Kelajakda musulmonlar Rimni fath qilishadi

1152
0

Kelajakda musulmonlar Rimni fath qilishadi

(Konstantinopol fath qilinib Islom bo‘lga aylangan kun munosabati bilan)

 Istanbul shahrini hamma biladi. U dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi strategik nuqtada joylashgan. Biroq, Istambulning Islom bilan bog‘liq tarixi ko‘pchilikka ma’lum emas. Hatto, o‘zini musulmon hisoblaganlarning ko‘pchiligi buni bilishmaydi. Chunki, ular o‘z tarixlaridan atayin uzoqlashtirilishgan. Masalan, O‘rta Osiyo musulmonlar Istanbuldan ko‘ra Moskvaning tarixini yaxshi bilishadi. Pokistondagi musulmonlar bo‘lsa London tarixini yaxshi bilishadi va h.k. Aslida musulmonlar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning ummati sifatida Islom tarixini yaxshi bilishlari kerak edi. Islom tarixi nurli kunlar va ibratli voqealarga to‘la bo‘lib, ular tarix zarvaraqlariga oltin xarflar bilan bitib qo‘yilgan.

 Mana shunday nurli kunlardan biri, mana shunday sharafli voqealardan biri bugungi Jumadul- avval oyining 23-kuni bo‘lib o‘tgan. Faqat u hijriy hisob bo‘yicha bundan 584 yil avval bo‘lgan. Mana shu kuni Sharqiy Rim imperiyasi (Vizantiya)ning poytaxti bo‘lgan Konstantinopol shahri musulmonlar tarafidan fah qilinib Islom bo‘l shahriga aylangan. (Shundan buyon kofirlar unga Konstantinopol nomini yana qaytarish uchun jiddiy harakat qilib kelishadi. 18-asr oxiridan boshlab ular o‘zaro xalqaro munosabatlarida Kostantinopol toponimini qo‘llay boshlashdi. Badbaxt Mustafo Kamol Turkiya Respublikasini e’lon qilib, uning poytaxtini Anqaraga ko‘chirganida xalifa turgan Islom bo‘l shahrining rasmiy nomlanishi Istanbul bo‘lib qoldi. Bu shahar nomi Rossiyada Stambul deb ataldi, biz unga taqlid qildik).

 Vizantiya poytaxti bo‘lgan Konstantinopol qanday qilib Islom bo‘l bo‘lib qoldi?.. So‘zni boshidan boshlaymiz.

 Payg‘ambar ﷺ Madinada davlatni barpo qilganlaridan boshlab Islomni da’van va jihod bilan tarqata boshladilar. Ammo u zotning hayotligi vaqtida Islom dini arab jazirasidan tashqariga yoyilishga ulgurmadi. Biroq, o‘sha vaqtdayoq Rasul Akram ﷺ Islom dunyoning to‘rt tarafiga yoyilishi haqida bashorat bergandilar. Mana shu bashoratlardan biri – Qustantaniya (Konstantinopol)ning fath qilinishi edi.

 “Abdulloh ibn Oss (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Biz Rasullulloh sollallohu alayhi va sallamning atrofida yozib o‘tirgan edik, u zotdan: “Qaysi shahar birinchi fath qilinadi, Qustantaniyami yoki Rummi?” –deb so‘raldi. U zot:

مَدِينَةُ هِرَقْلَ تُفْتَحُ أَوَّلاً، يَعْنِي قُسْطَنْطِينِيَّةَ

“Xiraqlning shahri birinchi fath qilinadi, ya’ni Qustantaniya”, – dedilar”

 Yana bir hadisi sharifda “Abdulloh ibn Bishr Has’amiy otasidan rivoyat qiladi, otasi Nabiy sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitgan ekan:

لَتُفْتَحَنَّ الْقُسْطَنْطِينِيَّةُ فَلَنِعْمَ الْأَمِيرُ أَمِيرُهَا وَلَنِعْمَ الْجَيْشُ ذَلِكَ الْجَيْشُ

“Albatta Qustantaniya fath etilajak, uning amiri qanday ham yaxshi amir va uni egallaydigan qo‘shin qanday ham yaxshi qo‘shindir”.

