Iordaniyalik faollar hukumatga qarshi chiqib vijdon tutqunlarini ozod etilishini talab qilmoqdalar

558
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Iordaniyalik faollar hukumatga qarshi chiqib vijdon tutqunlarini ozod etilishini talab qilmoqdalar

«Step News» axborot agentligi veb-sayti (hijriy 1441 yil 19 robiul-avval, milodiy 2019 yil 16 noyabr shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa, Iordaniya gazetalari «Qamoqqa olishlarni bas qiling» nomli kampaniyasi bilan to‘lib toshdi. Kampaniyada minglab iordaniyaliklar ishtirok etib, vijdon tutqunlarini ozod etilishini va hibsga olishlar to‘xtatilishini talab qilishdi.

Iordaniyaliklar xavfsizlik xizmati zo‘ravonliklariga, og‘iz ochishga qo‘ymaslik siyosatiga chek qo‘yilishini hamda faollarning siyosiy pozitsiya va qarashlari sababli ularga tazyiq o‘tkazish to‘xtatilishini talab qildilar. Xashtag orqali ishtirok etganlar huquqbonlar, jurnalistlar va Iordaniya jamoat arboblarini tashkil qildi.

«Yurtni vayron qilgan siyosiy tutqunlar emas. Yo‘q, bu yurtni hokimiyatdagilar va birov ularning qilmishlariga «to‘xta», deya olmaydiganlar hamda Iordaniya xalqini og‘iz ochishga qo‘ymaslik siyosatidan manfaatdor bo‘lganlar vayron qilishdi», deya yozdi iordaniyalik yozuvchi Valid Alimot».

Roya gazetasi sharhi:

Shuni ta’kidlash joizki, o‘tgan hafta Iordaniya rejimi xavfsizlik kuchlari Hizb ut-Tahrir a’zolaridan Anvar Abdudoim (Abu Horis) bilan Hisom Barakot (Abu Usoma)larni vahshiy va makr yo‘li bilan hibsga olishgan. Bu xususda Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqarib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Ushbu qamoqqa olishlar Hizb ut-Tahrir a’zolarining islomiy hayotni qayta boshlashga da’vat qilish yo‘lidagi harakatlariga harakat va qat’iyatiga qat’iyat qo‘shadi, xolos. Bu bilan ular o‘zlarining haq, rostgo‘ylik va adolat yo‘lidan ketayotganlariga bo‘lgan imon-ishonchlari, qanoatlari yanada oshadi. Ulardan farqli o‘laroq, bu sifatlar na Iordaniya rejimida bor, na uning gumashtalarida, na xavfsizlik xodimlarida va na korruptsiyachi doiralarda.

Roya gazetasining 2019 yil 20 noyabr chorshanba kungi 261-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.