«Hanuzgacha jamiyat qiz olib qochishni jinoyat deb bilmayapti»
Bundan bir necha kun ilgari Qirg‘izistonning Talas viloyatidan olingan bir videlavha ijtimoy tarmoqlarda yoritildi. Unda yig‘layotgan bir qiz uydan chiqib ketishga urinayotgan bir paytda ayollar uni zo‘rlik bilan qaytarib uyga olib kirishadi. Qizning dod-voyini bildirmasligi uchun yoshlar baland ovozda ashula ayta boshlashadi. Bu videolavha bo‘yicha har kim har qanday fikr bildirmoqda.
Biz «Sezim» inqiroz markazining rahbari Bubusara Rыskulova bilan qiz olib qochish mavzusida suhbat uyushtirdik» — deya keltirmoqda “Gezitter” saytining jurnalisti.
Biz Risqulovaga quyidaggi savollar bilan murojaat qildik:
— Salom, Sizningcha qiz olib qochishaga qarshi jazo belgilansa-da nega ayni voqelar tez-tez sodir bo‘lmoqda? Sizningcha qonun ish bermayaptimi? Yoki bunday qonunning o‘zi kifoya qilmaydimi?
Bu savollarga javoban markaz rahbari shunday dedi: – “Qonun qabul qilindi. Ko‘pgina ijtimoiy tashkilotlar 10 yillar davoamida ayni muammo haqida bahs qilishar edi. Afsuski minglagan qizlarimiz taqdiri barbod bo‘lmoqda. Naxotki mamlakatimiz fuqarolari qonunga zarracha ehtirom ko‘rsatmasa? Aytishlaricha faqatgina o‘g‘rilarni emas, o‘rtamchilar ham jazoga tortiladi. Ammo mening jamiyatdagi hozirgi ahvolga aytdaginan gapim yo‘q. Menimcha jazo qonuni kifoya qiladi, faqatgina otuvga hukm qilish qoldi xolos. Qonun bo‘yicha majburiy tarzda qiz o‘g‘rilaganlar 5-7 yil muddatga jazolanishadi. Men bugunga qadar takroran aytib kelaman; qiz olib qochish bu katta jinoyat”. Manba: maralfm.kg
Izoh: Cheklangan aql mahsuli bo‘lmish kufr qonuniyati bashariyat yashash tarzini tartibga solishni o‘rniga uni battar jarlik yoqasi tomon boshlab boryapti.
Yuqoridagi fikrlarni o‘qib o‘zimcha xayol suraman, tayyorgina qoidalar, hukmlar turganida, shuncha odam bosh qotirib qonun chiqarishni nima keragi bor?! Bu qonunlarni yaramasligiga o‘zlari ham guvoh bo‘lyaptilar, zero chiqargan hukmlar tez fursatda eskirib, muammolarni bartaraf etishga yaramaydi. Bir to‘da deputat o‘tirib, biri u desa bir bu deb o‘zinikini ma’qullaydi. Ajoyib, agar inson fikrlamasa o‘ziga o‘zi faqat ziyon keltirar ekan. Agar rahbarlar to‘g‘ri fikrlashni bilmasa ziyoni hammaga etarkan.
Qirg‘iziston oliy kengashi ham ijtimoiy muammolarni qonun yo‘li bilan bartaraf etishga harakat qiladi, ammo bari befoyda, bir-biriga mutanosibligi bo‘lmagan qoidalardan iborat. Misol uchun yuqorida aytilganidek bir tarafdan qiz olib qochish uchun jazo tayinlansa, ikkinchi tarafdan nikoh yoshini 18 yoshdan belgilab berdi.
Holbuki Rasulalloh (s.a.v.) — “Qizlaringiz balog‘atga etganda ularni uzatishga shoshiling, yo‘qsa fasod ko‘payadi”, deganlar.
Shu birgina shar’iy qoidaga amal qilmaganimizdan, ko‘cha to‘la tanasini sotuvchi qizlar, ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘zlarini ko‘z-ko‘z qiladigan behayo qizlar tobora ko‘payib bormoqda.
Shariatning har bir hukmida hikmat bor. Ilmoniy rejim esa muammoni echimini cheklangan aqllardan izlaydi. Qizlarimizning maktablarda o‘g‘il bolalar bilan aralash o‘qishi bir musibat bo‘lsa, ularning libos erkinligi haqida so‘z yuritmasak ham bo‘laveradi. Ba’zi bir qizlar ko‘cha-ko‘yda g‘arizasini qondirib yursa boshqalari ko‘chadan o‘zlariga “yor” tanlab otasiga ko‘rsatgani keladi. «Ota men shunga turmushga chiqayapman.. » deb uqitirib qo‘yadi tamom vassalom! Oiladagi Otaning o‘rni, valiylik darajasi, uning roziligi esa xech kimni qiziqtirmaydi. Modomiki Shariat nuqtai nazari bilan qaralmas ekan, muammo ustiga muammo paydo bo‘laveradi. Undan hatto bir fosiq Ota ham qanoat hosil qilmaydi. Qalbida farzandiga nisbatan tashvish, xafagarchilik paydo bo‘ladi.
Farzandning haq-huquqi, Ota-Onaning o‘rni, nikohlanish qonun-qoidalarining barchasini Shore’ aniq-tiniq qilib aytib bergan. Biroq undan yuz o‘girganimiz sari holimiz tubanlashib bormoqda.
Darhaqiqat bu ilmoniy tuzum zaharli daraxt misoli bir o‘simlikdir va faqat zalolatdan ozuqu oladi, uni ba’zi bir joylariga nafsimizga mos kelgan shar’iy hukmlar bilan yamoq solmasdan, balki tag-tomiri bilan qo‘porib tashlashimiz shart. Uning o‘rniga Yaratuvchimiz rozi bo‘ladigan, tartib-intizomli yashash tarzini ya’ni Islomni hayotga qaytaraylik. Otalar ya’ni valiylarning maqomini o‘z o‘rniga qo‘yaylik, qizlarimizga jabr qilmaylik, ular or-nomusimiz, ularni himoya qilib, asrab avaylashimiz va pokiza holatda juftlariga uzatishimiz vojib amallardan hisoblanadi.
Bir chuqur ma’noli so‘z yodimga tushdi: Agar siz o‘g‘il bola tarbiya qilayotgan bo‘lsangiz, demak siz erkak kishini o‘stirayotgan ekansiz, ammo agar qiz bola tarbiya qilayotgan bo‘lsangiz, unda siz bir avlodni tarbiya qilayotgan bo‘lasiz».
Munavvara Aziz