بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savolga javob
«Qazoni faqat duo qaytaradi» hadisini qanday tushunsa bo‘ladi?
Savol:
Hizb ut-Tahrir tomonidan tabanniy qilingan Tafkirul islomiy kitobida duo qadarni qaytarmaydi hamda qazo va Allohning ilmini o‘zgartirmaydi degan iboralar keladi. Ayni paytda mening fikrimcha, Qur’on va hadis matnlari bu tushunchaga ziddir. Chunki Rosululloh ﷺ:
«لَا يَرُدُّ الْقَضَاءَ إِلَّا الدُّعَاءُ»
«Qazoni faqat duo qaytaradi», deganlar. Bu erda yana shu ma’nodagi hadislar bor va ular duo qadarni o‘zgartirishini isbotlaydi… Nususlar bilan kitobda kelgan ushbu qarama-qarshilikka nisbatan qanday munosabat bildiriladi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
Javob:
Ko‘rinib turibdiki, siz Tafkirul islomiy emas (bu birinchi xato), balki Islomiy fikr kitobida kelgan narsaga ishora qilyapsiz. Savolingizda kelgan ikkinchi xato esa, sizning (tabanniy qilingan kitob) degan so‘zingizdir, chunki u kitob tabanniy qilingan emas. Idoriy to‘plamda shunday deyilgan (Hizb chop etgan, lekin tabanniy qilinmagan kitoblar ularga amirning ismi yoziladimi, yoki Hizbning boshqa a’zosining ismimi bundan qat’iy nazar, ular halqalarda o‘qilmaydi). Shundan so‘ng kitoblar ro‘yxati keltiriladi va ular orasida (Islomiy fikr) kitobi ham bor. Nima bo‘lganda ham siz o‘sha kitobda kelgan mana bu jumlaga ishora qilyapsiz: (Lekin shu narsa yorqin bo‘lishi lozimki, duo Allohning ilmidagi biror narsani o‘zgartirmaydi, qazoni daf qilmaydi, qadarni qaytarmaydi va sababsiz biror narsani paydo qilmaydi. Chunki Allohning ilmi albatta ro‘yobga chiqadi va qazo qilgan narsasi albatta bo‘ladi. Agar uni duo qaytara olganda qazo bo‘lmas edi. Alloh qadar qilsa, duo uni qaytara olmaydi…). Siz ushbu iboralarni
«إِنَّ الدُّعَاءَ يَرُدُّ الْقَضَاءَ»
«Albatta duo qazoni qaytaradi»,
«لَا يَرُدُّ الْقَدَرَ إِلَّا الدُّعَاءُ»
«Faqat duogina qadarni qaytaradi», degan hadislarga zid demoqchisiz. Shuningdek, ushbu ziddiyatga qanday munosabat bildiriladi, deb so‘rayapsiz.
