Chovusho‘g‘li o‘zining rejimi kabi Shom qo‘zg‘olonini aldab, unga tuzoq qo‘ymoqda

405
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Chovusho‘g‘li o‘zining rejimi kabi Shom qo‘zg‘olonini aldab, unga tuzoq qo‘ymoqda

Sharqul Avsat veb-sayti (hijriy 1441 yil 22 jumodul-avval, milodiy 2020 yil 17 yanvar juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deydi:

«Kecha Turkiya tashqi ishlar vaziri Chovusho‘g‘li o‘z bayonotida Idlibdagi so‘nggi voqealar rivoji haqida gapirar ekan, Suriyadagi siyosiy jarayonda o‘t ochishni to‘xtatishning g‘oyat ahamiyatli ekanini ta’kidladi. U shuningdek, muxolafat rejim hujumlaridan o‘zini o‘zi mudofaa qilishi lozim, dedi.

Chovusho‘g‘li – Suriya rejimining kasalxonalar, maktablarni bombalash orqali ko‘plab oddiy insonlarni o‘ldirib, u erdagi odamlarni uy-joylarini tashlab chiqishga majbur qilganini, bu rejim Idlibda harbiy echimga erishishga ishonayotganini, aytib o‘tdi».

Roya gazetasi sharhi:

Chovusho‘g‘lining Suriyadagi turk rejimiga moyil jangchi guruhlarni o‘zlarini himoya qilishlari lozimligi haqidagi bu gaplari nasihat qilishdan boshqa hech narsa qilolmay qolgan mehribon kishining gapi emas. Yo‘q, aksincha, bu gap Suriyadagi xalq harakatiga qilingan tahdiddir hamda siyosiy echimning bir qismi sifatida, odamlarni yo‘llarni ochishga majbur qilishga qaratilgan bosimdir. Bu gap jangchi guruhlarni o‘zlarini mudofaa qilishga rost chaqiriq emas. Chunki guruhlar bunga qodir bo‘lsalar-da, biroq hamon istak-irodalari turk rejimi tomonidan tortib olingan. Agar vazirning mudofaa chaqirig‘i rost bo‘lganda edi, mudofaaning eng yaxshi vositasi Sohilga hujum qilishdir va buni hamma biladi.

Shubhasiz, Chovusho‘g‘lining bu gaplari qator manyovrlardan biri bo‘lib, u Sochi natijalarini tatbiq qilish sari tashlanayotgan siyosiy qadamlar sirasiga kiradi.

Echim – Allohga qayta bog‘lanish hamda boshqa aloqalarni uzib tashlashdadir. Qolaversa, barcha xolis insonlarni xolis harbiy etakchi ostiga jamlab, o‘z qarorlariga o‘zlarini ega qilish bilan bo‘ladi. Bu xolis etakchi, bizning islomiy aqidamizdan balqib chiqqan siyosiy loyihani qabul qilib, qo‘zg‘olonga qonxo‘r rejimni qulatish va o‘rniga Islom boshqaruvini, ya’ni, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish sari etakchilik qiladi.

Roya gazetasining 2020 yil 22 yanvar chorshanba kungi 270-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.