Xitoyda koronavirus vahimasi ortib bormoqda
“Ozodlik” tarqatgan xabarga ko‘ra, Xitoy rasmiylari yangi koronavirus tez tarqalayotgani, virusni yuqtirib olganlar soni oshig‘ich oshib borayotgani haqida bildirmoqdalar. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda virusga chalinganlar soni 2300 nafardan oshib ketgan, 80 kishi esa nobud bo‘lgan.
Xitoy sog‘liqni saqlash vaziri Ma Syaovey 26 yanvarь kuni mamlakat “kritik bosqich”ga kirayotgani, chunki “aftidan, yangi virusning tarqalish imkoniyati kuchayayotgani” haqida bayonot berdi.
Virus yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar boshqa mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lim holatlari faqat Xitoydagina qayd etilgan. Biroq Tailand, Avstraliya, AQSh, Kanada va Frantsiyada virusga chalinganlar soni ortib borayapti. AQSh, Frantsiya va Yaponiya o‘z fuqarolarini shahardan evakuatsiya qilishga tayyor ekanlarini bildirganlar.
Prezident Si Tszinpin 25 yanvarь kuni Xitoy “yangi koronavirusning tez tarqalishi bilan bog‘liq jiddiy vaziyat bilan qarama-qarshi qolgani”ni aytgan. Avvalroq mamlakatdagi bir necha shahar yopib qo‘yilgani, jamoat transporti va aviaqatnovlar to‘xtatilgani haqida xabar qilingan.
Izoh: Butun dunyo kapitalistik boshqaruv sistemasining asosi bo‘lgan moddiy manfaat ostida toboro tubanlashib borayapti. Har bir tarmoq, jumladan sog‘liqni saqlash tarmog‘i ham, faqat moddiy asoslarga qurilgan.
Insonning salomatligi Farmatsevtika sanoatining tijorati uchun asosiy daromad manbai bo‘lib qoldi. Dori-darmon va meditsina jihozlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining taraqqiyoti yoki inqirozi odamlar uchrayotgan yangi yoki eski kasalliklar turi va ko‘lamiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ya’ni u kompaniyalarning moliyaviy farovonlikgi odamlarning kasallikka chalinish ko‘lamiga bog‘lanib qolgan. Bu esa, insoniyat uchun o‘ta xatarli holat bo‘lib, kapitalistik boshqaruv tizimining noto‘g‘ri asoslarga qurilganidan darak beradi.
Xitoydagi “koronavirus” nomi bilan tarqab borayotgan yangicha kasallik haqida gapirayotib, milliarddan ortiq aholisi bor mamlakatda 80 nafar odam o‘lganini vahima qilishyapti. Vaholangki olamiy Farmatsevtika kompaniyalarining sifatsiz dori darmonlari kasofatidan minglagan balki millionlagan odamlar halok bo‘lishyapti yoki bir kasaldan vaqtincha qutilib ikkinchi yangi kasallikka chalinishyapti. Chunki bu kompaniyalar – inson salomatligini kafolatlashni maqsad qilishgan emas, balki aksinsa kasalliklarni o‘z farovonliklari uchun daromad manbai qilib belgilab olishgan.
Farmatsevtika kompaniyalarini o‘z yurtlariga kiritayotgan davlat rahbarlari ham, o‘z fuqorolari salomatligini saqlashda faqat moddiy manfaatni asos qilishadi. Shundan kelib chiqib ayta olamizki, formatseptika kompaniyalari ham, ularni boshqarib kelayotgan kapitalistlar ham, ustilarimizda hukm yuritib borayotgan davlat rahbarlarimiz ham, faqat moddiy manfaat asosida ish yuritashadi.
Demak, hech bir mamlakat yoki mintaqa yirik olamiy kompaniyalarning manfaati yoki etakchi davlatlarning olamiy siyosatidagi manfaati yo‘lida odamlarni qirib yuboradigan viruslar tarqatib yuborish xavfidan holi emas! Biz “ular ustimizda va xalqaro siyosatda hukm yuritishda Allohdan qo‘rqib, biror insoniy qiymatni e’tiborga olgan holda biror nojo‘ya ishga jurat qila olishmaydi” deb ayta olmaymiz! Ular bir birlaridan dunyo talashayotib, odamlarni qurol yoki o‘lja sifatida ishlatishadi. Ommaviy qirg‘inlar, qo‘poruv amaliyotlari, urushlar, bularning barchasi xalqaro siyosatning iflos boshqaruv sistemasi kasofatidan kelib chiqyapti! Muammo faqat boshqaruv sistemasining noto‘g‘ri asoslarga qurilganidadir!
Abdurazzoq Mo‘’min