِ، وَمَنْ تَرَكَ دَيْناً أَوْ ضَيَاعاً فَإِلَيَّ وَعَلَيَّ»

«Men har bir mo‘min uchun o‘zidan ko‘ra yaxshiroqman. Kim mol qoldirgan bo‘lsa, u ahli uchundir. Kim qarz yoki zayo (o‘z ishlarini o‘zi boshqara olmaydigan ayoli va yosh bolalari)ni qoldirsa, men qarzini uzaman hamda ayoli va bolalarini boqaman». Muslim chiqargan. Abu Dovud Jobirni shunday deganini chiqargan: Rosululloh ﷺ bo‘ynida qarz bilan vafot etgan kishiga janoza o‘qimas edi. Bir kuni bir mayyit olib kelingan edi, u kishi: uning qarzi bormidi? – deb so‘radi. Shunda sahobalar: Ha ikki dinor qarzi bor edi deb javob berishdi. Rosululloh ﷺ: Birodaringizga o‘zingiz namoz o‘qiyvering dedi. Shunda Qatoda ansoriy: Ey Allohning elchisi qarzini men uzaman dedi. Shundan so‘ng Rosululloh ﷺ unga janoza o‘qidi. Makka fathidan so‘ng Rsululloh ﷺ:

«أَنَا أَوْلَى بِكُلِّ مُؤْمِنٍ مِنْ نَفْسِهِ. فَمَنْ تَرَكَ دَيْنًا فَعَلَيَّ قَضَاؤُهُ، وَمَنْ تَرَكَ مَالًا فَلِوَرَثَتِهِ»

«Men har bir mo‘min uchun o‘zidan ko‘ra yaxshiroqman. Kim qarz qoldirgan bo‘lsa, uni uzaman. Kim mol qoldirgan bo‘lsa, u merosxo‘rlari uchundir».

Bular sizning savolingizga javob bo‘lish uchun etarli deb umid qilaman. Alloh bilguvchi va hikmatliroqdir.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

29 jumodul-avval 1441h

24 yanvar 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.