Sisiy Kinona boyliklaridan voz kechishda davom etmoqda

481
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sisiy Kinona boyliklaridan voz kechishda davom etmoqda

Ustoz Said Fazl. Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati matbuot bo‘limi a’zosi

Misrliklar prezidentlari Abdulfattoh Sisiyning Nahza to‘g‘oni ishidagi muvaffaqiyatsizliklaridan hamon o‘zlariga kelganlari yo‘q. Zero, Nahza to‘g‘oni ishi ularning jon tomirlariga, ya’ni, Nil daryosiga xavf solmoqda. Sisiyning tusmoldan olib borayotgan ayni siyosati yurtning 7 ming kub metr iqtisodiy suvining yo‘qotilishiga olib keldi va bu Gretsiya foydasiga bo‘ldi. Al-Jazira o‘zining veb-saytida 2019 yil 4 dekabrda fosh qilgan hujjatlarga ko‘ra, Misr tashqi ishlar vazirligi Misr-Gretsiya o‘rtasidagi dengiz chegaralarini delimitatsiya qilish bo‘yicha Gretsiya taklifiga rozi bo‘lmaslikni tavsiya qilgan, bu bilan Afina O‘rta Er dengizi sharqidagi Misrning gazga bo‘lgan huquqini poymol qilgan edi… Ammo shularga qaramay, Misr prezidenti kelishuvni bajarishda qattiq turibdi.

Aftidan, Sisiy Misr xalqiga hech qanday boylik qoldirmaguncha hokimiyatni tark etmaslikka qaror qilgan ko‘rinadi! U Ummat dushmanlariga boyliklarni sotib, garovga, hatto tekinga berib yubordi… Yoki bu Oq uydagi xo‘jayinlari yuklagan vazifa bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham uni hokimiyatda ushlab turishibdi. Axir, u Kinona boyliklaridan ular qaysinisini xohlashsa, happa-halol qilib berayotgan bo‘lsa. Bulardan tashqari, ushbu chegaralarini demarkatsiya qilish shartnomasi bilan yurt boyliklari G‘arbga qo‘sh-qo‘llab topshiriladi, Misr ahliga esa, itqitib berilgan ushoqlar qoladi, xolos. Shuningdek, bu shartnomadan bosqinchi yahudiy vujudi ham foydalanadi. Masalan, mana shunday shartnoma orqali Ummat boyliklaridan voz kechayotgani etmagandek, endi kelajakda bu bosqinchi yahudiylar regional va xalqaro jihatdan, energetikada ham muhim rolga ega bo‘lishadi va bu xalqaro qonun bilan emas, Sisiy kabilarning shunday siyosatlari orqali amalga oshadi. Bundan tashqari, xoh O‘rta Er dengizida bo‘lsin, xoh Qizil dengizda bo‘lsin, bu shartnomalar taqozosiga ko‘ra, Saudiya ham Tiran, ham Sanafir orollarini qo‘lga kiritadi. Oqibatda, ikki orol o‘rtasidagi bo‘g‘ozda yahudiy vujudi harakatlanishga haqli bo‘lib oladi, xalqaro qonunga muvofiq ikkala rejim istamasa ham haqli bo‘lib oladi. Shuningdek, yahudiy vujudi ayni shartnomalardan keyin o‘zi bilan Gretsiya o‘rtasidagi gazni Misr suvlaridan boshqa tomondan o‘tkazib olishga muvaffaq bo‘ladi. Bu degani, mintaqa energetikasining asosiy markazi yahudiy vujud bo‘lib qoladi, Sisiy da’vo qilgandek Misr emas. Bundan tashqari, ayni shartnomalardan yahudiy vujudini tan olish hamda uni mintaqadagi tan olmagan xalqlar bilan qorishtirib yuborish ko‘zlangan. Bu esa, aslida yahudiy vujudining o‘ziga hamda bu vujudning mintaqada energetika bo‘yicha hukmronga aylanishiga bog‘liq bo‘lgan manfaatni qo‘lga kiritish da’vosi ostida amalga oshiriladi.

Misr rejimi va unga o‘xshagan boshqa rejimlarining asl basharasi shuki, ular kofir G‘arbning shunchaki bir mardikorlaridir. G‘arb ularni faqat o‘zi uchun yasab, G‘arb manfaatlarini himoya qilishlari va yurtlarimiz boyliklarini o‘g‘irlab ketishiga imkoniyat yaratib berishlari uchun olib keldi. Yo‘q, bundan ham hayratlanarlisi shuki, Kinona yurtidagi xolis farzandlar, ayniqsa, qo‘shinlar o‘z yurtlari boyliklaridan voz kechilayotganiga sukut qilishyapti hamda bu voz kechish ularning ko‘z o‘ngida, ularning g‘amxo‘rlik va mudofaasi bilan bo‘lyapti… ularning qurollari Sisiy rejimining halokatli qarorlariga qarshi chiqqan har bir xolis ahlimizni bostirishga ishlatyapti!

