Rossiya Islomga qarshi urushini davom ettirmoqda

449
0

Rossiya Islomga qarshi urushini davom ettirmoqda

Rossiya federatsiyasining Rostov shahridagi janubiy harbiy sudi 2019 yil 12 dekabrda «Yaltadagi Hizb ut-Tahrir ishi» nomli sud jarayonida qrimlik olti kishini 7 yildan 19 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga hukm qildi.

Muslim Alievga 19 yil, Anvar Bekirovga 18 yil, Emir Useyn Kukuga 12 yil, Vadim Serukga 12 yil, Rifat Alimovga 8 yil va Arsen Japarovga 7 yillik qamoq jazolari e’lon qilindi. Ular Hizb ut-Tahrirga a’zolik va tashkilot tuzishda ayblangan edilar.

Rossiya davlati Qrimni bosib olganidan keyin besh yil ichida «Hizb ut-Tahrir ishi» nomli sud jarayonidan beshtasini o‘tkazdi. Ularda musulmonlarga terror bilan shug‘ullangan degan soxta ayblar qo‘yildi.

Hizb ut-Tahrir olamshumul siyosiy hizb bo‘lib, islomiy o‘lkalarda fikriy va siyosiy kurash orqali islomiy hayotni qayta tiklashga harakat qiladi. Bu partiya moddiy ishga qo‘l urmasligi bilan ajralib turadi va buni butun olam biladi. U 40dan ortiq davlatda 60 yildan ko‘proq vaqtdan beri faoliyat qilib keladi. Hizbni zo‘ravonlik amaliyotlari bilan shug‘ullanishda ayblashga harakat qilish shubhasiz arzimas harakatdir.

Rossiya sudlari Hizbni terrorizmda ayblagan. Lekin terror amaliyotini sodir etish yoki unga tayyorgarlik ko‘rish yoki uni rejalashtirish haqida na sud hujjatlarida keltirilgan na mutaxassislar tomonidan aytilgan va na guvohlar topilgan. Chunki bu sud jarayonlarida qurollar, o‘ldirilganlar va jarohat olganlar haqida birorta dalil topilmaydi.

Bu sud jarayoni ushbu birodarlar o‘rtasidagi islomiy mavzudagi so‘zlashuvlarning shubhali tahliliga tayanadi.

Unda ahmoqlik va tentaklik aniq ko‘rinib turibdi. Bu yigitlarga shunchalik uzoq muddatli qamoq jazosi berilganki, Rossiyada hatto odam o‘ldirgan, bolalarga tegajoqlik qilgan va ayollarni zo‘rlagan shaxslarga ham bunday jazo berilmaydi.

Sudga havola etilgan bu masala boshqa haqiqatga dalildir. U ham bo‘lsa, Rossiyaning Islomga, da’vatchilarga va bu buyuk dinimizning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashayotganidir.

Rossiya na terrorizm, na jinoyatchilar va na odamlarning xavfsizligiga e’tibor beradi. Shuning uchun bu ishlarning barchasi sof, pok va xolis musulmonlarga qarshi bo‘lgan uning adovatini yashirish uchun parda xolos. Chunki ular o‘z fikrlari va taqvolari bilan nafaqat musulmonlar, balki barcha odamlarga o‘rnak bo‘lmoqdalar.

Islom fikratidan xavfsirash Rossiyaning bugungi hukumatini jinoyatchilar bilan til biriktirishga majburlayapti. Shuningdek, ushbu buyuk ilohiy dinga da’vat qilayotganlarni sud qilishga majburlayapti. Natijada, da’vatchilar tasavvur qilib bo‘lmaydigan qamoq jazolariga hukm qilinmoqda.

Rossiya hukumati nafaqat Qrim, balki Rossiyadagilarga ham shunday muomala qilmoqda. Qrimdagi musulmonlarga nisbatan sodir etilayotgan ishlar Rossiyaning mamlakat ichida Islomga qarshi amalga oshirayotgan jinoyatkorona siyosatining bir qismidir. Biz bu kabi ishlarga Shimoliy Kavkaz, Volga bo‘yi mintaqasi va Suriyada guvoh bo‘lmoqdamiz. Alloh Taolo bu kabi tog‘utlar haqida Qur’oni karimda shunday deydi:

 وَمَا نَقَمُوا مِنْهُمْ إِلَّا أَنْ يُؤْمِنُوا بِاللَّهِ الْعَزِيزِ الْحَمِيدِ

«Ular (mo‘minlardan) faqat u (mo‘min)lar qudrat va maqtov egasi bo‘lgan Allohga imon keltirganlari uchungina o‘ch oldilar!» [Buruj 8]

Biz Qrimdagi musulmonlarga shunday deb murojaat qilamiz:

Rossiya Qrimdagi musulmon tatarlarga birinchi marta hujum qilmayapti, balki u Qrim musulmonlariga hech qanday sababsiz ko‘p marta hujum qilgan.

Bu kabi hujumlar Chor Rossiyasi va kommunistik partiya davrida ham bo‘lib o‘tgan. Bugungi Rossiya federatsiyasi esa, ushbu jinoyatkorona siyosatning qonuniy merosxo‘ridir. Bu siyosat umuman olganda barcha islomiy xalqlar va xususan Qrimdagi musulmonlarga qarshi siyosatdir.

Qrim tatarlari 1944 yilda xoin deb surgun qilingan bo‘lsa, o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida ularga ekstremist tamg‘asi yopishtirildi. Bugun esa, ularning eng afzal kishilari terrorizmda ayblanmoqda.

Ey Qrimdagi musulmonlar! Ekaterina ikkinchi va Stalin kabi tog‘utlar sizlarga qarshi ulkan jinoyatlarni amalga oshirdi. Ular nafaqat Qrimdagi islomiy ko‘rinishni yo‘q qilishga, balki sizlarni ushbu muborak zamindan butunlay chiqarib yuborishga urinishdi. Lekin o‘zlari o‘lib, qabrlarga kirishdi. Ayni paytda sizlar shuncha qarshiliklarga qaramay, matonat ko‘rsatdingiz. Kun o‘tgan sayin kuchga to‘ldingiz hamda Islom hukmlarini to‘g‘ri fahmlab, ularni tatbiq qilishga harakat qildingiz. «Terrorizmga qarshi kurashayotgan»lar yashirinadigan kunlar yaqinlashib qoldi. Chunki o‘tmishda sizlarni xiyonat va ekstremizmda ayblaganlar rejimlari bilan yo‘q bo‘lib ketishdi. Sizlar yaqin kunlarda erlaringiz salomat qolgani va hayotingizda Islomni tatbiq qilganingiz bilan faxrlanasiz.

 وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

«O‘sha kunda mo‘minlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar. (Alloh) O‘zi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

Hizb ut-Tahrirning Ukrainadagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.