Savolingizga javob berishdan oldin mavzuga aloqador ayrim ishlarni muqaddima tarzida keltirib o‘taman:
1 – Duoning Islomdagi o‘rni va Allohning izni bilan uning ijobat bo‘lishi… Bu mavzu haqida bir qancha oyat va hadislar kelgan:
– Alloh Taolo aytadi:
وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ
«Parvardigorlaringiz: «Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman», dedi. Albatta Menga ibodat qilishdan kibr-havo qilgan kimsalar yaqinda bo‘yinlarini eggan hollarida jahannamga kirurlar» [G‘ofir 60]
– Hokim o‘zining Mustadrakida Abu Hurayradan chiqargan hadisda Rosululloh ﷺ aytadilar:
«لَيْسَ شَيْءٌ أَكْرَمَ عَلَى اللَّهِ مِنْ الدُّعَاءِ»
«Alloh uchun duodan ko‘ra qimmatliroq narsa yo‘q». Imom Ahmad o‘zining Musnadida Abu Saiddan chiqarishicha Rosululloh ﷺ aytdilar:
«مَا مِنْ مُسْلِمٍ يَدْعُو بِدَعْوَةٍ لَيْسَ فِيهَا إِثْمٌ وَلَا قَطِيعَةُ رَحِمٍ إِلَّا أَعْطَاهُ اللَّهُ بِهَا إِحْدَى ثَلَاثٍ إِمَّا أَنْ تُعَجَّل لَهُ دَعْوَتُهُ وَإِمَّا أَنْ يَدَّخِرَهَا لَهُ فِي الْآخِرَةِ وَإِمَّا أَنْ يَصْرِفَ عَنْهُ مِنْ السُّوءِ مِثْلَهَا قَالُوا إِذاً نُكْثِرُ قَالَ اللَّهُ أَكْثَرُ»
«Agar biror musulmon Allohga duo qilsa, uning duosida gunoh va qarindoshlik aloqalarini uzish bo‘lmasa, Alloh unga uch narsadan birini beradi. Yoki uning duosini tezda ijobat qiladi yoki uni oxiratga qoldiradi yoki uni mana shu duosi barobar yomonlikdan uzoq qiladi. Shunda sahobalar, unday bo‘lsa yanada ko‘proq duo qilamiz deyishdi. Shunda Rosululloh ﷺ: Alloh sizlarning qilgan duolaringizdan ko‘ra ko‘proq ijobat qiluvchi zotdir, dedilar». Ushbu hadisni Hokim o‘z mustadrakida Abu Saiddan chiqargan.
Ushbu dalillar Alloh Taolo mo‘min bandasi qancha ko‘p duo qilsa, shuncha ko‘p yaxshi ko‘rishini bayon qilyapti. Shuningdek, Imom Ahmad musnadida kelganidek, duoning ijobati uch narsaning biri bo‘lishini bayon qilyapti… Ijobat Lavhul-mahfuzda yozilgandir. Shuning uchun azalda bitilgan narsagina sodir bo‘ladi. Bu quyiroqda keladigan qadarning dalillarida bayon qilingan.
2 – Agar biror masala haqida muayyan hukmni ifodalaydigan qat’iy dalil bo‘lsa va xuddi shu masala haqida boshqa hukmni ifodalaydigan sanadi sahih zonniy dalil bo‘lsa, shuningdek u qat’iy dalilga zid bo‘lsa, bunday holatda ikki dalil jamlanadi. Chunki ikkala dalilni ishlatish birini e’tiborsiz tashlab qo‘ygandan afzaldir. Agar ularni jamlash imkoni bo‘lmasa, qat’iy dalil olinadi. Zonniy dalil esa, diroyatan rad etiladi. Chunki uning sanadi sahihdir. Sanadi zaif bo‘lganda edi, butunlay inkor qilinar edi.
3 – Qadar haqidagi dalillar:
Alloh Taolo aytadi:
وَكَانَ أَمْرُ اللَّهِ قَدَراً مَقْدُوراً
«Allohning amri irodasi taqdiri azaliy bo‘ldi» [Ahzob 38]
قدرا so‘zining ma’nosi azalda bitilgan deganidir.مقدورا so‘zining ma’nosi esa bo‘lishi shart bo‘lgan degan ma’nodadir, demak bo‘lishi shart va azalda bitilgan ish deganidir. Bundan tashqari quyidagi oyatlarni misol qilish mumkin:
ومَا يَعْزُبُ عَنْ رَبِّكَ مِنْ مِثْقَالِ ذَرَّةٍ فِي الْأَرْضِ وَلا فِي السَّمَاءِ وَلا أَصْغَرَ مِنْ ذَلِكَ وَلا أَكْبَرَ إِلا فِي كِتَابٍ مُبِينٍ
«Eru osmondagi bir zarra misolichalik, undan ham kichikroq (yoki) kattaroq biron narsa Parvardigoringizdan maxfiy bo‘lmas — albatta ochiq Kitobda (ya’ni, Allohning azaliy yozmishida) mavjud bo‘lur» [Yunus 61]
