Pampeo Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar va’zirlari bilan uchrashdi

409
0

Pampeo Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi ishlar va’zirlari bilan uchrashdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pampeo 3 fevral kuni Markaziy Osiyoning 5 davlat TIVlari bilan Toshkentda yig‘ilish o‘tkazdi. «5+1» formati ostida o‘tgan navbatdagi rasmiy uchrashuv oldidan Pampeo Ukraina, Belorusiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat rahbarlari bilan uchrashib, ularni Xitoyning Uyg‘urlarga va Markaziy-Osiyo mamlakatlariga karata olib borayotgan ekspansiyasini oldini olishga, shuningdek Rossiyaning ushbu davlatlardagi ta’sirini zaiflashtirish strotegiyasiga hamkorlik ko‘rsatishga chaqirdi. U O‘zbekistonning Afg‘onistonda olib borayotgan integratsiyalik ishlarini quvvatlab, Afg‘oniston bilan savdo aloqalarini kuchaytirish uchun 1 million dollar ajratdi, bir qancha Musulmon Qozoq millatiga mansub Xitoy fuqorolarini Xitoy hokimiyatiga topshirib yubormagani uchun Qozog‘istonga minnatdorchilik bildirdi.

Demak AQShning Markaziy Osiyodagi strotegiyasi mamlakatlarni Xitoyga qarshi yo‘naltirishga shuningdek Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish orqali mintaqani Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy mustamlaka ta’siri ostidan olib chiqishga qaratilgan.

Pampeo Qirg‘izistonga kirib o‘tmadi. Siyosatchilar va siyosiy-tahlilchilar AQShning bu e’tiborsizligini har xil talqin qilishayapti. Avvalroq AQSh Qirg‘iziston fuqorolariga nisbatan viza cheklovi kiritgan edi. 3-fevral kuni “sputnik” sayti Qirg‘izistonga diplomatik pochta bilan aeropotdan 60 million chamasida dollar olib kirilgani haqida xabar tarqatdi. «5+1» tashkilotining navbatdagi uchrashuvi, Janar Akaev bosh bo‘lgan KLDP nomi bilan yangi g‘arbparast partiyani ochilish marosimi va saylov oldidan G‘arbparast kuchlarni qo‘llab yuborish maqsadida olib kirilgani gumon qilinayotgan 60 million dollar pul vahimasi, shularning barchasi bir kunda ro‘y berdi.

AQShning Qirg‘izistonga nisbatan pozitsiyasi salbiy tomonga o‘zgarib boryapti. Shunga ko‘ra, AQShning Qirg‘iz hokimiyatidan noroziligini Rossiyaning zaiflashib borayotgani bois mintaqada paydo bo‘layotgan siyosiy, iqtisodiy bo‘shliqlarni Xitoy orqali to‘ldirib borayotgani bilan izohlashimiz mumkin. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, AQSh Qirg‘izistonga alohida yangicha siyosiy strotegiya tuzgan ko‘rinadi.

Oxirgi vaqtlarda Qirg‘izistonda G‘arbparast mafkuraviy quvvat kuchayib boryapti. Hokimiyat va siyosiy doira toboro zaiflashib, navbatdagi hokimiyat ag‘darilishi uchun qulay vaziyat paydo bo‘lib borayotgandek ko‘rinyapti. Lekin kutilayotgan davlat ag‘darish yangi (G‘arbcha) dunyoqarashga asoslanib, avvalgilardan tubdan farq qiladi. Avvalgi qo‘zg‘alonlar rossiyaparast siyosiy doira ichida hokimiyat almashuvi asosida olib borilgan bo‘lsa, kutilayotgan o‘zgarishlar Ukraina varianti singari yangi siyosiy elitani paydo qilish va avvalgilarni siyosiy maydondan chetlatib yuborish bilan amalga oshirilishi kutiladi.

Demak, AQShning Markaziy Osiyodagi strotegiyasi – Rossiya zayiflashib xalqaro siyosatdan qulab borayotgan bir paytda, mintaqadagi davlatlar Xitoy integratsiyasini kuchaytirib, unga mustamlaka bo‘lib borayotganini oldini olish asosiga qurilgan. Shuningdek u Xitoy va Rossiyaga qarshi mintaqadagi barcha strotegik imkoniyatlardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqchi.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.