 Islom ummatining ko‘plab etakchilari mana shu bashoratdan ilhomlanib, Konstantinopolni fath qilish ishqida quyib-yonishgan. Birinchi urinish xalifa Muoviya ibn Abu Sufyon davrida, hijriy 44-yili bo‘ldi. Undagi qo‘shin safida bir ulug‘ sahoba ham bor edi. Bu sahoba Ikkinchi Aqaba bay’atida qatnashchilaridan bo‘lgan; Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Madinaga hijrat qilganida uning uyiga kelib tushganlar; u Badr, Uhud, Handaq va boshqa jihodlar qahramoni bo‘lgan – bu sahoba Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhu edi. O‘sha vaqtda uning yoshi 80ga yaqinlashib qolgandi. Jihod boshlangan vaqtda uni o‘lim kasalligi chulg‘ab oldi. Qo‘shin boshlig‘i undan nimani xohlashini so‘radi. Shunda uluh sahoba quyilagi mashxur so‘zlarni aytdi va ko‘z yumdi:

– Mening nomimdan musulmon askarlarga salom ayt va shunday degin: “Abu Ayyub sizlarga dushman hududiga kirib borib, uni (Abu Ayyubni) Konstantinopol devorlari tagiga, sizlarning oyoqlaring ostiga ko‘mishinglar uchun o‘zinglar bilan birga olib ketishni vasiyat qiladi”. Uning jasadi musulmonlar qadami etib borga joyga ko‘mildi.

 Shundan keyin ham Konstantinopolni fah qilishga harakat qilgan etakchilar ko‘p bo‘ldi, ularning soni o‘nga etdi.

 Mana shunday, musulmonlar Islomni mahkam ushlashganda Alloh yo‘lida jihodlarda bo‘lishgan va mamlakatlarni fath qilishgan. Qachonki Islomga bee’tibor bo‘lishgach, buning yomon oqibatlarini ko‘rishdi. Islom tarixi bunday qora dog‘lardan ham holi emas. Shunday qora dog‘lardan biri mo‘g‘ullar bosqini bo‘ldi. Mo‘g‘illar bosqini Bog‘dodni qulatganidan so‘ng Xalifalik Misr sultonligiga o‘tdi, biroq, boshqa sultonliklar (viloyatlar) undan uzilib qoldi. Mamluklar ta’siri ostidagi xalifa nomigagina xalifa bo‘lib qoli. Mana shu davrda Kichik Osiyoda qaytadan Islomni mahkam ushlagan sultonlar sulolasi etishib chiqdi. Ular Erturg‘ul g‘oziyning avlodlari, usmoniy sultonlar edi. Erturg‘ul g‘oziy bir tomondan mo‘g‘illar bosqiniga qarshi kurashsa, boshqa tomondan Vizantiyaga qarashli hududlarni fath qilib borar edi. Uning avlodlari ham uning shonli yo‘lini davom etirishdi. Ish shunday davom etib Usmonning ettinchi avlodi Muhammadning qarshisida Konstantinopol turar… Konstantinopol qarshisida uni fath qilishga qasd qilgan sulton Muhammad turardi…

