بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
«Kuala-Lumpur Islom sammiti 2019»ning siyosiy voqeligi hamda uning ochiq va yashirin maqsadlari
Doktor Faraj Mamduh
Bu sammit Malayziya bosh vaziri Mahathir Muhammad chaqirig‘i bilan 2019 yil 18-21 dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Musulmon yurtlaridagi muammolarni yoritish va ularga echim ishlab chiqish ko‘zlangan ushbu sammitda Malayziya, Turkiya, Qatar, Pokiston va Indoneziyadan iborat besh davlatning qatnashishi kutilgan edi. Ammo Saudiyaning bosimi bilan Pokiston va Indoneziya qatnashmadi.
Sammit ilk bor 2014 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, bu galgisi ikkinchi bor o‘tkazilishi. Sammitdan islomiy yurtlar duch kelayotgan muammolarni muhokama qilish va yangi echimlar topish, shuningdek, musulmonlarning, umuman, musulmon yurtlarining ahvolini yaxshilash maqsad qilingani aytiladi.
Shu bilan birga, sammitdan dunyo bo‘ylab barcha musulmon ulamolari va mufakkirlarini birlashtirish va Islom hazoratini tiklash ham ko‘zlangan bo‘lib, unda 53 davlatdan 400ga yaqin vakillar qatnashdi.
Xo‘sh, Kuala-Lumpurda o‘tkazilgan bu sammit aslida qanday, uning peshonasiga omad yozilganmi yoki u ham Malayziya va butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilib kelayotgan minglab omadsiz sammitlarning birimi?! Masalan, Islom Hamkorlik Tashkiloti, Harbiylikka Betaraflik harakati, Arab davlatlari Ligasi va boshqa xalqaro tashkilotlarning Islom Ummati boshdan kechirayotgan muammolarni hal qilishdagi omadsizliklari kabi. O‘tgan shuncha sammitlar va xalqaro tashkilotlar Ummat muammolarini aniqlab, hal eta oldimi?! Ular hal etolmagach, endi bunday zaif sammitga va undagi ma’ruzalarga nima hojat? Bu sammitning ortida e’lon etilmagan maqsadlar yotibdimi? Uning siyosiy voqeligi nima?
Sammitda qatnashayotgan yoki undagi asosiy davlatlar voqeligining o‘zi sammitning musulmon yurtlarida ehtimolli o‘zgarish qilishga yoki muammolarini hal etishga qodir emasligini ko‘rsatib turibdi. Chunki bu davlatlarning barchasi siyosiy jihatdan olganda, deyarli siyosiy irodaga ega emaslar. Chunki ular yo biror davlatga tobe davlat, Qatar kabi yoki biror davlatning ta’siri ostidagi davlatdir, Turkiya va Malayziya kabi. Shunday bo‘lgach, bu davlatlardan o‘zi tobelik qilayotgan yoki ta’sirlanayotgan o‘sha davlatlarning ta’sirisiz biror tashqi siyosiy ishlarni bajara olishlarini kutish mumkinmi?!
Keyin, bu davlatlar islomiy yurtlardagi muammolar va masalalarni hal qilishga tashabbus ko‘rsatayotgan bo‘lsalar-da, biroq, Falastin, Kashmir, Iroq, Afg‘oniston, Suriya, Checheniston, Bosnya, Mьyanma, Somali kabi davlatlardagi musulmonlarning eskiyu yangi va qonli masalalarini bir marta bo‘lsa ham hal qilishganini ko‘rmadik. Aksincha, bu davlatlar muammoning echimi emas, balki muammoning bir qismi bo‘lib kelishyapti. Hatto ular musulmonlar muammolari va inqirozlarida mustamlakachi davlatlar foydasiga sherik bo‘lishyapti. Masalan, sammitga kelmagan Pokiston Kashmir va Afg‘oniston masalasida, Turkiya bilan Eron Suriya masalasida mustamlakachilarga sherikdir. Yoki Qatar kabi davlatlar musulmonlarning qatli om qilinishga va azob-uqubatlar chekishiga miq etmay, qo‘l qovushtirib qarab turishibdi… Yahudiylar vujudi bilan munosabatlarni normallashtirib, iqtisod va neftь sohasida bevosita yoki bilvosita aloqa o‘rnatib yotishibdi.
Mana, Erdogan shu yil Xitoyga borganida uyg‘urlar masalasini bu davlatning chiki ishi, dedi-ku?!
Shuning uchun va yuqoridagi faktlarga binoan, ongli musulmon kishi bu kabi sammitlarga shubha bilan qaraydigan va bularning ortidagi asl maqsad nima, deya o‘ylaydigan bo‘lib qoldi.
Bu davlatlarning bu kabi sammitdan maqsadlari, o‘zlarining haqiqiy burchlarini bajarishmayotganini yashirish emasmi, axir, mustamlakachilarning Islom va musulmonlarga qarshi hamlalari qarshisida o‘z armiyalarini harakatga keltirib, Ummatning mazlum farzandlariga nusrat-yordam berish ularning burchiku?!
Yoki Islom davlati orqali islomiy hayotni qayta boshlashga bo‘lgan hayqiriqlar va talablardan chalg‘itib, yangicha islomiy qo‘llab-quvvatlovni topishmoqchimi?! Yoki islomiy deya da’vo qilingan bunday sammitlardan islomiy yurtlardagi harakatlar, partiyalar, ulamolar, mufakkirlar va faollarni jilovlash maqsad qilinganmi? Ular ushbu davlatlarni tamsil etgan oddiy musulmonlarga to‘g‘ri kelmaydi degan bahona bilan ularga barham berish oson bo‘lishi uchun ularni mo‘’tadilga va ekstremistga ajratish ko‘zlanganmi?
Bu kabi sammitlar ortida shu va boshqa ko‘plab yovuz maqsadlar yashiringan bo‘lib, ularni o‘rganmoq, fosh qilmoq va ulardan ehtiyot bo‘lmoq lozim. Haqiqatdan, ham yurtlarimizda sammitlar qalashib ketdi, ammo musulmonlarga keltirgan narsasi faqat yomonlik va vayronagarchilik bo‘lmoqda. «Terrorizm»ga qarshi kurash sammiti bilan keskinlik bo‘roni bunga yaqqol misoldir.
Roya gazetasining 2020 yil 1 yanvar chorshanba kungi 267-sonidan