بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi Tiyor gazetasi bosh muharriri ustoz Usmon Mirg‘anini ziyorat qildi
Dushanba kuni Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati delegatsiyasi Tiyor gazetasi bosh muharriri ustoz Usmon Mirg‘anini ziyorat qildi. Bu ziyorat Hizb ut-Tahrirning Ummat bilan jonli muloqot qilish uchun davlatdagi siyosiy doiralar va ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikning bir qator qatlamlari bilan uchrashishi doirasida amalga oshirildi. Delegatsiyaga Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi rasmiy notig‘i yordamchisi ustoz Muhammad Jome (Abu Ayman) raislik qildi, unga Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi a’zosi ustoz Ibrohim Musharraf hamrohlik qildi. Tiyor gazetasi ofisida o‘tkazilgan ayni uchrashuvdan maqsad, aloqa ko‘prigini qurish hamda Hizbning Ummatga taqdim etayotgan echimlari, qarashlari va g‘oyalari ustida munozara va muloqot olib borish, shuningdek, axborot vositalarining Hizb nashralari va faoliyatini yoritib borishdagi rollarini muhokama qilishdir. Uchrashuvda shu xususda keng munozara bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya hamda Usmon Mirg‘ani shu kabi uchrashuvlarni tez-tez uyushtirib turish borasida kelishib oldilar. Ustoz Usmon Tiyor gazetasi uyushtirgan bir programmada Hizbning mehmon bo‘lganidan mamnun ekanini bildirdi. Shuningdek, Hizbning odamlar bilan aloqa qilish uchun olib borayotgan keng ko‘lamdagi axborot faoliyatini ham olqishladi.
Roya gazetasining 2019 yil 4 dekabr chorshanba kungi 263-sonidan