Haqiqiy o‘zgarish mustamlakachi kofir G‘arbni yurtlarimizdan quvib solinmaguncha aslo ro‘yobga chiqmaydi

479
0

Haqiqiy o‘zgarish mustamlakachi kofir G‘arbni yurtlarimizdan quvib solinmaguncha aslo ro‘yobga chiqmaydi


Sudan hukumati avvalgi rejim yo‘lidan borib, 2020 yil byudjetini yurtdagi oddiy xalq hamyonidan moliyalashtirishga o‘tdi. Vazirlar Mahkamasining favqulodda yig‘ilishi ortidan Axborot vaziri 2020 yil byudjetini muhokama qilingani to‘g‘risida bayonot berib, «benzin va gazdan qo‘llab-quvvatlovni bosqichma-bosqich bekor qilishga byudjet tomonidan qaror qilgan»ini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot bo‘limi o‘z bayonotida byudjet raqamlarini ko‘rib chiqib, quyidagilarni ta’kidladi:
«Yurt boshdan kechirayotgan qashshoqlik va zulmning qanchalar darajada ekanini ko‘rsatib turgan ushbu byudjetdagi raqamlar haqiqatdir. Ushbu haqiqat insonni hurmat qiladigan va undan zulm, qashshoqlikni bartaraf etadigan mabdaiy mafkura asosida muammolarni hal qilish lozimligini ko‘rsatmoqda. Shubhasiz, bunday yechim Islomni to‘la tatbiq qilib, insonlar hamyoniga hargiz qo‘l cho‘zmaydigan g‘amxo‘r davlat soyasida amalga oshadi». Bayonotda yana shunday qo‘shimcha qilinadi:
«Bunday dahshatli qimmatchilikning asosiy sababi soliqlar va bojxona to‘lovlaridir. Chunki bu narsa insonlar molini nohaq yeyish bo‘lib, shar’an harom hisoblanadi. Qo‘llab-quvvatlov, degan narsaning qandayligini izohlab turgan bu raqamlarga kelsak, shubhasiz, moliya vaziri va uning hukumati bilib qo‘yishsinki, ayni qo‘llab-quvvatlov moli ularning uyidagi yoki ota-onalarining uyidagi mol emas. Balki u fuqaroning moli bo‘lib, aslida, ularning ishlarini boshqarish yo‘llariga sarflanmog‘i lozim». Bayonotda quyidagilar ta’kidlandi:
«Muvaqqat hukumat yurt iqtisodiyoti muammolarini kapitalistik sistema doirasidan tashqarida hal qilish lozimligi haqida o‘ylamadi, bunday mafkura unda umuman yo‘q edi. Shuning uchun eski rejim mafkurasining davomchisi o‘laroq, bu hukumat ham yechimni krizis chakalakzorlaridan izlamoqda va bunda Xalqaro Valyuta Fondi ko‘rsatmalariga to‘la amal qilmoqda!». Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati o‘zining matbuot bayonotini quyidagi so‘zlar bilan tamomladi:
«Haqiqiy o‘zgarish mustamlakachi kofir G‘arb va uning tashkilotlarini o‘lkalarimizdan quvib solinmaguncha aslo ro‘yobga chiqmaydi. Buning uchun avvalo, xalqaro tashkilot va elchixonalar tomonidan boshqarilayotgan anavi hukmdorlarni fosh etmoq darkor. Shubhasiz, biz o‘zining er kishilari, ayollari va boyliklari bilan badavlat Ummatmiz. Bundan tashqari, biz islomiy fikrlarimiz bilan va shar’iy qonunchilik xazinamiz bilan hamma ummatlardan boymiz. Chunki bu fikrlar va shar’iy qonunchilik manbai vahidir. Shuning uchun ham biz musulmonlarni mustamlakachi kofir G‘arb va uning tashkilotlariyu qonunlaridan ozod etadigan, G‘arbga yalinmasdan o‘z energiyasidan oqilona foydalanadigan mabdaiy davlatni barpo etishga qodirmiz. Shunday ekan, sizlarni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun harakat qilishga da’vat etamiz. Chunki haqiqiy o‘zgarish va rivojlanishga faqat ushbu davlat kafildir.
Roya gazetasining 2020 yil 8 yanvar chorshanba kungi 268-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.