Tojik-o‘zbek chegarasidagi qo‘riqchilar bo‘limi hujumga uchradi, 17 kishi o‘ldi

834
0

Tojik-o‘zbek chegarasidagi qo‘riqchilar bo‘limi hujumga uchradi, 17 kishi o‘ldi

Shu yilning 6 noyabriga o‘tar kechasi 20 nafar niqobli noma’lum shaxsdan iborat qurolli guruh tojik-o‘zbek chegarasidagi chegara soqchilar bo‘limiga hujum qilgan, deya ma’lumot tarqatdi Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining chegara qo‘shinlari matbuot xizmati.

Kuch ishlatar tuzilmalarining amaliyoti chog‘ida qurollangan guruhdan 15 kishi o‘ldirilgan, otishma paytida chegara qo‘shinlarining bir askari va ichki ishlar bo‘limining bir xodimi halok bo‘lgan.

Tojikiston IIV amaliyot chog‘ida guruhga tegishli 4 avtomashina yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.

Ozodlikning tojik xizmati muxbirlarini voqea joyiga o‘tkazmaganlar. Hodisa sodir bo‘lgan hududda yo‘llar yopilgan, Tojikistonning boshqa mintaqalari va poytaxt Dushanbeda qurolli postlar qo‘yilgan.

O‘zbekiston chegara xizmati chegara zastavasiga qilingan hujum tafsilotlarini o‘rganmoqda, deya xabar qiladi TASS axborot agentligi O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari vakili so‘zlariga tayangan holda.

“Sodir bo‘lgan voqea haqida bizni xabardor qilishdi. Biz vaziyatni o‘rganayapmiz va Tojikistonning tegishli muassasasi bilan aloqada bo‘lib turibmiz”, degan agentlik manbasi.

Tahlil:  Patrushevning avval Tojikistonga, keyin O‘zbekistonga tashrifi ortidan biror sovuq hodisa yuz berishi kutilgan edi.

Tojik rasmiylari bu hodisa “Islom davlati” tashkiloti tomonidan amalga oshirilganini e’lon qilib yubordi. Ular hodisa bo‘lib o‘tgan joyni o‘rab olib, matbuotni hodisa joyiga kiritishmagan. Ular xuddi avvaldan bu amaliyotdan xabardor bo‘lgandek, zudlik bilan xududni o‘rab olib, Dushanbe tomonga bir necha postlar qo‘yib yuborishdi.

O‘zbekiston Rossiya va AQShning manfaatlari o‘rtasida qoldi. Karimovni qo‘llagan etakchi guruh ham, rejim ham o‘zgarmadi, hali o‘z o‘rnida turibdi. Demak O‘zbekistonni hali ham DXXdan iborat etakchi guruh boshqaryapti. Shuning uchun Putin O‘zbekistonga bosim o‘tkazishda aynan chekist Patrushevni jo‘natdi. Rossiya AQShdan farqli o‘laroq O‘zbekistonga bosim o‘tkazishda ko‘proq e’tiborni harbiy quvvatiga, aniqrog‘i harbiy fitnalar uyushtirishga qaratadi.

Tojikiston esa, Rossiya manfaati yo‘lida har qanday jirkanch ishlar uchun mamlakat eshigini ochib bergan ko‘rinadi. Bir necha marotaba Qirg‘iz – Tojik chegarasidagi uyushtirilgan milliy nizolar ortidan harbiy to‘qnashuvlar kelib chiqqaniga uzoq bo‘lmadi. Bu kabi nizolar Tojik chegarasida sodir bo‘laverishi har safar ham tasodif bo‘lavermaydi. Balki,bu nizo Rossiyaning o‘z vaqtida Qirg‘izistonga, endilikda esa O‘zbekistonga bosim o‘tkazayotgan o‘zaro va xalqaro siyosiy vaziyatlardan kelib chiqqan keskin holatlarga to‘g‘ri kelayapti.

Demak mintaqada qalbaki harbiy islomiy xavf xatar paydo qilishmoqchi! Qirg‘iziston va boshqa qo‘shni davlatlar ham ogoh turishi kerak, Rossiya butun mintaqani parokanda qilib yuborishi mumkin. Milliy, diniy va vatanparvarlik tuyg‘ularimizni jumbushga keltirishga harakat boshlandi. Kufrning maqsadi, har biri ko‘zlagan manfaati yo‘lida ushbu tuyg‘ularimizdan foydalanib, o‘rtalarimizda keskinliklar paydo qilishga harakat qilishadi. Ogoh bo‘laylik, har bir fitna muayyan maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Maqsad manfaatga qaratilgan, milliy nizolarda faqat dushmanlarimiz manfaati yotadi. Demak har bir qo‘poruv amaliyoti kufr manfaatidan kelib chiqib, ular tomonidan xoinlar ishtirokida atayin uyushtirilgan bo‘ladi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.