Ilmoniy rejim o‘zining qulashidan ogohlantirmoqda va kuchini ayollarga ko‘rsatmoqda

420
0

Ilmoniy rejim o‘zining qulashidan ogohlantirmoqda va kuchini ayollarga ko‘rsatmoqda

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ayollar qanoti 2019 yil 8 dekabr yakshanba kuni Muruj shahrida seminar o‘tkazdi. Unda ustoz (opamiz) Zaynab Dajbiy «G‘arbning fuqarolik jamiyatlari orqali o‘tkazayotgan bosimi», nomli nutq so‘zladi. Shundan so‘ng o‘zini xavfsizlik idorasi xodimi deb tanishtirgan shaxs uning ota-onasiga bog‘langan. Zaynab Dajbiy turmushga chiqqan, bolali ayol bo‘lib, turmush o‘rtog‘i bilan yashaydi. Xavfsizlik xodimi uning otasiga Zaynab Dajbiy taftish bo‘limiga chaqirilayotgani haqida og‘zaki bildirish bergan.

Zaynab Dajbiyning oila a’zolari rasmiy so‘rovnoma talab qilishgach, unga ta’sir o‘tkazish uchun akasini hibsga olishgan. Chunki qonun bo‘yicha chaqiruv qog‘ozi olish imkoniyati bo‘lmagan. Zaynab Dajbiy o‘z huquqlari borasida qattiq turganidan keyin, akasini qo‘yib yuborishgan.

Zaynab Dajbiyning advokati 2019 yil 11 dekabr kun bo‘yi turli vaqtlarda yuqoridagi bo‘lim bilan bog‘lanishga harakat qilgan. Kunduzi soat 11:45dan kechki soat 16gacha ular bilan uchrashuv vaqtini belgilash va chaqiruv qog‘ozi olish borasida harakat qilgan. Lekin ular boshlig‘imiz yo‘q, deb bahona qilishgan. Himoya talabi ish kunining oxirgi payti, ya’ni kech soat 5da qabul qilingan.

Ajablanarli joyi shundaki, vaqt kech bo‘lib qolgani va kelishning iloji bo‘lmagani tufayli uchrashuv boshqa kunga ko‘chirildi. 2019 yil 12 dekabr payshanba kuni uchrashiladigan bo‘ldi.

Biz Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi ayollar qanoti xodimlari aytamizki:

–             Ustoz (opamiz) Zaynab Dajbiy yo‘liqayotgan ushbu ishlar uning Hizb ut-Tahrir safidagi siyosiy faoliyatiga bog‘liq. Zero siyosiy muhosaba, ayniqsa Zaynab Dajbiy so‘zlagan nutq ushbu Hizbning tariqatidir.

–             Jamoatchilikka shuni bayon qilamizki, ustoz (opamiz) Zaynab Dajbiyga qarshi amalga oshirilayotgan ta’qiblar davlat muassasalari orqali siyosiy hisobotlarni bir yoqli qilishdir. Shuningdek, G‘arb malaylari yurtdagi xolis kishilarga qarshi amalga oshirayotgan urushga xavfsizlik va sud organlarini ham tortishdir.

–             Hizb ut-Tahrir a’zosi ustoz Zaynab Dajbiyning nutqi tufayli manfaatlariga putur etayotgan G‘arb malaylariga aytamizki, ayollarga kuchini ko‘rsatish erkaklarning ishi emas.

–             Yurtga qarshi til biriktirgan dushmanlarga aytamizki, qamash, ushlab turish hamda repressiya va zulm bilan qo‘rqitish na Zaynab Dajbiy va na boshqa Hizb a’zosi bo‘lgan ayollarni to‘xtatib qoladi. Balki ular Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni tiklash sari yurishda davom etadilar.

–             Biz barchaga shuni e’lon qilamizki, Hizb ut-Tahrirning ayollar qanoti qo‘rqituvlarga bosh egmaydi. Bu shafqatsizliklar ularni farzlar tojini tiklash uchun da’vat olib borishdan to‘sa olmaydi.

–             Biz o‘zini erkinliklarni himoya qiluvchi va demokratik, deb hisoblayotgan rejimning zolim diktatorlik uslublarini muvaffaqiyatsizligining dalili hamda axloqiy va siyosiy jihatdan qulaganining belgisi deb bilamiz.

–             Biz bu ilmoniy rejimga aytamizki, adolat gullab yashnashning asosi, zulm esa uni vayron qiluvchisidir.

وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنْقَلَبٍ يَنْقَلِبُونَ

«Zolim kimsalar esa yaqinida qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar» [Shuaro 227]

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.