Shubhasiz, bu shartnomalar ham, Misr boyliklaridan voz kechishdagi avvalgi va keyingi natijalar ham, barcha-barchasi mutlaqo botildir. Misr ahli bu rejimni ag‘darish chog‘ida ularga rozi bo‘lib, amal qilmasligi kerak. Shuningdek, uni tan olmaslik hamda o‘sha shartnomalar asosida harakat qilmaslik lozim. Zero, yahudiy vujudi Ummat zaminini bosqinchisi bo‘lib, biz bilan bu vujud o‘rtasida urush holatidan boshqa holat yo‘q. Uni yurtlarimizdan ildizi bilan qo‘porib tashlash lozim. Ummat boyliklari anavi hukmdorlar mulki emas. Alhol, bu hukmdorlar uni o‘zlariga mulk hisoblab, istaganlaricha tasarruf qilishmoqda hamda chirib qolgan taxtlarini saqlab qolish yo‘lida G‘arbga qo‘sh qo‘llab topshirishmoqda. Aslida bu boyliklar Ummat mulki bo‘lib, odamlar uchun ularni avaylab-asrash davlatning vazifasidir. Buning amaliy yo‘li esa, yangi hazoriy loyihasiz hargiz amalga oshmaydi. Chunki shu loyiha Ummat aqidasi bilan uyg‘un bo‘lib, unga ko‘ra, avvalo bu boyliklardan voz kechish oqimini to‘xtatiladi, so‘ng o‘g‘irlab ketilgan boyliklar qaytariladi.

Bunga qodir birdan-bir hazoriy loyiha Hizb ut-Tahrir ko‘tarib chiqqan Islom loyihasidir. Bu loyiha Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikda hamda fuqarosiga amal qilishni buyuruvchi shar’iy ahkomlarda gavdalangan loyihadir. Zero, roshid Xalifalik G‘arbning musulmon yurtlaridagi boylik manbalariga ega chiqishini oldini oladi va G‘arbni u erlardan chiqarib yuboradi. Demakki, Xalifalik davlati bilan yahudiy vujudi o‘rtasida na sulh bo‘ladi, na shartnoma va na bitim, bil’aks, bu vujuddan Falastin tozalanmog‘i vojib. Biroq Xalifalik loyihasi Kinona armiyasidagi ayni rejimdan, uning Sisiyidan va boshqa rejimlardan qattiq nafratlangan hamda Misrga o‘z boyliklarini qaytarib beruvchi haqiqiy uyg‘onish uchun bel bog‘lagan kishilarga muhtoj. Ushbu qo‘shin Hizb ut-Tahrirda mavjud bo‘lgan va u taqdim etayotgan loyihani anglab etmog‘i darkor. Chunki faqat shu loyihadagina ular orzu qilayotgan yaxshiliklar bor, shu loyiha bilangina Misrning iqtisod, siyosat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va xavfsizlik sohalari kabi barcha sohadagi muammolari hal bo‘ladi. Bularning barchasining echimi Islomda bor bo‘lib, bular uchun o‘ziga xos ahkomlar tuzib chiqilgan. Bu ahkomlarda ayni sohalar bilan qanday muomala qilish hamda musulmon va g‘ayrimusulmonlardan iborat Xalifalik fuqarolarining haq-huquqini qanday ta’minlash yo‘llarini bayon qilingan. Islom bularni to‘liq bayon qilgan bo‘lib, fuqaroga nisbatan hukmdorlar sustkashlik qilsa yoki Islomni noto‘g‘ri tatbiq qilsa yoxud odamlar haqqini ado qilishga e’tibor bermasa, ulardan hisob so‘rashni buyurdi. Toki, ular o‘z odilliklari bilan, din, rang va irqlaridan qat’iy nazar, o‘z fuqarolariga haq-rost g‘amxo‘rlik qilsinlar.

Ey Kinona yurtidagi xolis qo‘shinlar!

Qadimda Qutz o‘z qo‘shini amirlariga nisbatan ajoyib pozitsiyada turgan. Ularni hukmdorlarning jinoyatlariga jim turishlari uchun pora sifatida berilgan harom moldan voz kechishga targ‘ib qilib o‘tirmagan. Aksincha, ularni o‘zlarining halol mollaridan Alloh yo‘lida infoq-ehson qilishga targ‘ib qilgan va o‘zi bu borada ulardan o‘zib ketgan bo‘lib, doimo «Agar Islom tomonida biz turmasak, kim turadi?», deya ularga Allohni eslatib turgan. Biz ham sizga Allohni eslatyapmiz, qachon ajalimiz etganda biz ham, siz ham Uning huzuriga bormay qolmasligimizni aytyapmiz… U kunda Sisiy rejimi Ummatingizga qarshi sodir etayotgan jinoyatlariga sukut saqlaganingiz uchun sizga berilayotgan bu mollar va siz uchun maxsus tuzib berilayotgan bu loyihalar aslo foyda bermaydi. Aksincha, agar siz bu poralardan yuz o‘girib, ulardan va ularni berayotgan rejimdan Alloh oldida qo‘lingizni poklab olmasangiz hamda diningizga va Islom davlatini barpo qilayotgan kishilarga nusrat bermasangiz, bu poralar o‘zingizni yoquvchi olovga aylanadi. Zotan, Islom davlatigina odamlarga Islomni tatbiq qiladi va hidoyat va nur sifatida uni butun olamga etkazadi. Bas, Islom bilan biz bo‘lmasak, kim bo‘ladi, siz unga yordam bermasangiz, kim beradi, sizdan boshqa Islomni kim aziz qiladi?! Allohga yordam bering, U ham sizga yordam-nusrat beradi va bu dunyoda kuch-qudratni, oxiratda izzat-hurmatni peshonangizga bitib qo‘yadi, bu dunyoda esa, sizning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatingiz bo‘ladi.

Allohim, ushbu Xalifalikni bizga tezroq muyassar ayla va bizni unga askarlik qiladiganlardan va uni o‘z ko‘zlari bilan ko‘radiganlardan qil.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar» [Anfol 24]

Roya gazetasining 2019 yil 11 dekabr chorshanba kungi 264-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.