بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Begunoh mahbuslar ikki o‘t orasida
Hizb ut-Tahrir a’zolari Halabning g‘arbiy chekkasida joylashgan Artob shahrida «Begunoh mahbuslar ikki o‘t orasida» nomi ostida namoyish uyushtirdilar. Namoyish ishtirokchilari «Mahbuslarni bombardimon ostida qoldirish qasddan qotillikka qo‘l urishdir. So‘zi yoki qarori bilan bu qottillikda qatnashganlarning barchasi Allohga ularning qoni bilan yo‘liqadi», deya yozilgan plakat ko‘tarib chiqdilar. Begunoh mahbuslar bugun xatardadir. Shahar va qishloqlarni himoya qilishga ojizlik qilgan kishi aslo mahbuslarni himoya qila olmaydi. Yana bir plakatda «Zulm qiyomat kunidagi zulmatdir… Haq so‘zni aytib qamalgan mahbuslarni ozod qilinglar», deya yozilgan.
Boshqa bir plakatda esa, Artob ahliga «Sizlar qo‘zg‘olonning g‘arbiy Halabdagi tomirisiz, sizlarning erkin ovozingiz qani?!» deya savol tashlangan. Idlibning shimoliy chekkasidagi Der Hasson qishlog‘ida ham jum’a namozidan so‘ng namoyish bo‘ldi. Namoyish ishtirokchilari Tahriri Shom hay’ati qamoqxonalaridagi nohaq qamoqqa olingan qishloq oqsoqollarini va boshqa mahbuslarni ozod qilishni talab qilishdi. Kalali shaharchasidagi Ali ibn Abu Tolib masjidi oldida bo‘lib o‘tgan namoyishda ham mahbuslarni ozod qilish hamda guruh etakchilari va xavfsizlik kuchlarini qulatish talab qilindi. Namoyishchilar o‘z shiorlari orqali «Bizning harakatimiz o‘z kuchimizni qayta tiklash va qo‘zg‘olonimiz yo‘lini to‘g‘rilash uchun tashlangan muborak qadamning boshlanishidir», deya ta’kidladilar. Jum’a kechasida ham Kalali aholisi guruh etakchilariga va ularning xavfsizlik kuchlari va hukumatlariga qarshi namoyishga chiqdi. Ayni o‘sha vaqtda Idlib chekkasidagi Atma shaharchasida ham «Shom qo‘zg‘oloni uchun Islomni hakam qilishdan boshqa najot yo‘li yo‘q», nomi ostida tungi namoyish bo‘lib o‘tgani qayd etildi.
Roya gazetasining 2020 yil 29 yanvar chorshanba kungi 271-sonidan