CEDAW konventsiyasi Islomga qarshi urush va muslima ayolni buzuqlikka boshlashdir

519
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

CEDAW konventsiyasi Islomga qarshi urush va muslima ayolni buzuqlikka boshlashdir

Muslima Shomiy (Ummu Suhayb)

Birlashgan Millatlar Tashkilotining xotin-qizlar masalasi bo‘yicha Oliy Komissariyati tuzgan SEDAW (Xotin-qizlarga nisbatan diskriminatsiyaning barcha shakllariga barham berish) konventsiyasi, Islomning ijtimoiy tuzum va erkak bilan ayol munosabatlari bilan bog‘liq ahkomlariga qarshi eng xavfli vositalardan biri hisoblanadi. Unga Islom olamidagi aksariyat davlatlar imzo chekishgan bo‘lib, bu bilan konventsiya bandlarini – bu bandlar dinga yoki urf-odatlarga mos kelishi yo mos kelmasligidan qat’iy nazar – tatbiq qilish majburiyatini o‘z zimmalariga olishgan. Bu konventsiya mazmuni erkak bilan ayol o‘rtasida adovat muhitini paydo qiladi hamda ikkisi o‘rtasidagi hayotni go‘yo mojaroli, adolatsiz va zulm hayoti deb hisoblaydi.

Konventsiya asosiy e’tiborni erkak bilan ayol o‘rtasida mutlaq tenglik yaratishga hamda ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishga barham berishga qaratadi, shuningdek, erkak bilan ayol o‘rtasidagi har qanday ziddiyatni ayol va uning huquqini kamsitish, deb baholaydi. Erkakning oila boshlig‘i bo‘lishi hamda merosda butun nasiba egasi ekanligi va boshqa huquqlarini ayol va uning huquqlarini toptash, deb hisoblaydi va uni bekor qilishga chaqiradi!

Quyida Allohning ahkomlariga zid kelgan va tuzumlar, axborot vositalari, feministik tashkilotlar tarqatib, tatbiq qilayotgan konventsiya bandlaridan ayrimlarini keltiramiz:

–             SEDAWning o‘n uchinchi moddasi erkak bilan ayol o‘rtasida oiladagi moliya va boshqa yutuqlar bo‘yicha tenglikni, jumladan, merosdagi tenglikni o‘z ichiga olgan. Bunda ota-onalardan farzandlarga qolgan merosdan o‘g‘il bolalar bilan qiz bolalar barobar nasibaga ega bo‘lishadi, agar xotin erdan oldin o‘lsa, uning erining molidagi ulushi, erning xotindan meros qilib olgan moliga teng bo‘ladi va shunga o‘xshash Islom shariatining ochiq buzilishlari.

–             O‘n ikkinchi moddasida esa, hech qanday kamsitishsiz xotin-qizlarga to‘liq tibbiy xizmat ko‘rsatilishini talab qilish aytilgan. Shu jumladan, xotin-qizlarni – ularning turmush qurgan yoki qurmaganliklaridan qat’iy nazar – kontratseptik vosita (homiladorlikdan saqlanish moddalari) bilan ta’minlash. Ayollarning turmush qurgan yoki qurmaganliklariga e’tibor berish, konventsiyaga ko‘ra, nomaqbul kamsitishning bir turidir!! Bu esa, ayollar o‘rtasida fohishalikni keng yoyish va uni qulaylashtirish, demakdir.

–             O‘ninchi va o‘n birinchi moddalarda aytilishicha, ta’limda va o‘quv dasturlarida, shu jumladan, sport va san’atda mutlaq tenglik berilishi kerak!! Shuningdek, diskriminatsiyaning barcha shakllariga, jumladan, bilim yurtlarida o‘quvchi yigitlar bilan o‘quvchi qizlarning sinflarini ajratishdan hamda idoralar va ishxonalarda ularni alohida ajratishdan kelib chiqadigan barcha turlariga barham berish kerakligi aytilgan.

–             O‘n to‘rtinchi moddada ayollarning, ayniqsa, qishloq joylarda, uyda bo‘lishiga hamda ona va uy bekasi bo‘lib qolishiga barham berish aytilgan. Shuningdek, xotin-qizlarga jamoat ishlari mo‘ljallangani aytilgan, biroq bu shubhali «jamoat ishlari» haqida ochiq aytilmagan.

