Erdo‘g‘on Trampga Suriyadagi kurdlar yuzasidan bergan va’dasini eslatmoqchi
Erdo‘g‘on 12 noyabr kuni Vashingtongga uchib ketish arafasida jurnalistlarga bergan intervьyusida Suriya ham muzokaralar kun tartibida ekanini aytdi. Erdo‘g‘onga ko‘ra, AQSh Suriya-Turkiya chegarasidan kurd jangarilarini olib chiqib ketish bo‘yicha va’dasini bajarmagan.
-Biz prezident Trampga Suriyadagi Turkiya harbiy amaliyotini to‘xtatish uchun AQSh bilan erishilgan shartnomaning ayrim bandlari bajarilmaganini ma’lum qilamiz,-dedi Erdo‘g‘on.
Turkiyaning Suriya shimolidagi kurd otryadlariga qarshi harbiy amaliyoti 9 oktyabrь kuni boshlangan. Anqara kurd qurolli otryadlarini terrorchi, deb hisoblaydi. Vashington esa ularni “Islom davlati” ekstremistik guruhiga qarshi kurashda o‘z ittifoqchisi, deb biladi.
Tahlil: 2010 yil 11 sentyabr voqeasidan keyin AQSh Iroqni, undan so‘ng Afg‘onistonni bosib oldi. O‘sha paytda ham, Iroq, Turkiya Eron va Suriya orasida joylashgan Kurd millatiga mansub (kurdiston) mintaqa muammosidan o‘z manfaati yo‘lida foydalangan edi. AQSh o‘shanda Kurdlarga Kurdiston mamlakatini qurib berishni va’da qilgan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida Turklarga Kurdiston davlati qurilishiga yo‘l bermaslikka va’da qilgan edi. Har ikki tomon ham, AQSh va’da qilgan ikkiyuzli siyosiy xo‘rak ilinjida Islom va Musulmonlar manfaatiga zid bo‘lgan pozitsiyalar bilan, kufrga itdek xizmat ko‘rsatishdi. Urush tugaganda AQSh Kurdlarga bergan va’dasini unutib, ulardan quvvatliroq va manfaat keltirish imkoniyati kengroq bo‘lgan Turkiyani tanladi. Chunki ikki va’da bir biriga qarama qarshi bo‘lib, AQSh ulardan birini tanlashga majbur edi.
Turkiya ham, Kurdiston ham, Suriya muammosida yana AQSh va’dasiga ishonib, uning manfaati uchun yana jon jahdi bilan harakat olib boryapti. AQSh yana ikki tomonni birini tanlaydi! Ularni bir-biri bilan urushtirib qo‘yib, har ikki tomon bilan yana qaytadan savdolashib, o‘z manfaatiga muvofiq bo‘lganini tanlaydi. Qizig‘i shundaki, aldangan ikkinchi tomon shunda ham AQShdan umidini uzmaydi. U yana unga suyanib xiyonatida davom etaveradi.
Musulmonlarning xorligi ularning moddiy, harbiy quvvatsizligidan emas, balki siyosiy tafakkurlarining buzuqligidandir. Shu xorlik biz musulmonlarni har safar saltanatni xoin shaxslarga topshirib qo‘yayotganimizda namoyon bo‘lyapti! Kufr bergan himoya va milliardlagan dollarlar evaziga xoin etakchilarimiz bizni va boyliklarimizni har safar xalqaro siyosatdagi nufuzli davlatlarga sotib yuborishadi yoki mamlakatni va fuqorolarni garovga qo‘yib kufr manfaatiga mos, biz uchun keraksiz va zararli tavakulchilikka borishadi. Ular ongimizda xalqaro kufr boshqaruv tizimiga umid paydo qilish bilan, haqiqiy islomiy mabdaiy uyg‘onishga bo‘lgan ishonchimizni so‘ndirib, kufr olamining zulmlarini his qilishimizdan chalg‘itishga harakat qilishadi. Bularni anglay olish hamda kufrning tuzog‘i va boshqa nayranglariga aldanavermaslik uchun, ummatda mabdaiy siyosiy ong va tafakkur bo‘lishi shart! Aks holda boshi berk ko‘chalarda parokandalikda bir birimizni tepalab, kufr qoqib bergan qoziq atrofida aylanib yuraveramiz!
Abdurazzoq Mo‘’min.