Hizb ut-Tahrir Sudan viloyati rasmiy notig‘ining «Konstantinopol fathi» nomli konferentsiyada so‘zlagan nutqi

497
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir Sudan viloyati rasmiy notig‘ining «Konstantinopol fathi» nomli konferentsiyada so‘zlagan nutqi

Yaratish ishida maqtovga sazovor, qo‘shinlari g‘olib, martabada ulug‘, zo‘ravonlarni sindiruvchi, gerdayganlarni xorlovchi va bir ozdan keyin bo‘lsa-da, mo‘minlarga yordam beruvchi Allohga hamd bo‘lsin…

Olamlarga rahmat qilib yuborilgan, mujohidlar imomi, avalgiyu oxirgilar sayyidi bo‘lgan Payg‘ambarimizga, U Zotning oilasi va ashoblariga, qiyomatgacha U Zotga ergashganlarga Allohning salotu salomi yog‘ilsin…

Hurmatli mehmonlar, sizlarga Allohning salomi, marhamati va barakoti bo‘lsin…

Biz habibimiz Muhammad ﷺning:

«لَتُفْتَحَنَّ الْقُسْطَنْطِينِيَّةُ فَلَنِعْمَ الْأَمِيرُ أَمِيرُهَا وَلَنِعْمَ الْجَيْشُ ذَلِكَ الْجَيْشُ»

«Albatta Konstantinopol fath etiladi, uning amiri naqadar yaxshi amir va uning qo‘shini naqadar yaxshi qo‘shindir», deya aytgan bashoratlaridagi Konstantinopol fathi xotirasini qayta jonlantirar ekanmiz, maqsadimiz ushbu xotira haqida chaynalish emas. Balki maqsad himmatni oshirish va rijollarni uyg‘otishdir. Xususan, Islomiy Xalifalik davlati soyasida aziz va g‘olib bo‘lganlari ortidan musulmonlarning ayni paytda tushib qolgan xorlik holatidan bedor bo‘layotgan rijollarni uyg‘otishdir. Zero, Xalifalik davlati dinni himoya qildi, Islom va musulmonlar daxlsizligini saqladi, barcha xalqlar orasida adolat va rahmatni yoydi hamda odamlarni kufr va shirk zulmidan Islomning yorqin nuriga chiqarish uchun harakat qildi. Xalifalik qulaganda esa, musulmon yurtlar taqsimlandi. Oldin boshqaruv, siyosat, iqtisod va boshqa sohalarda Allohning kitobi, Rosulining sunnati, ijmo’ va qiyos murojaat qilinadigan asos bo‘lgan bo‘lsa, endi esa yurtlar ilmoniy kapitalistik nizomlar bilan boshqariladigan bo‘ldi. Balki ruvaybiza hokimlar davrida mustamlakachi kofir musulmonlar taqdirini hal etadigan xo‘jayinga aylandi. Chunki ruvaybiza hokimlar Ummatning ishini va musulmon yurtlar ishini to‘la kofir mustamlakachiga topshirib qo‘yishdi. Natijada, musulmonlar aziz va g‘olib bo‘lganlaridan keyin xor va jirkanch ahvolga tushib qoldilar.

Biz Payg‘ambarimiz ﷺ va U Zotdan keyingi xalifalar davridagi holatga qaytishimiz uchun Islom asosidagi saltanatimizni qayta tiklashimiz va la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh bayrog‘i ostida yurtlarimizni birlashtirishimiz lozim. Chunki Islom – Islom va musulmonlar ustidan hukmron bo‘lish uchun mustamlakachi tomonidan paydo qilingan milliy davlatchalarda tatbiq qilinmaydi. Musulmonlarning shar’iy davlati Xalifalik davlatidir va u vatanparvarlik yoki millatchilik yoki boshqacha davlat emas. Voqe Islomni bu davlatchalarda barcha nizomlari bilan to‘liq tatbiq qilib bo‘lmasligini ko‘rsatib turibdi. Ayrim islomiy harakatlar buni tajribada sinab ko‘rishdi. Lekin muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi. Chunki bu yo‘l Payg‘ambarimiz ﷺning Islom saltanatini tiklashdagi tariqatlariga ziddir.