–             O‘n beshinchi moddada shariatning buzilishi juda ko‘p. Masalan, to‘rtinchi abzatsda xotin-qizlarning harakatlanish, safar qilish va turar-joy erkinligiga ega ekani, bunda erning rahbarligi, er yoki valiyning ruxsat berish-bermasligi e’tiborga olinmasligi aytilgan. Uchinchi abzatsda, ayollarning guvohligi qonun oldida erkaklarning guvohligiga teng, jazo-hadlari va qasosda ayollar guvohligini qabul qilish aytilgan. Shubhasiz, bu Qur’oni Karimdagi bir erkakning guvohligining ikki ayolning guvohligiga tengligi aytilgan matnga ziddir.

O‘n oltinchi moddada nikoh, ajrashish, oila rahbarligi va valiylikda erkak bilan ayolning huquqlari tengligi aytilgan. Yuqorida aytganimizdek, bu konventsiyaga musulmon yurtlarining ko‘pchiligi imzo chekkan. Shu jumladan, Falastin rejimi ham 2014 yil unga imzo chekdi va Falastinning shaxsiy holatlar to‘g‘risidagi ba’zi qonunlariga ayni konventsiyaga mutanosib ravishda o‘zgartirish kiritish bilan konvetsiya bandlarini tatbiq qilishda faollik ko‘rsatdi. Oilani himoya qilish qonunida esa, ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasiga oid asosiy vazifalariga aralashilgan hamda farzandlarni ota-onalarga itoat qilmaslikka, haqorat qilishga va oq bo‘lishga targ‘ib qilingan. Masalan, o‘g‘il o‘z otasi ustidan shikoyat ko‘tarib, uni qamatishi ajablanadigan hol bo‘lmay qoldi, chunki agar oilani himoya qilish tashkiloti otaning o‘z farzandiga tarbiya berish jarayonida kuch ishlatganini isbotlasa, uni javobgarlikka tortadi.

Falastin rejimi xotin-qizlar masalasi bo‘yicha vazirlik, ijtimoiy rivojlanish vazirligi, yoshlar va sport oliy kengashi kabi maxsus muassasalarni tuzdi. U erlarda SEDAW konventsiyasining ayrim bandlarini tatbiq qilish bo‘yicha loyiha va dasturlar ishlab chiqmoqda. Shuningdek, bu rejim Falastin rayonlarida «xotin-qizlar rivojlanishi» kabi bo‘limlarni hamda ularning jamiyatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha «Aloqa», deb atalgan markazlarni ochdi… Zotan, Falastin rejimi konventsiyaga imzo chekkandan boshlab, feministik markaz va tashkilotlar ko‘paygandan ko‘paydi.

Falastin rejimi o‘quv dasturlariga aralashib, o‘g‘il va qiz o‘quvchilarni hamma turdagi erkinliklardan foydalanishga hamda ularning aralash bo‘lishiga targ‘ib qildi. O‘quv dasturlarida, ommaviy axborot vositalarida, tadbirlar va o‘quv qo‘llanmalarida reproduktiv bilim¹ materiallari yaratdi. Shu bilan bir qatorda, o‘zlari da’vo qilishayotgan «voyaga etmaganlar nikohi»ga yoki «erta turmush qurish»ga qarshi kurash dasturlarini ishlab chiqdi.

Rejim Islom qadriyatlari va ahkomlariga zarba berish uchun G‘arb tomonidan moliyalashtiriluvchi qirg‘inbarot tashkilotlar, markaz va muassasalarga darvozalarni lang ochib berdi. Ayniqsa, feministik tashkilotlar va markazlarga keng imkoniyatlarni yaratib berdi. Zotan, buzg‘unchi feministik tashkilotlar va markazlar, maktab va universitetlarda dasturlar, seminarlar, uchrashuvlar, tajriba darslari, kurslar, kontsertlar, festivallar, turli tadbirlar o‘tkazadi, hatto uy bekalari bilan ham shunday tadbirlar uyushtirilishiga e’tibor beradi. Ko‘ngillilar faoliyati, dam olish, badiiy va meros asarlari, «milliy» tadbirlar, marafon va poygalar uyushtirildi. Hukumat bularni amalga oshirishga ma’lum narsani xotiralashni yoki ma’lum kasallikka qarshi ehtiyotkorlikni oshirishni dastak qilib ko‘rsatdi. Bular SEDAW o‘ninchi moddasidagi bandni amalga oshirish hisoblanib, unda «sport va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida ishtirok etishda ikki jinsning teng huquqliligini ta’minlash» aytilgan.