عَالِمِ الْغَيْبِ لا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلا فِي الأَرْضِ وَلا أَصْغَرُ مِنْ ذَلِكَ وَلا أَكْبَرُ إِلا فِي كِتَابٍ مُبِين
«U G‘aybni bilguvchi Zotdir. Osmonlar va erdagi bir zarra misolichalik, undan ham kichik (yoki) katta biron narsa (Alloh)dan maxfiy bo‘lmas — albatta ochiq Kitobda (ya’ni, Allohning azaliy yozmishi — Lavhul-mahfuzda u) mavjud bo‘lur» [Saba’ 3]
مَا أَصَابَ مِنْ مُصِيبَةٍ فِي الأَرْضِ وَلا فِي أَنْفُسِكُمْ إِلا فِي كِتَابٍ مِنْ قَبْلِ أَنْ نَبْرَأَهَا إِنَّ ذَلِكَ عَلَى اللَّهِ يَسِيرٌ
«Na erga va na o‘zlaringizga biron musibat etmas, magar (etsa) Biz uni paydo qilishimizdan ilgari Kitobda (Lavhul-Mahfuzda bitilgan) bo‘lur. Albatta bu Allohga osondir» [Hadid 22]
– Shuningdek qadar yoki Lavhul-mahfuzda yozilganlik haqida hadislar ham vorid bo‘lgan:
Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ shunday deydilar:
«جَفَّ الْقَلَمُ بِمَا أَنْتَ لاَقٍ»
«Sen nimaga yo‘liqishing haqida qalam yozib bo‘lgan», ya’ni sen nimaga yo‘liqishing haqida azalda yozib qo‘yilgan… Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimizga Jabroil alayhissalom kelgani hamda u kishidan Islom va imon haqida so‘ragani haqida rivoyat qilgan. O‘sha hadisda shunday keladi: Menga imon haqida xabar bering desa:
«أَنْ تُؤْمِنَ بِاللَّهِ وَمَلائِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ وَتُؤْمِنَ بِالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَشَرِّهِ»
«Allohga, farishtalariga, kitoblariga, elchilariga, oxirat kuniga hamda qadarning yaxshi-yu yomoni Allohdan ekaniga imon keltirishingdir», deb javob berganlar. (Buxoriy rivoyati). Boshqacha aytganda, Alloh Taolo maxluqotlarni yaratishidan oldin yaxshi va yomonni belgilab qo‘yganiga imon keltirishing, deganidir. Rosululloh ﷺ aytadilar:
«لاَ يُؤْمِنُ عَبْدٌ حَتَّى يُؤْمِنَ بِالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَشَرِّهِ حَتَّى يَعْلَمَ أَنَّ مَا أَصَابَهُ لَمْ يَكُنْ لِيُخْطِئَهُ وَأَنَّ مَا أَخْطَأَهُ لَمْ يَكُنْ لِيُصِيبَهُ»
«Banda qadarning yaxshisiyu yomoniga imon keltirmagunicha, unga etadigan narsa xato qilmasligi va unga atalmagan narsa unga etmasligiga imon keltirmagunicha mo‘min bo‘lmaydi». (Termiziy rivoyati)…
Abul Abbos Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilishicha, u kishi aytadi: Bir kuni Roslulloh ﷺ ortida turgan edim, u kishi ﷺ shunday dedilar:
«يا غُلاَمُ، إِنِّي أُعَلِّمُكَ كَلِمَاتٍ، احْفَظْ اللَّهَ يَحْفَظْكَ، احْفَظْ اللَّهَ تَجِدْهُ تُجَاهَكَ، إِذَا سَأَلْتَ فَاسْأَلِ اللَّهَ، وَإِذَا اسْتَعَنْتَ فَاسْتَعِنْ بِاللَّهِ، وَاعْلَمْ أَنَّ الأُمَّةَ لَوْ اجْتَمَعَتْ عَلَى أَنْ يَنْفَعُوكَ بِشَيْءٍ لَمْ يَنْفَعُوكَ إِلاَّ بِشَيْءٍ قَدْ كَتَبَهُ اللَّهُ لَكَ، وَلَوْ اجْتَمَعُوا عَلَى أَنْ يَضُرُّوكَ بِشَيْءٍ لَمْ يَضُرُّوكَ إِلاَّ بِشَيْءٍ قَدْ كَتَبَهُ اللَّهُ عَلَيْكَ، رُفِعَتْ الأَقْلامُ وَجَفَّتْ الصُّحُفُ»
«Ey bola men senga bir necha so‘zlarni o‘rgataman. Agar Allohning buyruqlariga itoat qilsang, Alloh seni saqlaydi va seni hidoyatga etaklaydi. Biror narsa so‘rasang Allohdan so‘ra, yordam so‘rasang Allohdan so‘ra. Bilginki, agar senga biror foyda keltirish uchun odamlarning barchasi yig‘ilsa-da, Alloh senga yozgan narsanigina bera olishadi. Agar senga zarar keltirish uchun barchasi yig‘ilsa-da, Alloh senga yozgan narsani keltirishadi. Qalam ko‘tarilgan va sahifalar qurigan». Termiziy rivoyati.