 Muhammadning otasi sulton Murod bo‘lgan. Sulton o‘g‘li Muhammadni o‘zidan keyin taxt vorisligiga tayyorlab yurardi. Undagi yaxshi jihatlarni kuzatib, ilmli bo‘lishi va kuchli shaxsiyaga aylanishi uchun uni rahbarlarni tayyorlovchi “amirlar” madrasasiga joylashtirdi. Keyin uni Magnesiyaga voliy qilib yubordi. Rabboniy olimlardan biri, ulug‘ olim Ahmad Ismoil Kavroniyni ham unga qo‘shib jo‘natdi. Bu olim shunday salotabli bo‘lganki, sulton unga yo‘liqqanda uning qo‘lini o‘par edi. Kavroniy faqih olim bo‘lgan. Uni boshqa olimlar o‘z zamonasini Abu Hanifasi deb atashgan. Bu fazilatli olim Muhammadni tayyorlashni o‘z zimmasiga oldi. Shunday qilib, Muhammad iymonli, shariat hukmlariga itoat qiluvchi, buyruq va qaytaruvlardan chetga chiqmaydigan, Allohning ulug‘ narsalarni xurmat qiluvchi, olimlarni ham, Alloh tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan javobgarchilikni ham qadrlovchi bo‘lib etishdi. Otasi vafot etganidan so‘ng boshqaruv javobgarligini o‘z zimmasiga olib, bun yaxshi ado edi. Masalan, boshqaruvni qaytadan tartiblashtirdi. Moliyaviy ishlarga, sarf-harajatlarni tartibga solishga ham e’tibor qaratdi. Dabdabavozlik, isrof, o‘yin-kulgilarning barcha ko‘rinishlarini taqiqladi. Asosiy e’tborni qo‘shinga qaratib, uni qismlarga bo‘lib chiqdi. Askarlar va ularning ta’minlash uchun maxsus tartib ishlab chiqdi, daajasini ko‘tardi, qo‘shinni o‘z davridagi eng zamonbop qurol-yaroqlar bilan ta’minladi. Mojariston (Vengriya)dan zambarak yasovchi Orbon ismli eng mashxur ustani olbirib keldi. U zambarak yasab berdi. Shuningdek, sulton askarlarni jihodga targ‘ib qilish va ularning tuyg‘ularini kuchaytirish uchun tanlangan olim va faqihlarni qo‘shinlarga tarqatdi. Viloyatlarda boshqaruvni yuqori darajaga ko‘tarish ustida ish olib bordi: e’tiborsizlik va hatoga yo‘l qo‘ygan voliylarni ishdan chetlatdi, atrofiga bir qancha mutaxassis,  taqvodor odamlarni o‘pladi. Ko‘plab madrasalar ochdi. Ularni vaqti-vaqti bilan o‘zi nazorat qilib, talabalar va muallimlar bilan birga o‘tirib masalalarni muhokama qildi. Shifoxonalar ochib, ularga eng yaxshi tabiblarni tayinladi. Shifoxonalarning har birida jarroh, dori tayyorlovchi va bir qancha xodimlar bor edi. Tabib zimmasiga bemorni bir kunda kamida ikki marta borib nazorat qilish yuklatildi. Oshpazga esa bemorga mos toam tayyorlab berishga e’tibor qaratish shart qilingan. Qisqacha aytganda, sulton Muhammad taqvo va qobiliyatni o‘zida jam etgan edi. Uning yaxshi ishlari ko‘p bo‘lganligidan u “yaxshiliklar otasi” degan laqab olgandi. Fuqarolarni yaxshi boshqarib, yaxshi etakchi bo‘ldi. U ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam “qanday ham yaxshi amir” deb maqtagan amir bo‘lish umidida yurdi…

 Muhammadni Konstantinopolni fath qilishga eng ko‘p ilhomlantirgan olim – Muhammad ibn Hamza Damashqiy bo‘lgan, uning taxallusi “Oq Shamsiddin” edi. Bu olim Muhammad hokimiyat tepasiga kelishidan oldin ham, keyin ham Konstantinopolni fath qilishga undab, bunga qiziqtirar edi. Shu sababli shayx Oq Shamsiddin “Konstantinopolning ma’naviy fotihi” deb ataladi.

