Xalifalikka chaqirayotgan da’vatchilarni ta’qib qilish Allohning g‘azabiga sabab bo‘ladi
Shunday ekan, Pokiston hukmdorlari qachon tiyilisharkin?
Xalifalik uchun da’vat qilayotgan Abdulhodiy o‘g‘irlab ketilganiga uch haftaga yaqin vaqt o‘tdi. Uning oilasi uning qaerdaligidan va salomatligidan xabari yo‘q va bundan xavotirda. Rejim tovlamachilari o‘g‘rilar kabi tunda uning uyiga o‘g‘irlash uchun bostirib kirishgan. Ularning ayrimlari fuqaro kiyimida va ayrimlari harbiy kiyimda bo‘lgan. Ular 2019 yil 20 noyabr yarim tunda Abdulhodiyning uyida reyd o‘tkazishgan. So‘ngra uning o‘zi hamda yoshi ulug‘ va yurak xastaligi bilan kasallangan otasini o‘g‘irlab ketishgan. Pokiston rejimi Qur’on va Sunnat bilan hukm yuritishni talab qilayotgan musulmonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lmoqda. Bu rejim na oilani hurmat qiladi, na musulmonlarni himoya qiladi, na ojiz-u bemorlarga shafqat qiladi. Ayni paytda esa, (Abinandon va G‘albashon) ismli jinoyatchi hindlarga yumshoq muomala qilmoqda. Shuningdek, bosib olingan Kashmirda dushman Modiga nisbatan og‘ir bosiqlik siyosatini qo‘llamoqda.
Rejimning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo qilishga chaqirayotganlarni o‘g‘irlashi uning Madinai Munavvarada Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritgan taqvoli kishilar siyratiga ergashmayotganini, aksincha, Makkai Mukarramada Quraysh ustidan hukm yuritgan to‘da yo‘lidan yurishni tanlaganini ko‘rsatmoqda. Bu to‘da musulmonlar olamlarning Robbisi bo‘lgan yolg‘iz Allohga ibodat qilishga chaqirganlari uchun ularni shafqatsiz azoblagan edi. Ushbu rejim ham Quraysh kabi mo‘minlarga shafqatsizlik qilmoqda hamda Islom va musulmonlarning dushmanlariga bo‘ysunmoqda va yordamni ana o‘shalarga bermoqda.
Ey, Pokiston musulmonlari! Pokiston hukmdorlari Abdulhodiyni hibsda ushlab turishibdi. Holbuki, Pokistonni bugungi muvaffaqiyatsizligidan Islom bilan hukm yuritishgina saqlab qoladi. Shuningdek, bu hukmdorlar Islom nomi ostida tashkil etilgan bu yurtning barcha joylarida Xalifalikka chaqirayotgan da’vatchilarni repressiya qilish orqali Islomga qarshi hujum qilmoqda. Ular Alloh Taoloning quyidagi va’dasini nazar pisand qilishmayapti.
إِنَّ الَّذِينَ فَتَنُوا الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ الْحَرِيقِ
«Albatta mo‘min va mo‘minalarni fitnaga solib, (bu qilmishlaridan) tavba qilmagan kimsalar uchun jahannam azobi bordir va ular uchun o‘t azobi bordir!» [Buruj 10]
Ruvaybiza hukmdorlar Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritishni talab qilayotgan xolis musulmonlarga shafqat qilmayaptilar. Holbuki, Rosululloh ﷺ:
«إِنَّ اللَّهَ قَالَ: مَنْ عَادَى لِي وَلِياً فَقَدْ آذَنْتُهُ بِالْحَرْب»
«Alloh menga shunday dedi: Kim mening do‘stimga dushmanlik qilsa, unga urush qilishga ruxsat beraman», deb aytganlar. Buxoriy rivoyati. Ummat ichidagi barcha insofli musulmonlar, xususan matbuot xodimlari va inson huquqlari faollari Xalifalikka chaqirayotgan da’vatchilarga qilinayotgan ta’qiblarni to‘xtatishni talab qilib, hukmdorlarga qarshi ovozini baralla ko‘tarishi vojibdir.