Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari qidiruvga berildi

601
0

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari qidiruvga berildi

Qirg‘iziston maxsus xizmati sobiq rahbari Busurmankul Tabaldiev xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tabaldiev kriminal avtoritet Aziz Batukaevning noqonuniy ozod etilishi bilan bog‘liq jinoyat ishida ayblanmoqda. U bilan birga, mazkur jinoyat ishida yana 19 kishi, jumladan, respublikaning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev ham ayblanmoqda.

IIVning ma’lumot berishicha, 14 kishi tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan. Jinoiy ish materiallari bosh prokuraturaga jo‘natilgan.

Tahlil:  Busurmankul Tabaldiev 1975 yili SSSR KGB oliy maktabini tamomlagan. 1971 yildan buyon KGB xodimi sifatida har turli lavozimlarda ishlab keldi. 1989 – 1991 yili QR yuistitsiya vaziri, mustaqillik e’lon qilingandan keyin esa QR bosh vazir apparat etakchisi, QR prezident adminstratsiya bo‘limi etakchisi, milliy xavfsizlik xizmati raisi, maslahat kengash raisi, muvaqqat hukumat apparat etakchisi, xavfsizlik bo‘lim etakchisi lavozimlarida ish olib bordi. 2013 -2015 y GKNB QR raisi, 2015 – 2016 y QR prezident apparat maslahatchisi bo‘lib ishladi. Tabaldiev davlat tomonidan 14 marotaba har xil darajada orden, medal va boshqa mukofotlar bilan  taqdirlangan.

Shu kungacha Qirg‘iziston xalqi va davlatchiligining siyosiy etakchiligi, xavfsizlik masalasi, xalq va davlat mulki ishonib topshirilgan odamlarning deyarli barchasi  jinoyatchi, korruptsiyachi, xoyin yoki xalq dushmani bo‘lib chiqyapti. Boshqaruv mexanizmi o‘zgargani yo‘q! Demak bundan keyingilarini ham, avvalgilarining taqdiri kutyapti! Chunki xalqaro siyosat ham, olamiy va mahalliy boshqaruv sistemasi ham o‘zgarmadi. Hatto etakchi guruh asosi bo‘lgan siyosiy doira ham, uni shakillantirgan shaxs va shaxsiyalar ham o‘zgarmadi. Faqat bir toifasi ikkinchi toifadan hokimiyat tizginini tortib olib, avvalgilarini siyosiy maydondan chetlatish maqsadida ularni jinoiy javobgarlikka tortyapti.

Akaev, Bakiev, Tekebaev, Atambaev, Tabaldiev… bularning hammasi bir siyosiy doiraning vakillari bo‘lishlariga qaramay, keyingilari avvalgilarini jinoiy javobgarlikka tortib kelishyapti. Ularni ustida turgan xalqaro siyosiy boshqaruv sistema egalari bo‘lmish yirik davlatlar, birini ikkinchisi bilan almashtirib, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarib kelishadi.

Qirg‘iziston xalqiga murojaat: nahot shu kungacha bizni boshqarib kelgan siyosatchilarning deyarli hammasi jinoyatchi bo‘lsa?! Nahotki shu jinoiy to‘dalar bugungi kunda ham bizni boshqarishda davom etib borayotgan bo‘lsa?! Buni anglash uchun yana mavjud etakchilarimizni hokimiyatdan ag‘darilishini kutamizmi? Bular ham avvalgilar singari davlat manfaatlarini Xitoy yoki Rossiyaga sotib yuborishayaptiku! Keyin hokimiyatdan ketganlarida, keyingilari ularni jinoyatlarini ochishganlaridan hech qanday manfaat yo‘q! Jinoyatlar sodir etib bo‘lingan, manfaatlar qo‘ldan chiqib ketgan, ularni qaytarib bo‘lmaydi.

Shuning uchun vaziyatni o‘nglashning yagona yo‘li, xalqning o‘zi bu boshqaruv jinoiy mexanizmidan voz kechishi kerak. Mavjud olamiy boshqaruv sistemasi qurbonlari bulayotgan bu jinoiy to‘dalarni qo‘lidan tortib, islomiy siyosiy doira vakillariga aylantirishlari lozim. Va boshqaruvni bu buzuq siyosiy doiradan boshqa, haqiqiy davlat arboblaridan iborat islomiy siyosiy doiraga topshirish haqida tafakkur qilishi kerak! Chunki mavjud olamiy boshqaruv sistemasi ichidagi zayif va buzuq siyosiy doiradan umid yo‘q! Ularning barchasi olamiy kuchlarning biriga yoki bir nechtasiga xizmat qilish orqali siyosat yuritish tafakkuri asosidagi siyosiy doira vakillaridir.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.