 Sulton fathga tayyorgarlik ko‘rish davomida bir qator harbiy-strategik ishlarni amalga oshirdi. Qo‘shinni tayyorlash va qurollantirish uchun o‘ta ko‘p kuch sarfladi. Ularni o‘z davrining zamonbop qurol-yaroqlari bilan ta’minladi. Ularni ma’naviy jihatdan tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratdi. Askarlar bilan kchrashib, ularga Rasululloh sallollahu alayhi va sallamning Konstantinopolni fath qiladigan qo‘shinni maqtab aytgan hadislarini eslatar edi. Shu yo‘l bilan ularning tuyg‘ularini alanglatdi. Askarlar bo‘lsa uning hujum qilish bo‘yicha buyrug‘ini sabrsizlik bilan kuta boshlashdi. Sulton Muhammad dengiz flotiga ham alohida e’tibor qaratdi.

 Hijriy 857-yil, 26-rajab kuni Sulton Muhammad boshchiligidagi usmoniylar qo‘shini Konstantinopol ostonisiga etib keldi. G‘azot boshlandi. Islomiy qo‘shin qattiq hujumga o‘tgan bo‘lsa, vizantiyaliklar qattiq himoyaga o‘tishdi. Urush kechayu kunduz, quruqlikda ham, suvda ham davom etdi. Sulton Muhammad uzoqni ko‘ra bilgan, ziyrak va donishmand kishi bo‘lgan. Biror muammoni ko‘rgan zahoti uni bartaraf qilgan. Uning bunday sifatlari shu voqeadagi quyidagi uch ishida aniq ko‘rinadi.

 Birinchi ish. Sulton Muhammadga qo‘shin Konstantinopol devorlari oldida, ochiq erda sovuqda qolgani to‘g‘risida xabar keladi. Mana shunda Muhammad Fotih ularga zarur bo‘lgan vaqtda isinadigan qo‘rg‘on qurdirib beradi. Chunki, agar vaqt cho‘zilib ketadigan bo‘lsa askarlar – Konstantinopolga g‘azo qilgan avvalgi musulmonlar kabi – qamalni to‘xtatib, ortga qaytib ketishlarini xohlamadi. Aksincha, Allohning izni bilan Konstantinopol fath qilinmaguncha ortga qaytish yo‘q degan fikrda qat’iy turdi.

 Ikkinchi ish. Konstantinopol devorlari uch qator bo‘lgan, ularning orasi bir necha metrni tashkil etardi. Buni sulton Muhammad avvaldan bilgan. Shuning uchun ham u vengriyalik Orbanga snaryad va zambarak yasatgan. Aslida Orban bu g‘oyani imperator Konstantinga taklif qilganida u e’tibor bermagan edi. Sulton Muhammad bo‘lsa Orbanning bu g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab, unga katta mablag‘ to‘lab, g‘oyani amalga oshirish uchun o‘arur bo‘lgan barcha kerakli narsalarni tayyorlab bergan. Mana endi shu zambaraklar o‘z ishini ko‘rsatdi. Sultonning ulkan zambaraklari Konstantinopol devorlarini kunu-tun o‘qqa tutdi va oxir oqibat devorning bir qismi qulab tushdi. Sulton imeratorga shaharni topshirishni talab qilib xat jo‘natdi. Imperator bo‘lsa: “Men jizya to‘lashga tayyorman. Biroq, shaharni hech qachon topshirmayman yoki uning devorlari ostida o‘laman”, – deb javob qaytardi. Sulton javobni o‘qiganidan so‘ng musulmonlarga xos jasorat bilan: “Ertaga u er mening yoqarorgoxim, yoki qabrim bo‘ladi”, – dedi.

 Uchinchi ish. Shaharning zaif nuqtalaridan biri – “Oltin mug‘uz” ko‘rfazi edi. Chunki, bu tomomdan xavf kam bo‘lgani sababli devorlar mustaxkam emas va yaxshi ximoyalangan emas edi. Sulton buni yaxshi bilgan va shu tomonga o‘tish harakatida bo‘lgan. Biroq, bo‘g‘oz suvi qulflangan katta zanjirlar bilan to‘sib qo‘yilganligi sababli musulmonlar kemalari u tomonga o‘ta olishmayotgandi. Shuningdek, Genuya va Venetsiya kabi xristian qirolliklaridan konstantinopolliklarga yordam olib kelgan kemalar shu erdan o‘tib, bu orqali qamaldagilar ruhiyatini ko‘tarib turardi.   

