Putin Hizb ut-Tahrirga tuhmat qildi

409
0

Matbuot bayonoti

Putin Hizb ut-Tahrirga tuhmat qildi

2019 yil 10 dekabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hizb ut-Tahrir xalqaro islomiy partiyasi haqida birinchi marta ommaviy bayonot bilan chiqish qildi. U inson huquqlari kengashi yig‘ilishida taniqli advokat Yuriy Kostanovga raddiya berib shunday dedi: «Siz beozor, deb hisoblayotgan bu Hizb ut-Tahrir masalasiga kelsak, bu partiya 1953 yil Quddusda sizning hamkasblaringizdan biri, shariat sudi sud’yasi tomonidan tashkil etilgan. Bu partiya o‘zining asosiy huquqiy hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hokimiyatni egallab olish va dunyodagi turli davlatlarda – shu jumladan Rossiyada ham – o‘z g‘oyalarini tarqatish orqali xalifalik o‘rnatish zarurligini ochiq bildirgan. U bir necha yurtlarda qonuniy tarzda faoliyat qiladi». Yuriy Kostanov Rossiyada Hizb ut-Tahrirning terroristik hujumlar sodir etganiga dalillar yetarli bo‘lmaganiga qaramasdan, uning a’zolarini 25 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilinayotgani haqida gapirgan edi. Bundan tashqari, Putin Hizb ut-Tahrirni terrorchi tashkilot deb hisoblanishini isbotlash uchun Federal xavfsizlik xizmati tayyorlab bergan «hujjat»larni keltira boshladi. Misol uchun, Putin Hizb ut-Tahrir Germaniyada va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlarida terrorchi tashkilot hisoblanadi, degan da’voni qildi. Holbuki, faqat Rossiyagina Hizb ut-Tahrirni terroristik tashkilot, deb hisoblashi hammaga ma’lum. Shunga qaramay, u turli dastaklar keltirib, bunday dedi: «Bu partiya faoliyati shundan iboratki, agar ta’bir joiz bo‘lsa, o‘z a’zolarining boshqa dinlarga murojaat qilishlarini taqiqlaydi, shaxsiy va oilaviy ishlarga aralashadi. Afsuski, bu partiyaning harom, degan fikrlarni tarqatishi sababli yomon oqibatlar kelib chiqqan. Bunga partiyaning qon quyishni harom, deyishini misol qilish mumkin. Ular bolalarga qon quyishni taqiqlashgan. Vaholanki, bolalar hayotini ayni prosedura orqali qutqarib qolish mumkin bo‘lgan holatlar bo‘ladi. O‘tgan yili Rossiyaning Kabardin Balkariya Respublikasida bo‘lgan dahshatli fojia bunga misol bo‘ladi. Ayni hodisada bola o‘lgan. Ushbu cherkov (tashkilot) tarafdorlariga majburan yordam ko‘rsatilgan joylarda bolalar saqlab qolingan».

Keyin Putin hayratda qolgan tinglovchilarga qarata o‘z bayonotini hissiyotli so‘zlar bilan yakunladi: «Yana bir bor ta’kidlayman, bu partiyaning terrorchiligi haqidagi qaror Rossiya oliy sudi tomonidan amaldagi qonunga to‘la muvofiq ravishda qabul qilingan, binobarin, uni tatbiq qilish shart».

Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari musulmon yurtlaridagi tog‘utlaru kufr davlatlari rahbarlarini rozi qilishga harakat qilmaymiz, albatta. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, bu tog‘ut va kufr rahbarlaridan hech biri Hizb ut-Tahrirni terrorizmga bog‘lashdek yuzsizlikka qo‘l urmagan edi. Buning sababi, Hizbning hokimiyat uchun kurashga kirishgan emasligidir, bu hammaga ma’lum. Putinning esa, yutuqqa erishgani faqat yolg‘on gaplari bo‘ldi, xolos. Chunki uning da’vosicha, Hizbni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shishda Rossiya go‘yo Germaniya va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlariga qo‘shilgan emish. Bu yolg‘on bilan u o‘zini o‘zi xorlagani qoldi, xolos. Chunki bu gaplari Hizb ut-Tahrir obro‘siga zarracha putur yetkazgani yo‘q.

Biz shuni ta’kidlamoqchimizki, Rossiyada Hizb ut-Tahrir a’zolariga qarshi ochiq ko‘rinib turgan zulmni muhokama qilish va sudda ularga vahshiy hukmlarni tatbiq qilish kuchaygandan kuchaydi… Shu darajadaki, inson huquqlari bo‘yicha kengash yig‘ilishida Hizb haqidagi ayni savolning ko‘tarilishiga hamda savolga Putin tomonidan tuhmat va bo‘htonlarga to‘la javob berilishiga hatto Federal xavfsizlik xizmati ham guvoh bo‘lib turibdi.