Yaqinda bu rejim nikoh yoshini ikkala jins uchun ham 18 yoshga belgilash to‘g‘risida qonun chiqardi. Ya’ni, u bir tomondan ikki jins o‘rtasidagi to‘siqni parchalab, jinsiy ehtiyojni jilovsiz qo‘ysa, ikkinchi tomondan, nikohdan qaytarmoqda! Bundan ham yomon buzg‘unchilik, buzish va fahshga targ‘ib qilish bo‘lishi mumkinmi?!

Biz rejimning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish rejasi va uning sakkizta maqsadi, degan narsani qabul qilganini ham unutganimiz yo‘q. Bu reja G‘arbning yurtdagi ta’lim, mafkura va ma’rifatga ko‘proq burun suqishiga imkon yaratish bilan birga, rivojlanish, degan niqob ostida o‘zining SEDAW konventsiyasini tiqishtirishiga yordam beradi. Zero, bularning barchasi fahsh ishlarni keng yoyish hamda Islom ahkomlariga qarshi kurashish vositasidir.

Boshqacha aytganda, bu SEDAW konventsiyasi da’vochilari musulmon oilani buzish va parchalash, ayolni o‘z dini, qadriyati, iffati, pokligi va hayosidan sug‘urishni ko‘zlashgan. Ayolning onalik va uy bekalik rolidan hamda himoya qilinish shart bo‘lgan nomusidan ajratib, ommaviy hayotga-ko‘chaga chiqarib yuborishdi. Buni xotin-qizlarning shaxsiy erkinliklari va haq-huquqlarini ta’minlash, saylovlarda ularga kvotalar berish, iqtisodiy, badiiy, meros imkoniyatlarini yaratish kabi soxta da’volar bilan amalga oshirishyapti… hamda iqtisodiy ehtiyoj, ishsizlik va qashshoqlikdan foydalanishyapti. Shu bilan birga, erkak-ayol o‘rtasidagi munosabatlarni hamda oilada erkakning rahbarligi hamda ayolning nomusi, sharafi, hayosini saqlash haqidagi tushunchalarni o‘zgartirib, erkak va ayollarning aralash yurishlarini kuchaytirishga, ikki jins o‘rtasidagi to‘siqlarni olib tashlashga harakat qilishyapti.

Ya’ni, bu – musulmonlarni G‘arbning har qanday qadriyatdan holi bo‘lgan buzuq yashash tarzini qabul qilishga majburlash, demakdir. Maqsad, ularni Islom va aqidalaridan uzish va shar’iy ahkomlarga amal qilishlariga yo‘l qo‘ymaslikdir. Zotan, Robbul olamin tuzgan ushbu shar’iy ahkomlar erkak-ayol o‘rtasidagi munosabatni tartiblashtirib qo‘ygan. Binobarin, oila va jamiyatni muhofaza qilgan. Ammo SEDAW da’vochilari jamiyatni Islomdan uzoqlashtirishni istashadi, toki, shu orqali jamiyatga hukmronlik qilishlari, uni o‘zlarining va malay hukmdorlarining nazorati ostida ushlab turishlari oson bo‘lsin.

Biroq Allohning izni ila, bu fitnalari aslo amalga oshmaydi va albatta omadsizlikka yuz tutishadi.

«Kofirlar sizni hibs qilish yo o‘ldirish yoki chiqarib yuborish uchun sizga makr qilgan paytlarini eslang! Ular makr qilurlar, Alloh ham «makr» qilur. Alloh «makkor»roqdir» [Anfol 30]

¹ Reproduktiv bilim: jinsiy aloqa, tug‘ish va tug‘dirish, jinsiy a’zolar va ularning faoliyati haqidagi bilimdir.

Roya gazetasining 2019 yil 27 noyabr chorshanba kungi 262-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.