 Bunga qari sulton Muhammad kemalarni quruqlidan sudrab olib o‘tishga qaror qildi. U Konstantinopolning bo‘g‘oz tomonidagi devorlari oldidagi tepaliklar orqali olib o‘tish haqida o‘yladi… Bosib o‘tiladigan masofa olti chaqirimcha bo‘lib, er tekis emas edi. Sulton erni tikislashni buyridi. Yog‘och-taxtalarni olib kelib to‘shatdi va ular ustida kemalar oson sirg‘alishi uchun ularni yog‘lashga buyruq berdi. So‘ng Islomiy qo‘shin kemalarni Bosfordan tortib olib kelib, “Oltin mug‘uz”ning xavfsiz eridan tushirishdi. Bularning barchasi bir kechada amalga oshirildi. Tong otishi bilan Sulton bayroqlari “Oltin mug‘uz”dagi etmish ikki kema ustida xilpirab, kema ustidagi askarlar Allohning nusrati bilan shodlanib takbir aytgan holda jo‘shib turardi. Vizantiyaliklar qo‘rqib ketishdi. Usmoniylar flotiga hujum qilishga urinib ko‘rishdi, biroq, yakson bo‘lgan ahvolda chekinishdi. Vizantiyalik bir tarixchi bu haqida shunday degan: “Bunga qadar bunga o‘xshash narsani ko‘rmagan va eshitmagan edik. Muhammad Fotih erni dengizga aylantirdi va uning kemalari to‘lqinlar o‘rniga tog‘lar orasidan suzib o‘tdi. Bu amali bilan u Buyuk Iskandardan ham oshib tushdi”. 

 Sulton Muhammad seshanba tuni qo‘mondonlar bilan uchrashib ularga ta’sirli xutba qildi. Ularga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Konstantinopolni fath qilish to‘g‘risidagi hadislarini eslatib, o‘zi va askarlari shu sharafga ega bo‘lishlarini tilab Allohga chin yurakdan duo qildi. Hutbasida shunday dedi: “Buyuk g‘alaba Islomning qadri va xurmatini ko‘tarishini har bir askarlarimizga etkazinglar. Demak, har bir askar shariyat ko‘rsatmalarini yodda tutishlari kerak. Ularning birortasi ham shariyatga teskari ish qilmasin. Kaniso va cherkovlardan tiyilishsin. Yosh bolalarni ham, qariyalarni ham, ayollarni hamda o‘z kulbasida turgan rohibni ham o‘ldirishmasin. Agar Qaysarni qo‘lga olishsa unga yaxshi munosabatda bo‘lishsin”.

 Seshanba kuni sulton va askarlar bomdod namozini o‘qib, chin yurakdan duo qilishdi. Namoz tugashi bilan takbir sadolar ostida hujum boshlandi. Islom lashkarlari devor ustiga chiqib, u erga sulton bayroqlariio‘rnatildi. Imperator Konstantin o‘ltirildi. Konstantinopol fath bo‘ldi. Zuxr-peshinga qolmay Fotih sulton Vizantiya markazining qoq o‘rtasida oq oti ustida aylanib yurdi. G‘alabaga erishgan qo‘shin takbir va tahlil aytardi. Ular sultonni tabriklashdi, sulton esa ularni tabriklab: “Alhamdulillah, Alloh Ta’olo shahidlarni rahmatiga olsin va mujohidlarga shon-sharaflar bo‘lsin, buyuk Islom ummatiga esa, shon-shavkat va izzat ato qilsin”, – dedi.  So‘ng sulton oq otidan tushib, Alloh Taolo tarafidan ato etilgan g‘alaba uchun sajdaga yiqildi.

