Muborak Falastin zaminidagi nufuzli kishilar Oli Tamimiy maydonida CEDAW konventsiyasiga qarshi yig‘ildilar

487
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Muborak Falastin zaminidagi nufuzli kishilar Oli Tamimiy maydonida CEDAW konventsiyasiga qarshi yig‘ildilar

G‘arbiy Sohilning shimoli, g‘arbi va markazidagi turli urug‘lar va rayonlardan kelgan muborak Falastin zaminining minglab nufuzli kishilari Falastin rejimi imzo chekkan, tasdiqlagan va yurtda amalda tatbiq qilayotgan CEDAW konventsiyasiga norozilik bildirish uchun 2019 yil 21 dekabr shanba kuni Xalil shahridagi Oli Tamimiy maydoniga yig‘ildilar.

Xalilning nufuzli kishilari va oqsoqollari ayni yig‘inni, Islomga qarshi kurashayotgan, oila va jamiyatni buzayotgan, buzg‘unchilik, fahsh va razolat tarqatayotgan CEDAW konventsiyasiga qarshi kurashish maqsadida uyushtirdilar.

Yig‘inda o‘nlab kishilar nutq so‘zlab, barchalari ayni konventsiyaga qarshi kurashish zarurligiga ittifoq qildilar. Notiqlardan ko‘pchiligi uning bandlari haqida so‘z yuritdi. Ayniqsa, zinoga va abortga ruxsat bergan, erkakning ayollar ustidan rahbarligi va valiyligini bekor qilgan, merosda erkak bilan ayolni teng qilgan, aqida va ahkom jihatidan Islomga zid kelib, oila va jamiyatni buzayotgan bandlarga to‘xtalib o‘tdilar.

Notiqlar Falastin zaminidan ayni mash’um konventsiyadan darhol chiqishni talab qildilar hamda uni Falastin ahliga zo‘rlab tatbiq qilishga urinishdan ogohlantirdilar. Ushbu muborak zamin ahli bu konventsiyaga hargiz rozi bo‘lmayotganlarini, o‘z hurmat va nomuslarini, oilalari, ayollari va qizlarini himoya qilib, turli uslub va vositalar bilan unga qarshi kurashajaklarini ta’kidladilar. Notiqlar shuningdek, Falastin ahlining Islomni sevadigan, u uchun molu jonlarini fido etadigan, hech kimning Islomga qarshi adovat qilib, uning ahkom va shariatiga jur’at qilishlariga yo‘l qo‘ymaydigan musulmon er kishilari ekanliklarini bildirib o‘tdilar.

Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini ham ushbu ulug‘ chaqiriqqa labbay, deya hozir bo‘ldi. Uning Falastindagi matbuot bo‘limi a’zosi doktor Mus’ab Abu Arqub nutq so‘zlab, Hizbning CEDAW konventsiyasiga nisbatan rasmiy pozitsiyasini bayon qildi. Abu Arqubga ko‘ra, bunday konventsiyaga imzo chekish jinoyatdir. Chunki undan muslima ayolga ziyon etkizish, iffat va poklikka qarshi kurashish, shuningdek, Falastinda mustamlakani kengaytirib, uning fikrlarini yoyish, u erdagi bosqinchilikni umrini uzaytirish hamda yurtni mustamlakachi kofir oyoqlari ostida ushlab turish ko‘zlangan. Doktor Abu Arqub Falastin rejimining bizga davlat va’da qilingan, degan bahona bilan xalqaro standartlar va shartlarni qabul qilishi, gunohdan ham yomon bahonadir, dedi. Keyin – «Bu mustamlakachi davlatlar qachon orzu-umidlarimizni ro‘yobga chiqarib berishgan?!», «Davlat va saltanat uchun din, hazorat va madaniyatlar qachongacha sotiladi?!», kabi savollarni o‘rtaga tashladi. Doktor Turmush qurishni o‘n sakkiz va undan yuqori yoshga belgilash muslima ayolni buzish qarorlaridan biri ekanini ta’kidladi. Bu konventsiyada muslimani so‘nggi qo‘rg‘oni, ya’ni, oila qo‘rg‘onini ham buzish ko‘zlanganidan ogohlikka chaqirdi hamda bu mustamlakachi kofir G‘arbga hamda uning Falastin va barcha musulmon o‘lkalarida ko‘zlagan mustamlakachilik loyihasiga xizmat qiladi, dedi.

Doktor Abu Arqub – bugun taniqli kishilarimiz o‘z nutqlarida CEDAW konventsiyasining bekor qilinishini talab qilayotgan ekanlar, Hizb ut-Tahrir ularning ayni harakatlarining birinchi safida xizmat qiladi, dedi. Falastin rejimi va uning gumashtalariyu qo‘llab-quvvatlovchilariga qarshi haqiqatni baralla aytmoq darkorligini, Hizbning doim Islom daxlsizligi va musulmonlar nomusini himoya qilib kelgani va shunday bo‘lib qolajagi odamlarga yaxshi ma’lumligini ta’kidladi.

Shunday qilib, yig‘inning yakuniy bayonotida CEDAW konventsiyasi va uning oqibatlaridan saqlanmoq lozimligi qayd etilib, Falastin rejimidan darhol bu bitimdan chiqish talab qilindi. Shuningdek, yig‘ilganlar turmush qurishni o‘n sakkiz va undan yuqori yoshga belgilash qaroriga ham norozilik bildirib, yurtdagi barcha feministik tashkilotlarni yopib tashlashni va ularning maktablarga aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildilar. Shuningdek, Xalil shahrida, oila va jamiyatni vayron qiladigan, ahkom va aqida jihatidan Islomga qarshi kurashadigan bunday konventsiyani bekor qilinishini talab qiluvchi bir namoyish uyushtirilajagini e’lon qildilar.

Roya gazetasining 2019 yil 25 dekabr chorshanba kungi 266-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.