“Tolibon” tez kunlarda AQSh bilan tinchlik bitimi imzolashi mumkin

573
0

“Tolibon” tez kunlarda AQSh bilan tinchlik bitimi imzolashi mumkin

Afg‘onistondagi “Tolibon” harakati yanvar oxiriga qadar AQSh bilan tinchlik bitimi imzolashi mumkin, dedi toliblar vakili Suhayl Shahin Dawn gazetasiga bergan interv’yusida.
“Bitim loyihasi tayyor. Hal qilish kerak bo‘lgan yagona narsa tinchlik bitimini imzolash sanasi. Bitimni kechi bilan shu oy oxiriga imzolaymiz degan umiddamiz”, – dedi u.
Avvalroq “Assoshieyted Press” agentligi “Tolibon” harakati a’zolari AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodga Afg‘onistonda yetti kundan o‘n kungacha muddatga vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish taklif etilgan hujjatni taqdim etganini xabar qilgandi.
Shahin shuningdek, toliblar “xorij qo‘shinlari mamlakatdan bemalol chiqib ketishi uchun harbiy operatsiyalar miqyosini kamaytirgani”ni aytdi.
Izoh: Amerikada chiqadigan Fordes jurnali 2016 yil 9 yanvar kungi sonida “Afg‘onistondagi urush AQShga bugunga qadar bir trillion yetmish milliard dollarga tushdi hamda 2400dan ziyod halok bo‘lgan amerikalik harbiylarni, o‘n minglab jarohatlanganlarni, doimiy majruh va nogironlarni olib keldi. Shuncha ko‘rilgan insoniy va moliyaviy ziyonga qaramay, Amerika Tolibon harakatini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lolmadi”, deb yozgan edi.
Darhaqiqat, afg‘on urushi Amerika tarixidagi eng uzoq davom etgan va eng ko‘p mablag‘ sarflagan urush bo‘ldi. Ammo shuncha yo‘qotish va talofatlar ham AQSh ko‘zlagan maqsadga olib bora olmadi. Shundan so‘ng Amerika Tolibon harakatini o‘zining iflos changali – siyosiy muzokaralar tuzog‘iga tushirish yo‘llarini izlay boshladi. Bu maqsadda u Tolibon harakati uchun Dohada ofis ochib berishga ham rozi bo‘ldi. Afg‘onitondagi havo hujumlarining asosiy nishoni AQSh bilan muzokaralarga qarshi bo‘lgan Tolibon yetakchilari bo‘ldi…
Amerikaning tinchlik jarayoni aslida Tolibon harakatini zaiflashtirish, bo‘lib tashlash va taslim etishga qaratilgan siyosiy makrdan boshqa narsa emas. Shu yo‘l orqali Amerika afg‘on urushi davomida boy berib kelgan mag‘lubiyatlarini g‘alabaga aylantirmoqchi. Afsuski, Tolibon harakati o‘zining haqiqiy quvvati bo‘lgan harbiy kurashdan asta sekin voz kechib, Amerika tuzog‘iga ushib borayotganini anglab yetmayapti.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.