Vashington Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam uchun $9 mlrd. sarflagan

430
0

Vashington Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam uchun $9 mlrd. sarflagan

 AQSh “yanada barqaror va rivojlanayotgan Markaziy Osiyo yaratishni” rejalashtirmoqda. Shu bilan birga u Markaziy Osiyoning beshta mamlakatlari bilan hamkorlikni kuchaytiradi. Bu haqda AQSh davlat departamenti tomonidan 7 fevral kuni chiqarilgan mintaqaviy strategiyaga doir hujjatda aytib o‘tilgan.

“Bu, shuningdek, jahon bozorlari bilan bog‘langan, xalqaro sarmoya uchun ochiq, kuchli demokratik institutlarga ega, qonun ustvorligi amal qiladigan hamda inson huquqlariga hurmat qilinadigan manfaatlar bo‘ladi. AQSh Markaziy Osiyoning barqaror hamda xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z hissasini qo‘shadi”, — deyiladi departament xabarida.

 AQSh shu paytgacha mintaqa uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri 9 mlrd. dollar sarflagan. AQSh yordami bilan xalqaro moliyaviy institutlar 50 mlrd. dollar ajratgan. Xususiy sektor orqali esa 31 mlrd. dollar kirgan.

 Izoh: AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo 1-3- fevral kunlari Markaziy Osiyodagi ikki etakchi davlat –Qozog‘iston va O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi AQSh mintaqada faol ishitrok etishga bo‘lgan jiddiy qadamlardan biri bo‘ldi. Pompeo safari mobaynida Qozog‘istonga AQSh kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirishni taklif qilgan bo‘lsa, o‘zbek hukumatini amalga oshirayotgan  islohotlarini qo‘llab-quvvatlashini va bu yo‘lda ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum  qildi. Shuningdek, Pompeo Qozog‘istonni Xitoyga Shinjon viloyatida musulmonlarni siquvga olayotgani uchun bosim o‘tkazishda Vashingtonga qo‘shilishga chaqirdi.

 O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlari Xitoy bilan emas, AQSh bilan tijorat qilishi foydaliroq bo‘lishini muhokama qildi.

 “Ularning uzun chegaralari bor, ular Xitoy va Rossiya ta’siri bor mintaqada joylashgan. Biz ular bajarishini xohlayotgan, Amerika bu erda qilayotgan ish ularning to‘g‘ri qarorlar qabul qilish qobiliyatini, qonunlar asosida shaffof boshqaruvga erishishini qo‘llab-quvvatlashdir”, -dedi davlat kotibi.

 “Biz ularga Amerika sarmoyasining afzalliklarini qayta-qayta eslatyapmiz va Xitoy kabi siyosiy maqsadlarni ko‘zlab shartnoma tuzadigan “homiy-davlat”lardan ogohlantiryapmiz”, – dedi Maykl Pompeo.   

 Demak, AQShning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasida ustuvor yo‘nalish – mintaqa davlatlarini imkon qadar Rossiya va Xitoy ta’siri ostidan chiqarib olishga qaratiladi. Buning uchun esa Amerika Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va mintaqa davlatlarini “jahon bozoriga olib chiqish” bahonasi bilan tabiiy boyliklarni tashib chiqib ketish uchun alьternativ yo‘l ochishi kerak bo‘ladi.  

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.