Mustamlakachilar O‘rta Osiyoni talashmoqda
O‘rta Osiyo respublikalari SSSR tarkibida Rossiyaning mustamlakasi bo‘lgan edi. G‘arbiy lager Rossiya mustamlakalarini tortib olish uchun SSSRni qulatishga erishdi. Bu orqali Rossiyadan boshqa yirik derjavalar ham O‘rta Osiyoga kirib kelish imkoniyatiga ega bo‘lishdi va bu jarayon kundan kunga kuchayib bormoqda.
AQSh davlat kotibi O‘rta Osiyoga kelib ketganidan so‘ng mintaqadagi davlatlar pozitsiyalari anchagina oydinlashdi. Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari yo‘nalishni AQShga burganlari aniq sezilib qoldi. Mana shunday vaziyatda Qirg‘iziston Rossiya uchun “anklav” bo‘lib qolmoqda. Ya’ni Rossiyaga sodiq xizmatchilar qirg‘iz hukumatidagina qoldi.
Qirg‘iziston hukumati bu pozitsiyasi uchun Amerika qaxriga duchor bo‘lganiga ancha bo‘ldi. Buning asosiy sabablari quyidagilar:
– 2015-yili Qirg‘iziston bir tomonlama bekor kilgan shartnomani qayta tuzishga shoshilmadi.
– AQSh kadrlarini parlamentga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun saylov bo‘sag‘asi 9%ga ko‘tarilganicha qolmoqda.
– Qirg‘iz hukumati turli bahonalar bilan Iroq va Suriyada asirga tushgan fuqarolarini olib kelmayapti. (Bu Rossiyaning talabi bilan bo‘lmoqda. AQSh esa ularni vatanlariga qaytarishdan manfaatdor. Sababi bu asirlarni o‘z davlatlariga qaytarish orqali u erlarda o‘ziga xizmat qiladigan “ishid” yacheykalarini paydo qilishni ko‘zlaydi. Rossiya esa Amerikaning “ishidchilar”dan foydalanib mintaqada beqarorlik paydo qilish imkoniga ega bo‘lishiga qarshi turibdi. Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston esa – Rossiya istaklariga zid ravishda – asirlikdagi fuqarolarini olib kelishmoqda).
Amerika o‘zini Qirg‘izistondan g‘azablangani va hukumatga muammolar tug‘dirishga kirishganini quyidagi ishlar bilan ko‘rsatib qo‘ydi.
– “Raim geyt”ni xalqaro darajaga ko‘tardi.
– Qirg‘iz-tojik chegarasidagi oxirgi mojaroni boshlanishiga sababchi bo‘ldi. (Bu xodisa Qirg‘iziston hukumati nazoratidan chiqib ketganligi sababli hukumat bu voqeaga bog‘liqligi bor ayrim fuqarolarni qamoqqa olib, mitinglarni to‘xtatdi. Shu narsalar bu xodisada Amerikaning qo‘li bor ekanligiga dalolat qiladi. Chunki, Rossiya boshchiligida hukumat nazorati ostida uyushtirilgan chegara mojarolarida bunday qamoqqa olishlar va mitinglarni to‘xtatish bo‘lgan emas).
– Qirg‘izistonga viza cheklovi joriy qilindi.
Qozog‘istonni Amerikaga yuz burishi ham Rossiya qaxrini uzoq kuttirmadi. Kuni kecha Qozog‘istonning Qirg‘izistonga chegaradosh hududida millatlararo mojaro yuz berdi. Qozog‘iston prezidenti bu mojarodan fitnachilar foydalanishga harakat qilishganini aytdi, biroq, fitnachilar kim ekanligini oydinlashtirmadi, hatto, “uchinchi kuchlar” deb ham ayta olmadi. Aslida, bunga qadar Xitoyga er berilishiga qarshi chiqqan xalq noroziligidan Rossiya bir necha bor foydalangan. O‘sha vaqtda ham qozoq hukumati unga qarshi “churq” demay o‘z fuqarolarini jazolash bilan cheklangandi. Ayrim voqealarda esa “terrorchilar” ayblangandi.
O‘zbekiston haqida aytadigan bo‘lsak, o‘tgan yili Rossiya uni “terrorizm tahdidi” bilan qo‘rqitgan. Tojikiston bilan chegarada sun’iy terakt uyushtirib, ayolllar va yosh bolalardan iborat “terrorchilar” guruhini qirdi va bu orqali O‘zbekiston hukumatiga “ogohlantirish” berdi. (Bu ish Tojikiston hukumati qo‘li bilan amalga oshirilgan).