Putin Hizbni cherkov, deb atadi hamda unga go‘yo qon quyishga ruxsat bermaydi, deya tuhmat qildi. Aftidan, u Hizb ut-Tahrir bilan protestant cherkovi o‘rtasini ajratib ololmaydigan kimsa ko‘rinadi. Bu yerda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan qasddan shunday tuhmat qilindimi yoki Putin tomonidan tasodifiy xato sodir bo‘limi, farqi yo‘q. Muhimi, Rossiya Federal xavfsizlik xizmatida ham, Putinda ham Hizb ut-Tahrirni terrorchi tashkilot, deya ayblashga hech qanday hujjat yo‘q.

Rus hokimiyati qanday shaklda ekanidan qat’iy nazar, mamlakat ichkarisi va tashqarisida doim Islomga qarshi siyosat qo‘llanib kelingan. Bugungi kunda davlatning haqiqiy xo‘jayini maxsus xizmat bo‘lib, Islomga va uning qaytishiga qarshi kurashuvchi asosiy kuch ham shu maxsus xizmatdir. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, bu maxsus xizmat terrorizmga qarshi kurash niqobi ostida Islomga qarshi urush olib borayotgan ekan, shu orqali davlat byudjetidan kattaroq ulushga ega bo‘lish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Ya’ni, u faqat Islomni yomon ko‘rganidan kelib chiqibgina harakat qilmayapti, balki shu bilan birga, ochko‘zlik bilan hokimiyatga o‘chligidan qilyapti.

Rossiya Islomdan qo‘rqmoqda. Chunki u uzoq davr bir nechta musulmon yurtlarga qarshi urush olib borib, ularni bosib, egallab olgan. Bugun u shu narsani saqlab qolishga harakat qilyapti. Rossiya o‘tmishda nasroniylashtirish, repressiya qilish hamda Islomga e’tiqod qiluvchi insonlarni o‘ldirish va surgun qilish siyosatini qo‘llagan bo‘lsa, bugun turli bahona va dastaklar ostida musulmonlarni erkinliklaridan mahrum qilyapti. Chunki uning rejimi Rossiyada 20 milliondan ziyod musulmon aholi borligidan tashvishda. Ularning o‘z o‘tmishlari va buyuk madiniyatlarini unutishlarini, balki rus imperiyasiga ixlos bilan xizmat qilishlarini xohlayapti. Shuning uchun ham Putinning mana shunday bayonot berayotgani hamda Hizb ut-Tahrirga qarshi keskin kurash olib borayotgani faqat bir ma’noni, ya’ni, uzoq asrlardan beri rus davlatining Islomga qarshi olib borayotgan barbarlarcha kurashi hamon davom etayotganini anglatadi. Bugun Kreml Islomni qonunan taqiqlay olmaydi. Shu bois ham terrorizm tahdidi, degan narsa bilan yolg‘on asosda kurashmoqda. Ular uchun Hizb ut-Tahrir ham ana shunday «tahdid» hisoblanadi. Chunki ular Hizb a’zolarida musulmon xalqlarni o‘zlarining islomiy siyosiy sistemalariga qaytarishga kuch borligini ko‘rishyapti.

Rossiya repressiya qilish bilan ham, tuhmatu yolg‘on ishlatish bilan ham, makr-hiyla ishlatish bilan ham haq nurini hargiz o‘chira olmaydi! Bu davlat rahbarlari, ilgari musulmonlarni Checheniston va Afg‘onistonda qirg‘in qilishgani kabi, bugun ham ularni Sibir, Volga, Kavkaz va Ural tog‘larida azoblamoqda, Suriya va Liviyada qirmoqda! Ammo Allohning izni ila, bu vahshiykliklari uzoqqa bormaydi. Yaqinda ular musulmonlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari uchun afsus-nadomatga tushajaklar va hamma narsa o‘zining o‘rniga tushadi. Alloh Taolo bunday deydi:

﴿وَلَا تَحْسَبَنَّ اللَّهَ غَافِلاً عَمَّا يَعْمَلُ الظَّالِمُونَ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ الْأَبْصَارُ﴾

«Siz hargiz – Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g‘ofil, deb o‘ylamang! Alloh ularni(ng jazolarini) ko‘zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo‘rqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos» [Ibrohim 47]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.