 Shundan so‘ng sulton Ayo Sofiya cherkovining xochlarini olib tashlash va suratlarni ustidan bo‘yab tashlashga buyridi. Keyin shu erda juma namozini o‘qidi. Shundan keyin bu erni besh vaqt namoz o‘qiladigan masjidga aylantirdi.

 Fotih sulton Alloh yo‘lida minglab marta g‘azot qilishni umid qilar edi. Shu sababli bu buyuk fath bilan cheklanib qolmay, yana bir boshqa qo‘shin tayyorlashga buyruq berdi. Qo‘shinga o‘zi qo‘mondonlik qilish uchun yo‘l oldi. U Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning:

اِسْتَعِينُوا عَلَى قَضَاءِ حَوَائِجِكُمْ بِالْكِتْمَانِ

“Xojatlaring ado bo‘lishini maxfiy so‘ranglar”, – degan hadislari sababli ichidagi narsani ham, rejalarini ham hech kimga aytmadi. Qisqasi, uning niyati ham bu qo‘shin bilan yo‘l olmoqchi bo‘lgan tarafni ham hech kim bilolmay qoldi. Ulug‘ amir ajali yaqinlashganini sezgan vaqtda va Allohning xuzuriga rihlat qilish arafasida o‘z o‘g‘liga shunday vasiyat qildi:

 “Ey, o‘g‘lim! Umrim poyoniga etdi, biroq hech narsadan afsuslanmayapman, chunki o‘zimdan keyin sendek farzandni qoldirmoqdaman. Adolatli, haqqoniy va rahmdil bo‘l. Qo‘l ostingdagilarga bir xilda g‘amxo‘rlik qil. Islom dinini yoyishda sobitqadam bo‘l, haqiqatdan ham bu Er yuzidagi hukmdorlar buning uchun mas’ullar. Islom ishlari boshqa ishlardan ustivor bo‘lishi kerak va bunda izchil bo‘lishing lozim. Dindan yiroq odamlarni o‘zingga yaqinlashtirma va ulardan foydalanma. Buzuqlik olib kiruvchi bid’atlardan o‘zingni ehtiyot qil, mamlakatning jihod olib borishiga imkoniyat ber, Baytul-Molni xonavayron qilib qo‘ymasliklari uchun uni qattiq nazorat ostida ushla. Mardumnig moliga tajovuz qilsang, holing voy bo‘lsin, illo Shariat huquqi bo‘lmasa. Muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘z.

 Davlatning kuch-qudrati solih olimlar. Ularga xurmat ko‘rsat. Biror o‘lkada biror olim bor ekanligini eshitsang, uni oldirib kelib xurmat ko‘rsat.

 Ey, o‘g‘lim, mening bu vasiyatimni qulog‘inga quyib ol. Men bu dunyoga kelganimda, chumoli kabi edim, keyin Alloh menga shunchalik ko‘p yaxshiliklarni berdi. Mening yo‘limni tut va mendan ibrat ol. Tinim bilmay Islom dinini ulug‘lashga va musulmonlarni sharaflashga harakat qil. Mol-mulkingni zeb-ziynat va o‘yin-kulgiga sarflamay, zarur miqdor bilan qanoatlan. Isrof va takabburlik – halokatning eng katta sabablaridir”.

 Sulton Fotih niyatini ham, jihod qlmoqchi bo‘lgan tomonni ham hech kimga aytmay turib, ajal uni olib ketdi. Ayrim tarixchilar “Payg‘ambarimizning ikki maqtoviga erishish uchun Rimga jihod qilib, uni fath qilishga yo‘l olmochqi bo‘lgan bo‘lsa kerak, deb tahmin qilishadi. Chunki, Ayo Sofiyani masjidga aylantirgani uchun Rim papasi quruq tahdidli xat jo‘natganda Fotih unga: “Darhaqiqat Ayo Sofiyani masjidga aylantirish sharafiga erishdim. Agar Alloh meni qodir qilsa sen turgan erni otxonaga aylantiraman”, – deb javob qaytargan edi. Biroq, bu ulug‘ sharafni Alloh boshqa bir fotih uchun saqlab qo‘ygan ekan… Alloh Fotih bobomizni rahmatiga olib, jannatning eng yuqori joylaridan nasib etsin va u kishini nabiylar, siddiqlar, shahidlar bilan birga qilsin.

