Tahriri Shom hay’atining xavfsizlik xizmati bostirish va og‘izlarni yopishdan to‘xtamayapti

440
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tahriri Shom hay’atining xavfsizlik xizmati bostirish va og‘izlarni yopishdan to‘xtamayapti


Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi raisi ustoz Ahmad Abdulvahhob quyidagilarni bayon qildi:
«Tahriri Shom hay’ati xavfsizlik xizmati xodimlari Shimoliy Idlib yaqinidagi Killi shaharchasida Hizb ut-Tahrir a’zolaridan biri Inod Ja’bor Abu Ammorni qamoqqa olishdi. Abu Ammorning yo‘liga pistirma qo‘yib, jum’a namoziga ketayotgan paytda unga qarata o‘q uzishdi… so‘ng yaralangandan so‘ng olib ketishdi». Ustoz qo‘shimcha qildi:
«Tahrir Shom hay’ati xavfsizlik xizmati bostirish va og‘izlarni yopishdan to‘xtamayapti. Bundan bir necha oy oldin ham Hizb ut-Tahrir a’zolari va mintaqadagi taniqli kishilardan bir nechtasini qamoqqa olgan edi. Qamoqqa olingan yigitlarning shaxsiy mulklarini hamda Hizb radiosining asbob-uskunalarini musodara qilishgan». Hizb ut-Tahrirning Suriyadagi markaziy aloqalar qo‘mitasi raisi Abdulhamid Abdulhamid ham quyidagilarni ta’kidladi:
«Biz Maarratu No‘mon sharqida Tahriri Shom hay’atiga qarashli xavfsizlik xodimlarining Suriya tog‘uti bilan musobaqalashayotganini ko‘rib turibmiz. Bu ikkisi o‘rtasidagi farq shuki, Suriya tog‘uti odamlarni o‘ldirishni yoki qamoqqa olishni ularning jum’a namozini o‘qib chiqqanlaridan so‘ng sodir etayotgan bo‘lsa, haya’t xavfsizlik xizmati odamlarga pistirma qo‘yib, juma namozi o‘qishlaridan oldinoq qamoqqa olyapti. Shubhasiz, Tahriri Shom xizmati xodimlari ozod etilgan yerlarda baaschi rejim xodimlarining manfur jinoyatlarini davom ettirishyapti. Jinoyatkor rahbarlar dushman chegaralariga mujohidlardan qo‘riqchilar tayinlab, ularga o‘sha mintaqalarni dushmanga topshirishni buyuryapti… o‘z josuslarini yuborib, yer yuzida buzg‘unchilik tarqatishmoqda». O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrirning Suriyadagi markaziy aloqalar qo‘mitasi a’zosi Nosir Shayx Abdulhay ham quyidagilarni ta’kidladi:
«Tuhriri Shom hay’atining jinoyatchi xavfsizlik xodimlarining bunday qilmishlari oldida ushbu hay’atning har bir a’zosi ikki variantdan birini tanlashlari kerak bo‘lib qoldi: Birinchi variant, Ummat va uning talablari tomoniga o‘tish, ikkinchisi, o‘z jinoyatchi xavfsizlik xodimlari qilmishlariga sukut qilish bilan ularning jinoyatlariga sherik bo‘lish».
Roya gazetasining 2020 yil 8 yanvar chorshanba kungi 268-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.