Tojikiston esa qirg‘iz-tojik, tojik-afg‘on chegara tahdidlari changalida. Hozircha bu “karta” Rossiyani qo‘lida turipti, agar, ertaga AQSh Afg‘onistonda tinchlik kelishuviga erishgudek bo‘lsa, u holda bu karta bilan Amerika ham o‘ynay boshlaydi.
Ma’lumki, Amerikaning O‘rta Osiyoga nisbatan strategiyasi – mintaqadan Rossiya ta’sirini siqib chiqarish va Xitoyning oldini to‘sish. Uni Rossiya bilan kurashi yuqoridagidek davom etib kelyapti. Xitoy ta’siridan to‘sish ishlariga kelsak, bunda ham bir katta xavf borligini sezish mumkin. AQSh davlat kotibi Qozog‘iston hukumatini Xitoyga qarshi turishga undagan vaqtda qozoq hukumati vakili sukut saqladi. Biroq, bu rozilik sukuti emas, balki norozilik sukuti bo‘ldi. Ya’ni Qozog‘iston hukumati Xitoyga qarshi Amerika bilan yonma-yon qadam tashlamaydigan bo‘ldi. Chunki, Qozog‘iston iqtisodi Xitoyga bog‘lanib qolgan. Qozog‘istongina emas, O‘rta Osiyodagi hamma davlatlarning ahvoli shunday. Shu sababli bu hukumatlarning birortasi ham Xitoyga qarshi hech narsa qilmaydi. Shundan kelib chiqib, Amerika bu davlatlarni Xitoydan voz kechishlari uchun turli choralarni ishga solishdan qaytmaydi. Bu choralardan biri – koronavirus…
Ko‘plab ekspertlarning fikricha, hozirgi vahimali koronavirus AQSh tomonidan ishlab chiqilgan va Xitoyni zaiflashtirish uchun ishga solingan. Agar bu haqiqat bo‘ladigan bo‘lsa, u holda bu virusni istagan tomonga tarqatish AQSh qo‘lidagi ish bo‘lib qoladi. (Bu virusni birinchi bo‘lib yuqtirganlar AQSh bilan ittifoqdosh davlatlarda qayd qilingani ham shunga dalolat qiladi). Agar Amerika O‘rta Osiyoga virus tarqatmoqchi bo‘lsa, u uchun Qirg‘iziston birinchi nishonga olinishi mumkin. Sababi, u AQShning qaxriga duch kelib turipti, shuningdek, virus undan o‘tib boshqa o‘lkalarga tarqashida Qirg‘iziston eng qulay davlat hisoblanadi.
Albatta, yuqoridagi ayrim voqealar bo‘yicha xulosalar mening shaxsiy fikrim. Ya’ni, men o‘zimdagi ma’lumotlarni bog‘lash orqali chiqargan shaxsiy xulosam. Balki, bular haqida boshqa ma’lumotlar orqali boshqacha xulosa chiqishi ham mumkin. Ulardagi qaxramon va maqsadlarning o‘rni almashib qolish ehtimoli ham bor. Biroq, bu voqealar mustamlakachilar kurashi doriasida bo‘layotgani aniq. Shuningdek, ularning qurbonlari mintaqa musulmonlari bo‘layotgani ham aniq. Bu xodisalar millatlararo janjallar bo‘ladimi yoki chegara mojarolari bo‘ladimi, fuqarolar urushi bo‘ladimi – farqi yo‘q.
Biroq, achinarlisi, musulmon xalqimizning aksari bu kurashlar haqiqatini anglay olishmayapti. Buning sababi, ular musulmonlikni yaxshi tushinmay, o‘z dinlarini yaxshi anglay olshmayotganida. Agar ular Islomni tiniq bilishganida, mustamlakachi kofirlarni afzal bilish, ularga ishonish, ularning etovida bir-biriga qilich ko‘tarish harom ekanligini bilishgan bo‘lar edi.
Shuning uchun ham musulmon xalqimiz o‘z dinlarini yaxshi o‘rganishlari va bu bilimlar asosida –barcha musulmonlarni og‘a-iniga aylantiradigan, mustamlakachi kofirlarni esa quvib chiqaradigan – Xalifalik davlatini tiklash yo‘lida fikriy-siyosiy kurash olib borishlarii vojib!
Abdulhakiym Qoraxoniy