4 – Endi duo qazoni, boshqa rivoyatda esa qadarni o‘zgartirishi haqidagi ikki hadisni bayon qilamiz:
– Hokim o‘zining Mustadrakida Ibn Abbosdan, u Savbondan rivoyat qilishicha Payg‘ambarimiz ﷺ shunday dedilar:
«إِنَّ الدُّعَاءَ يَرُدُّ الْقَضَاءَ»
«Albatta duo qazoni qaytaradi». Hokim Abdulloh ibn Abu Ja’d, u Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ shunday deydi:
«لَا يَرُدُّ الْقَدَرَ إِلَّا الدُّعَاءُ»
«Duodan boshqasi qadarni qaytarmaydi». Hokim bu hadisni isnodi sahih degan, lekin ikki shayx chiqarmagan.
5 – Qadar haqida kelgan dalillar, xususan dalolati qat’iy oyatlarni o‘rganib chiqsak, Alloh Taolo eru osmondagi barcha narsalarni o‘lchab belgilab qo‘ygani va bu borliqdagi har bir narsa Allohning qadari bilangina yuz berishini tushunamiz. Demak, Alloh yozib, belgilab qo‘ygan narsa albatta sodir bo‘ladi, undan boshqacha bo‘lishining imkoni yo‘q. Biror narsa qadarni qaytara olmaydi.
Yuqoridagi hadisdan esa, duoning qadar yoki qazoni qaytarishi tushunilmoqda. Demak, bu erda qadar haqida kelgan qat’iy dalillar bilan ziddiyat borga o‘xshaydi. Shuning uchun hozirgina aytib o‘tganimizdek avvalo ushbu hadislarni qat’iy dalillar bilan jamlaymiz. Shunda ham imkoniyati bo‘lmasa, hadis diroyatan rad etiladi…
6 – Ushbu ishni chuqur fikrlagan va Allohdan tavfiq so‘ragan holda aytamanki:
a) «لَا يَرُدُّ الْقَدَرَ إِلَّا الدُّعَاءُ» «Duodan boshqasi qadarni qaytarmaydi», hadisi qadarni qaytaradi, ya’ni o‘chiradi degan haqiqiy ma’nosi bilan diroyatan rad etiladi. Chunki Lavhul-mahfuzda yozilgan ish albatta sodir bo‘ladi, buning boshqa imkoni yo‘q. Shuningdek, uni ortga surib bo‘lmaydi va uni o‘chirib ham bo‘lmaydi. Shuning uchun jamlash imkoniyati yo‘q ekan, ushbu hadis diroyatan rad etiladi. Bunday holatda qadar haqida kelgan qat’iy dalillar olinadi, ya’ni qadar ro‘y berishidan boshqa chora yo‘q va u qaytarilmaydi… Lekin hadisni diroyatan rad etishdan oldin qat’iy dalillar bilan zonniy dalillarni jamlashga qattiq harakat qilinishi shart. Chunki ikki dalilni ham ishlatish ulardan birini e’tiborsiz qoldirishdan afzaldir.
