Da’vo qilingan maqsadlar va asl maqsadlar

524
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Jahon Savdo Tashkiloti

Da’vo qilingan maqsadlar va asl maqsadlar

Doktor Faraj Mamduh

Jahon Savdo Tashkiloti GATT (tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim)ning vorisidir.

Jahon Savdo Tashkiloti xalqaro savdo qonunlarga taalluqli yagona global tashkilot bo‘lib, qarorgohi Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan. 2016 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, ushbu tashkilot 164 davlatni a’zolar sifatida, 20 davlatni kuzatuvchilar sifatida o‘z ichiga olgan.

Uning maqsad va vazifalari: Savdo oqimini mumkin qadar muammosiz, oson va erkin ravishda ta’minlashdan hamda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o‘rtasidagi munosabatlar bevosita kechayotgan paytda – garchi ular turli mamlakatlarda bo‘lsalar ham – savdoni yanada barqarorlashtirishdan iborat. Tashkilot bularni quyidagi bir necha siyosatlar orqali amalga oshiradi:

1 – Bir qator tovarlarga bojxona to‘lovlarini kamaytirish;

2 – Savdo cheklovlarini, ayniqsa, davlatlar tomonidan import soniga nisbatan qo‘yilgan miqdoriy cheklovlarni (kvotalarni) engillashtirish. (Misol uchun, yiliga ellik million dollardan ortiq sigareta olib kirishni taqiqlash kabi);

3 – A’zo davlatlarni rivojlantirish, tashkil etish va imtiyozlar berish uchun ma’lumot va imkoniyatlar bilan ta’minlash. Shuning uchun davlatlar rivojlanish uchun hamda axborot va xizmatlar sohasida orqada qolmaslik uchun bu tashkilotga a’zo bo‘lishga shoshilishadi.

Biroq, bu tashkilotlar yashiradigan bosh maqsadlar ham bor. U ham bo‘lsa, qashshoq va rivojlanayotgan davlatlarda kapitalistik davlatlar va yirik shirkatlar uchun bozorlar ochish, shu orqali ayni bozorlarni nazorat qilib, ularning ustidan hukmronlik qilishdir. Buning oqibatida, ayni kichik davlatlar o‘z byudjetlari kamomadini bartaraf etish va bozorlarini himoya qilish uchun ulkan kreditlarga muhtoj bo‘ladilar. Keyin kreditlar Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Fondidan o‘tkazib beriladi. Shunday qilib, bu davlatlar og‘ir qarz va kreditlar tuzog‘iga tushadi, oxir borib, siyosiy jihatdan ayni mustamlakachi davlatlar irodasiga tobe davlatlarga aylanishadi.

Odatda, bozorlar davlatlarga muhtoj bo‘ladi. Davlat bu bozorlarni o‘sishiga yordam beradi, xususan, xorijdagi kapitalni va kapital egalarini qo‘lida ushlab turgan doiralarning «o‘yin bozorlari»ga aylanib qolishlaridan himoya qiladi. Shuningdek, bu doiralarning yurtdagi bozor va savdoni monopoliya qilishlari, shu orqali ichki mahsulot va milliy valyutani zaiflashtirishlari xavfidan saqlaydi. Agar shunday himoya bo‘lmasa, ayni davlatlar iqtisodiy krizisga uchraydi, o‘z navbatida, bankrot bo‘lishga va valyutasi kursi o‘ynashiga majbur bo‘lib, kredit ortidan chopadigan davlatlarga aylanadi.

Shuning uchun ham, Jahon Savdo Tashkiloti, Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Fondi bular falaj qiluvchi va o‘ldiruvchi uchlikdir. Bu uchlik xalqlarni mustamlakachilarning siyosatlari hamda narx-navo, hatto oziq-ovqat kabi asosiy ehtiyoj mollari narxini belgilovchi ko‘rsatmalariga va xususiylashtirish siyosatlariga qarab yuradigan qilib qo‘yadi. Zero, xususiylashtirish siyosati hukumatning aksar sektorlarini mustamlakachi davlatlarga mulk qilib beradi. Bu va boshqa ishlar kreditning aslini emas, protsentini to‘lashga majburlovchi tejamkorlik va qashshoqlashtirish siyosatidir.

Alloh xayringizni bersin, Amerikaga qarang, u Jahon Savdo Tashkilotini ham, uning iddao qilingan maqsadini ham depsab ketmoqda. Bu xalqaro savdo harakatini engillashtirish, erkinlashtirish va imtiyozlar berish maqsadlari edi. Amerika bo‘lsa, tovarlarga bojxona tariflari belgilayapti, o‘zi ishlab chiqqan qonunlar o‘zining manfaatiga zid kelib qolgan paytda ulardan qochib qutulyapti. Aynan shunday munosabatni Amerika BMTga nisbatan ham qo‘llaydi. Masalan, o‘z manfaati BMT manfaati bilan qarama-qarshi kelib qolsa, bu tashkilotni ham, uning Xavfsizlik Kengashini ham sariq chaqaga olmay, istaganini qilib ketadi, xuddi 2003 yil Iroqni bosib olganda qilgani kabi.

Demak, odamlar, ayniqsa musulmonlar, xalqlarni va yurtlarni falaj qiladigan, iqtisodiyotidan tortib, valyutasigacha vayron qiladigan bunday mustamlakachi uchlik tashkilotidan saqlanmoqlari lozim.

Aynan malay davlatlar shunday tashkilotlarga kirib, Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Fondidan kredit olishyapti… Maqsad, ularning xalqlarini mustamlakachi davlatlar va ularning kampaniyalari qo‘liga o‘yinchoq qilib berishdir. Shuning uchun ham musulmonlar bunday mustamlakachi tashkilotlardan qo‘llarini yuvib, qo‘ltiqqa urmoqlari va shu orqali bozorlarimiz, boyliklarimiz, yurtlarimizni bo‘rilar va iqtisodiy qotillar qo‘lidan tortib olmoqlari darkor.

Ayni tashkilotlarga rioya qilayotgan yoki ular bilan hamkorlik qilayotgan har qanday musulmon davlat bizni mustamlaka qilish, bozorlarimiz va valyutalarimizni zaiflashtirish, iqtisodimiz va yurtlarimizni xonavayron qilishda o‘shalarga sherikdir. Bas, shunday ekan, mustamlakachilarning richaglari bo‘lgan bunday xalqaro tashkilotlardan juda-juda saqlanmoq lozim.

Roya gazetasining 2019 yil 11 dekabr chorshanba kungi 264-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.