 Muhammad fotihning avlodlari ham fotihlar bo‘lishdi. Usmoniylardan to‘qqizinchi avlod sultoni xalifalikka etishdi. Bu sulton Salim. Uning o‘g‘li xalifa Sulaymon Qonuniy Evropa mamlakatlarini fath qilib, Vena devorlarini qoqdi. Biroq shu kunga qadar Rim fath bo‘lgani yo‘q…

 19-asrda musulmonlar Rimni fath qilish bir yoqda tursin, o‘z yurtlarini kofir derjavalar uchun “fath” qildirishdi. Kofir derjavalar arab va turklardan iborat malaylaridan foydalanib, Ummat ichida millatchilik, vatanparvarlik urug‘larini sepishdi. Musulmonlarning bu malay hokimlari yurtlarimizni kofirlarga koloniya qilib berishdi. Usmoniy davlat birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchrab, 1918-yili “ittifoqchilar” Islombo‘lga kirishgan vaqtda frantsuz rahbarlaridan biri oq ot olib kelishni buyridi. Keyin unga minib Istanbulga kirib: “Sulton Muhammad Fotih Konstantinopolga oq tulpor minib fath qilgan holda kirgan edi”, – dedi. Bu bilan frantsuz rahbari Muhammad Fotihdan o‘ch olganini bildirdi. Shunday qilib, 1924-yili Xalifalik tugatildi. 

 Kofir G‘arb musulmonlar kuchi roshid Xalifalikda ekanligini biladi, shu sababli uni qayta tiklanishini oldini olishga intilishadi. Chunki, roshid Xalifalik tiklansa u qaytadan sulton Muhammadday amirlarni tayinlab, uning qo‘shiniday qo‘shinlarni tayyorlab Rimni fath qilishga otlantiradi. Kofirlar buni juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun ham roshid Xalifalikni tiklash uchun harakat qilayotgan xolis musulmonlarga qarshi kurashishadi.

 Shu sababli kofirlar islomiy harakatlarni yaqindan kuzatib kelishmoqda. 1953-yili Hizb ut-Tahrir tashkil etilganidan keyin, Hizbning harakati va taqdiriy masalasi Xalifalikni qayta borpo etish ekanligini va bu yo‘lda jiddiy ekanligini G‘arb anglab etdi. Shundan keyin o‘ziga malay hokimlarga Hizbni taqiqlashni buyridi. Uning buyrug‘i bilan Hizb a’zolari qamoqqa olinib, qiynoqlarga solinadigan, hatto ba’zi mintaqalarda shahid qilinadigan, uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum etiladigan bo‘ldi. So‘ng kofirlar va ularning malaylari hech uyalmay boshqa uslublarni ishga solishga, ya’ni yolg‘on gaplar tarqatish, haqiqatni buzib ko‘rsatish yo‘liga o‘tishdi. Ular shu da’volarini ta’siri bo‘ladi deb o‘ylab, bu ishni qilayotgan kimsalarga musulmonlar nomini berib, islomiy tus berishdi. Keyin ularning bu yolg‘onlariga avval Hizb safida bo‘lib, keihyinchalik undan chiqib ketgan, jazo olgan va qasamini buzgan qasamxo‘rlar ishonib, ularga ergashishdi… Ularning barchasi faqat quruq da’vo va yolg‘onlardan foydalanishdi, qorani oq, oqni qora qilib ko‘rsatishdi. Kofirlar, munofiqlar, mish-mishchilar, hizbdan chiqib ketganlar, jazo olganlar, qasamxo‘rlar – barchasi Hizb ut-Tahrirga tuzoq qo‘yish va u haqida yolg‘on-yashiq tarqatishga urinishdi… Shunday zahar sepilgan yo‘ldan brishni o‘zlariga ravo ko‘rishdi. Yolg‘onlari foyda bermasa, boshqasini o‘ylab topishdi… Ular shuncha yolhonlarni ishga solish va haqiqatlarni buzib ko‘rsatishlariga qaramay muvafaqqiyatga erisha olishmadi!