b) Usul ilmida haqiqiy ma’noni qo‘llashni man qiladigan qarina bo‘lsa, majoziy ma’no olinadi. Bu erda qadar haqidagi qat’iy dalillar qarinadir. Shunga ko‘ra, hadisdagi qadar yoki qazo majoziy ma’noda qo‘llaniladi. Bu erda mana shunday qo‘llanishi joiz, ya’ni qadarning ta’sirini qaytaradi, degan bo‘ladi. Boshqacha aytganda, qadar sababli kelib chiqqan (musabbab) narsa qasd qilinadi. Bunday holatda sabab zikr qilinsa-da musabbab qasd qilinadi. Masalan (Er yomg‘irni undirdi) desangiz, bu erda yomg‘ir sabab, lekin siz musabbab, ya’ni o‘simliklarni qasd qilgan bo‘lasiz. Shu kabi qadar deganda uning majoziy ma’nosi, ya’ni uning ta’siri yoki natijasi qasd qilingan. Demak duo qazo yoki qadarning ta’sirini qaytaradi. Chunki mo‘min kishiga biror qazo yoki qadar joriy bo‘lsa, masalan u bemor bo‘lib qolsa, yoki bolasidan ajrasa yoki bankrot bo‘lsa yoki tijoratda zarar ko‘rsa va duo qilsa, uning ta’sirini qaytaradi. Hasan ibn Ali roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda aytiladiki: Rosululloh ﷺ menga shunday so‘zlarni o‘rgatdilar, men ularni vitr nomozidagi qunutda aytishni odat qildim. Ular:
«اللَّهُمَّ اهْدِنِي فِيمَنْ هَدَيْتَ… وَقِنِي شَرَّ مَا قَضَيْتَ…»
«Allohim hidoyat qilganlaring qatori meni ham hidoyat qil… O‘zing qazo qilgan narsalarning yomonligidan saqla…», so‘zlari edi. Mo‘min kishi Allohga duo qilsa va qazo qilgan narsalarning yomonligidan asrashi haqida ko‘p so‘rasa, Alloh qazoning ta’sirini engillashtiradi. Ya’ni Alloh o‘sha qazoga chidamli va sabrli bo‘lishni nasib etadi. Shuning uchun mo‘minga qazo joriy bo‘lsa-da, uning hayoti shirin bo‘laveradi. Boshqacha aytganda, qazo u uchun engil bo‘ladi va go‘yo uning duosi qazoni qaytargan bo‘ladi. Chunki Alloh uni o‘sha qazoni ko‘tarishda chidamli va sabrli qilib qo‘yadi… Qancha kishilar borki, oddiy tikon kirishi natijasida kuchi zaiflashib, ishlari ostin-ustin bo‘lib ketgan. Lekin qancha kishilar borki, musibat ko‘rsa-da, mana shu musibatning ta’siri va yomonligidan saqlashini Allohdan so‘ragan. So‘ng sabr qilib, ishida davom etgan va go‘yo uni qaytargan. Hadis shu tarzda tushuniladi, boshqacha aytganda, qadar sodir bo‘lishidan boshqa chora yo‘q. Lekin mo‘min bandaning ishonch va ixlos bilan qilgan duosi uning ta’sirini ketkazadi, uni engil qilib qo‘yadi va uni chidamli va sabrli bo‘lishiga ko‘maklashadi, natijada unga musibat engil bo‘lib qoladi. Bularning barchasi Lavhul-mahfuzda yozilgan, Ularni Alloh belgilab qo‘ygan va azaldan biladi… Lavhul-mahfuzda yozilgan har bir narsa mana shu bandaga belgilangan. U uchun belgilangan muayyan musibat albatta sodir bo‘ladi… Banda o‘sha qadarning yomonligidan Allohdan panoh so‘raydi. Alloh Taolo bandaning duosini ijobat qilib, o‘sha qadarga chidamli va sabrli qilib qo‘yadi. Natijada, go‘yo o‘sha qadar ro‘y bermagandek bo‘ladi.
