Tunis qo‘zg‘oloniga to‘qqiz yil to‘lishi munosabati bilan Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati qo‘zg‘olonni Islom bilan poyoniga etkazish uchun yurt ahli g‘ayratini qo‘zg‘amoqda

502
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tunis qo‘zg‘oloniga to‘qqiz yil to‘lishi munosabati bilan Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati qo‘zg‘olonni Islom bilan poyoniga etkazish uchun yurt ahli g‘ayratini qo‘zg‘amoqda

Tunisning Sidi Buzid viloyatidan boshlangan qo‘zg‘olonning to‘qqiz yilligi munosabati bilan Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati Tunis ahlining g‘ayratini qo‘zg‘ash maqsadida siyosiy tadbirlar boshladi. Toki, ushbu Zaytuna va Qayravon Tunisi ahli butun Ummatni to‘liq mukammal ozod etishga qodir hazoriy loyiha, sifatida o‘z Islomlaridan foydalansinlar. Jumladan, 2019 yil 13 dekabrda Hizb ut-Tahrir a’zolari Sidi Buzid masjidida juma namozi o‘qilgandan so‘ng namoyish o‘tkazdilar. Namoyishda roya va livolar ostida nutq so‘zlandi va ushbu

لِنَجْعَلَهَا لَكُمْ تَذْكِرَةً وَتَعِيَهَا أُذُنٌ وَاعِيَةٌ

«Biz buni sizlar uchun eslatma-ibrat qilish uchun va anglaguvchi quloqlar anglab-eshitib olishlari uchun (qildik)» [Haqqo 12]

degan oyati karima sarlavha qilingan otkritka yurtning aksar rayonlarida tarqatildi. Otkritkada «Ey Tunis ahli qayoqqa ketmoqdasiz?!», «Tog‘utni nima uchun quvdingiz, ojiz demokratiyani olib kelish uchunmi, axir, shuncha yillar davomida bu demokratiyadan baxtsizlik va muvaffaqiyatsizlikdan boshqa narsa olmadingiz-ku?!» kabi izohli savollar yozilgan. Uning so‘nggida Tunis ahliga bunday deyildi: «… Shuni bilingki, Islomsiz hayot bo‘lmaydi, davlatsiz Islom bo‘lmaydi va u Rosululloh ﷺ barpo qilgan davlatdir».

Shuningdek, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati 16 dekabr kuni bir forum uyushtirdi. «Tunis davlatga muhtoj, sizlarga emas. Allohga qasamki, Islom va Xalifalik kerak», deya nomlangan bu forumda ustoz Ali Saidiy kirish nutqini so‘zlab, unda so‘nggi saylovning vazifasi korruptsiyani umrini uzaytirish va Alloh shariatini barpo etish yo‘lidan Ummatni to‘sish bo‘lgani haqida gapirdi va bunga ayni rejimning ahvolini dalil qilib keltirdi. So‘ng Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi a’zosi ustoz Said Xesharem nutq so‘zladi. Uning nutqi «Demokratiya kufr tuzumidir, u qo‘zg‘oloningizni adashtirdi va o‘g‘irladi, sa’y-harakatingizni falaj qildi va sizni halokat yoqasiga olib keldi», deb nomlandi. So‘ng nutqni ustoz Muhammadnosir Shuvayxa ayni forumning nomi berilgan nutqni taqdim etdi.

Darhaqiqat, Sidi Buziddagi qo‘zg‘olonning to‘qqizinchi yili nishonlangan kuni bu tadbirlar g‘oyat avjiga chiqdi. Masalan, qo‘zg‘olon bo‘lgan maydonda qator nutqlar so‘zlandi. Uning ortidan yig‘ilganlar bilan jonli munozaralar qilindi va bu yig‘ilganlar tomonidan ijobiy qarshilandi. Shuningdek, Tunisdagi musulmonlardan mustamlakachilar bilan aloqani uzish kerakligi hamda ushbu Islom qo‘zg‘olonining sog‘ omon xavfsizlik qirg‘og‘iga etib oladigan shaklda tamomlash zarurligi yozilgan shiorlar ko‘tarib chiqildi.

Roya gazetasining 2019 yil 25 dekabr chorshanba kungi 266-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.