Imron Xon rahbarligidagi Pokiston rejimi jinoyatkor Hindiston bilan munosabatlarni normallashtirishga bor kuchi bilan intilmoqda!

397
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Imron Xon rahbarligidagi Pokiston rejimi jinoyatkor Hindiston bilan munosabatlarni normallashtirishga bor kuchi bilan intilmoqda!

Pokiston bosh vaziri Imron Xon mintaqaviy tinchlikka chaqirdi. Hindiston bilan Pokiston o‘rtasida do‘stona munosabat Janubiy Osiyoda tinchlikka erishish uchun juda muhimligini ta’kidladi. Imron Xon «Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqda tinchlik va taraqqiyot» nomli 2019 yilgi Margala konferentsiyasining yopilish sessiyasida qilgan nutqida «Biz Pokiston va Hindistonda bir-birimizga qarshi jang qilish o‘rniga, qashshoqlik, iqlim o‘zgarishi va ocharchilik muammolariga qarshi kurashishimiz mumkin», dedi. U Hindiston hujumlari sababli mintaqadagi munosabat xatarli ekanidan xalqaro hamjamiyatni ogohlikka chaqirib, «hozir xalqaro hamjamiyatning aralashishi uchun juda zarur vaqtdir, aks holda, oqibat butun dunyoga ta’sir qiladi», dedi.

Roya gazetasi sharhi:

Imron Xon rahbarligidagi Pokiston hukumati tashkil topgandan buyon Hindiston bilan munosabatlarni normallashtirishga bor kuchi bilan harakat qilib kelmoqda. Bir vaqtning o‘zida, Hindistondagi Modi hukumati o‘zini bosmoqchi emas. Zero, u bosib olingan Kashmirda olib borayotgan o‘zining repressiv siyosatida hamda chegara chizig‘ida joylashgan Ozod Kashmirdagi musulmonlarga nisbatan adovatini davom ettirishda haddidan oshmoqda. Bu dushman davlatga adovatlarini tobora kuchaytirishiga esa, Pokiston rejimining yumshoq siyosati qo‘l kelyapti. Bu – o‘tgan etmish yilda yaqqol namoyon bo‘lib kelgan holatdir.

Ammo Islomda hech qanday kofir davlat bilan doimiy tinchlik imzolanmaydi. Hindiston yarim orolida tinchlik, musulmonlarning Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan boshqargan vaqtidagina mavjud bo‘lgan. Zero, Hindistonni dunyoning iqtisodiy motoriga aylantirgan Islomdir. Islom bilan hukm yuritilgan davrda Hindiston yarim orolidagi barcha millat va elatlar tinch-osuda hayot kechirganlar. Ammo u erdagi tuzum va boshqaruv shakli o‘zgargach esa, mintaqa qashshoqlikka botdi. Biroq Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik orqali qayta Islom hukmron bo‘lsa, bu kapitalistik tuzum qasddan joriy qilayotgan repressiya, zulm va qashshoqlik albatta yo‘q bo‘ladi.

Roya gazetasining 2019 yil 4 dekabr chorshanba kungi 263-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.