Hadis mening taxminim (rojih deb bilishim) bo‘yicha shunday tushuniladi.
7 – Bu haqidagi bilimni va foydalarni ziyodalashtirish uchun quyidagilarni bayon qilaman:
a) (Taysir fi usulit tafsir) nomli kitobimda shunday keladi:
Duoning ijobat bo‘lishi degani qadarni yoki Lavhul-mahfuzdagi yozilgan narsani yoki Allohning ilmini o‘zgartiradi degani emas. Boshqacha aytganda, ijobat degani Alloh Taolo bandaning duosi va unga bo‘ladigan ijobatni bilmagan va u Lavhul-mahfuzda yozilmagan degani emas. Balki uni va azalda yozilganini Alloh biladi… Qadar Allohning ilmidir, boshqacha aytganda Lavhul-mahfuzda yozilgandir. Barcha narsalar unda azaldan yozilgan. Alloh Taolo falonchi u zotga duo qilishini biladi. Agar Alloh Taolo uning duosini ijobat qilishni belgilab qo‘ygan bo‘lsa, o‘sha banda shunday va shunday deb duo qiladi hamda uning duosi shunday va shunday tarzda ro‘yobga chiqadi deb yozilgan bo‘ladi… Demak, duo Alloh bilmagan va Lavhul-mahfuzda yozilmagan, yangi paydo bo‘lgan narsa emas. Ijobat ham shu kabidir. Har bir narsa Lavhul-mahfuzda yozilgan, Alloh Taolo g‘aybni biladi, u zot bandasi nima deyishi va nima qilishini biladi. Har bir narsa azaldan yozilgan. Alloh Taolo o‘z bandasi qiladigan duoni biladi, u qanday bo‘lsa o‘shandayligicha yozib qo‘yilgan. Duoning ijobati ham shu kabidir, u Alloh qanday xohlasa, shunday yozilgan. Shuning uchun duo va uning ijobati Allohning ilmidan yuqori narsa emas. Balki ular qanday sodir bo‘lsa o‘shandayligicha Lavhul-mahfuzda yozib qo‘yilgan. Chunki Alloh Taolo g‘aybu shahodatni bilguvchi zotdir.
لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ
«Osmonlar va erdagi bir zarra misolichalik biron narsa (Alloh)dan maxfiy bo‘lmas» [Saba’ 3]
b) Hijriy sanada vafot etgan Shofeiy mazhabi ulamolaridan Abu Muhammad Husayn Bag‘aviy o‘zining Sunnat sharhi kitobida shunday deydi: (Abdulvohid ibn Ahmad Malihiy… Abdulloh ibn Abu Ja’ddan, u esa Savbondan rivoyat qilgan hadisda Rosululloh ﷺ shunday deydilar:
«لا يَرُدُّ الْقَدَرَ إِلا الدُّعَاءُ»
«Duodan boshqasi qadarni qaytarmaydi»… Aytdimki: Abu Xotam Sijistoniy: (Kishi doim duo qilishi natijasida u uchun qazo shirin tuyuladigan bo‘lib qoladi va go‘yo qazoni o‘chirganday bo‘lib qoladi…).
v) Hijriy 1014 sanada vafot etgan Abul Hasan Nuriddin mulla Haraviy Qorining Mushkotul masobih kitobi sharhi bo‘lmish Mirqotil mafotih kitobida shunday deyilgan:
(«لا يَرُدُّ الْقَدَرَ إِلا الدُّعَاءُ Duodan boshqasi qazoni qaytarmaydi», hadisidagi qazo azalda bitilgan ish degan ma’nodadir… Qazoni rad etish deganda so‘zning haqiqati iroda qilingan bo‘lsa, go‘yo bo‘lmaganidek ishni engillashtirishdir…).
Mana shular etarli degan umiddaman. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar bo‘lsin.
16 robiul-avval 1441h
13 noyabr 2019m