Putin Ruslarni birdamlikka chaqirdi
Rossiya prezidenti Viladimir Putin Rossiya fuqorolarini yangi yil bilan tabriklar ekan, rus xalqini birdamlikka chaqirdi. 2019 yili Putinning xalqi orasidagi obro‘yi eng past darajada e’tirof etildi. 2019 yili Putin rejimiga qarshi norozilik aktsiyalari Moskvadan tortib boshqa shaharlarida bir necha marotaba davom etdi. “Azattыk”
Tahlil: Har qanday Davlat, xalq yoki jamoalar o‘rtasida ularni birlashtirib turuvchi robita (uyushtiruvchi, birlashtiruvchi asos) bo‘ladi. Robirta biror mabda (o‘z tuzimiga ega bo‘lgan aqida), ruhiy aqida yoki o‘tkinchi vaqtinchalik manfaatlar (millatchilik, vatanparvarlik kabi) bo‘lishi ham mumkin.
Rossiyani birlashtirib turgan kuchli robita mavjud emas. Sovetlar Ittifoqidan keyin Rossiyada betainlik, qarama qarshi dunyoqarashlar, vatanparvarlik va milliylik asosidagi robitalar mavjud bo‘lib, ularning birortasi davlat fuqorolarini birlashtirishda e’tiborli quvvatga ega emas. Putin rejimi tashqi kuchlardan vahima yasab, ruslarda vatanparvarlik tuyg‘ularini paydo qilish yo‘li bilan mamlakatda etakchilikni egallab olgan edi. To‘qsoninchi yillar oxirlarida Putin o‘zining komandasi bilan mamlakat ichkarisida bir qator qo‘poruv amaliyotlarini uyushtirib, tashqarida Chechenistonga bostirib kirish bilan o‘z xalqida vatanparvarlik tuyg‘ularidan kelib chiqqan robitani paydo qilgan edi.
Bugunga kelib, tashqi kuchlardan tajovuz xavfi tufayli kuchaytirilgan vatanparvarlik robitasi Rus xalqini birlashtira olmay qoldi. Putin bir qator jurnalistlar bilan birlashib, Ukraina, Nato va G‘arb olamining Rossiyaga nisbatan agressor qilib ko‘rsatish maqsadida matbuot kurashi olib boryapti. Lekin Ruslar uning uzoqqa cho‘zilgan bu nayranglaridan zerikib, G‘arbparast kuchlar ta’siri ostida Putinga qarshi noroziliklarni ifodalay boshlashdi.
Vatanparvarlik robitasi faqat urush yoki urush xavfi ochiq namoyon bo‘lganidagina xalqni birlashtira oladi. G‘arbning Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar qo‘yishi faqat Putinning olib borayotgan zayif siyosati oqibatidan ekanini anglab etgan xalq, o‘z farovonliklari Putindan qutilish ortida ekanini tushunib etishyapti. Bu esa vaqt o‘tishi bilan albatta potrashi aniq bo‘lgan keskin saqofat “mina”si bo‘lib, Rossiya va unga tobe bo‘lgan barcha davlatlarda kutilayotgan tabiiy inqirozdir. Putin Rus xalqini endi birlashtira olmaydi!
Abdurazzoq Mo‘’min.