Islomiy Xalifalik davlatini tiklash tariqati bir nechta emas, balki yagonadir. U ham bo‘lsa, Payg‘ambarimiz ﷺning Madinai Munavvarada birinchi davlatni tiklashda yurgan tariqatlaridir. Zero, u zot aniq bosqichlarni bosib o‘tdilar va ushbu farzni tiklash uchun musulmonlar boshqa yo‘llardan foydalansa bo‘ladi demadilar. Shuning uchun Hizb ut-Tahrir birinchi kunidan bugungacha mana shu tariqatni mahkam tutib keldi. Holat va sharoitlar qanchalik o‘zgarmasin, bu tariqatdan zarracha og‘ishmadi. Chunki Hizb Ummat bilan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklash orqali islomiy hayotni qayta boshlashdek g‘oyasiga etgunicha mana shu tariqatda sabot bilan harakat qilmoqda.

Albatta Hizb ut-Tahrir habibimiz Muhammad ﷺ yurgan bosqichlarni bosib o‘tar ekan, Allohning fazli bilan o‘sha bosqichlarni to‘la bosib o‘tdi. Bugun u uchinchi bosqichning oxirida turibdi. U ham bo‘lsa, Xalifalik jamoatchilik fikriga aylanganidan keyin, quvvat va himoya ahli orqali boshqaruvni qo‘lga olishdir. Ummat bugun Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tiklanishi orqali otadigan tongni kutmoqda.

Biz ushbu minbardan turib, barcha musulmonlarni, xususan ulamolar va islomiy da’vat maydonida faoliyat qilayotgan kishilarni bizga yordam berishga chaqiramiz. Toki, kuch va himoya ahli Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni tiklash orqaligina bo‘ladigan islomiy hayotni qayta boshlashga butun Ummat ahd qilganini ko‘rsin.

Shuningdek, ushbu yurtdagi kuch va himoya ahlidan Ummatni mustamlakachi kofirga tobelikdan xalos etishda Hizb ut-Tahrirga yordam berishlarini so‘raymiz. Shunda Alloh ansorlardan rozi bo‘lganidek, ulardan rozi bo‘ladi. Zero, ansorlar Rosululloh ﷺga bay’at qilib, nusrat berishgan. Rosululloh ﷺ ularning yordamida butun insoniyatning saodatli bo‘lishiga sabab bo‘lgan birinchi Islom davlatini qurdilar. Alloh Taolo aytadi:

 وَالسَّابِقُونَ الْأَوَّلُونَ مِنَ الْمُهَاجِرِينَ وَالْأَنْصَارِ وَالَّذِينَ اتَّبَعُوهُمْ بِإِحْسَانٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِي تَحْتَهَا الْأَنْهَارُ خَالِدِينَ فِيهَا أَبَداً ذَلِكَ الْفَوْزُ الْعَظِيمُ

«Muhojir va ansorlarning birinchi peshqadamlari va ularga chiroyli amallar bilan ergashgan zotlar — Alloh ulardan rozi bo‘ldi va ular ham Undan rozi bo‘ldilar. Yana (Alloh) ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy qoladigan jannatlarni tayyorlab qo‘ydi. Mana shu buyuk baxtdir» [Tavba 100]

Biz sizlarni dunyodagi azizlik va oxiratdagi sharafga chaqiramiz. Ehtimol Alloh Taolo Rosululloh ﷺning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tiklanishi haqidagi bashoratlarini sizlar orqali ro‘yobga chiqarar va sizlar ushbu ulug‘ sharafga ega bo‘larsizlar. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik islomiy hayotni qayta boshlash, ichkarida Islomni tatbiq qilish va uni tashqariga olib chiqishning yagona yo‘lidir. Shuningdek, u boshqa bashoratlar, ya’ni muborak zamindan yahudiylarni quvib chiqish va Rimni fath qilish kabi bashoratlarni ro‘yobga chiqarishning yagona va shar’iy yo‘lidir.

 لِمِثْلِ هَذَا فَلْيَعْمَلِ الْعَامِلُونَ

«Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!» [Soffat 61]

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.