 Shu sababli, qadrli birodarlar, muntazam hujumlarga qarshi sizlar ushlagan mustaxkam va kuchli mavqe bizning yodimizga sahobalar roziyallohu anhumlar mavqeyini solmoqda. Sahobalar Rasululloh ﷺning qiyinchiliklarni engib o‘tishda ushlagan donishmand mavqelariga ergashishgan. Sizlarning mavqeyinglar ham shunday… Sizlar qiyinchiliklarda sustlashmaydigan, fitnalarda titiramaydigan, temirday mustahkam mavqedasizlar. Shu sababli sizlarning azmu-qaroringlar yanada kuchayib bormoqda, og‘izlaringdan haq so‘zlar otilib chiqmoqda, bu dunyoga bir, Oxiratga ming marotaba nazar solmoqdasizlar. Demak, sizlarga shunday Hizb muborak bo‘lsin, Hizbga sizlarning a’zoligingiz qutlug‘ bo‘lsin.

 Qadrli musulmon birodarlar! Yuqoridagi tarixiy voqeaga nazar soladigan bo‘lsak, qachon musulmonlar Islomiga maxkam yopishgan vaqtda aziz bo‘lishagini ko‘ramiz. Ular tarixda Fors va Vizantiyani haqqa bosh egdirishdi. Endilikda Islomda mustaxkam bo‘lgan musulmonlar Evropani, Amerikani, Rossiyani, Xitoyni, Yaponiya va boshqalarni haqqa bo‘ysundirishadi.

 Qadrli mumulmonlar, Payg‘ambar ﷺ Forsni fath bo‘lishini boshorat qilgan edi, bu amalga oshdi, Konstantinopolni fath qilinishini boshorat qilgan edi, bu ham amalga oshdi. Endi Rimni fath bo‘lishi ham amalga oshadi. Chunki, buni Payg‘ambar ﷺ bashorat qilgan. Shuningdek, Payg‘ambar ﷺ jabr qiluvchi va zo‘rovon podishoxlardan keyin roshid Xalifalik tiklanishini ham bashorat qilgan. Xalifalik tiklanganidan keyin yahudiylar bilan urushib ularni mag‘lub qilishimizni ham bashorat qilgan. Bu bashoratlar ham albatta amalga oshadi. Faqat, biz bularni ro‘yobga chiqarish yo‘lida harakat qiluvchilardan bo‘lib qolaylik. Alloh bularni amalga oshirishni farishtalarga buyrigan emas, mana bizga, bandalariga buyrigan! Ajab emas, mana shunda Rimni fath qiluvchi amirlardan yoki uning qo‘shini safidagilardan bo‘lib qolsak…

 Bu yo‘lda harakat qilish esa Payg‘ambar ﷺ ko‘rsatib ketgan tariqat bo‘yicha bo‘ladi, ya’ni Islomiy Davlat tiklanadi, uning xalifasi qo‘shinini tayyorlaydi va qo‘shin amirini tayinlaydi. Fathlar mana shunday amalga oshadi. Unga qadar Islom Davlatini tiklash ham Payg‘ambar ﷺ ko‘rsatib ketgan tariqat bilan bo‘ladi. Bu tariqat fikriy-siyosiy kurash olib borish. Buni esa Hizb ut-Tahrir ko‘rsatib bermoqda.

 Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.