Livan davlatining odamlarni sariq chaqaga olmasligi namoyon boʻldi

632
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Livan davlatining odamlarni sariq chaqaga olmasligi namoyon boʻldi

Bunga Tripolidagi oʻlim poligonlari dalildir

Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot boʻlimi 16 avgust juma kuni nashr qilgan bayonotida quyidagilarni taʼkidladi:

Livan davlati, barcha vazirliklariyu deputatlari bilan birgalikda, hamon odamlar hayotiga panja orasidan qarab, axlatlarni yigʻishtirish masalasida, yaʼni Tripolidagi oʻlim poligonlari masalasida yaroqsiz uslublardan foydalanib kelmoqda. Bu oʻz fuqarolariga soliq solib, choʻntaklarini qoqib oladigan emas, balki ularning ishlarini boshqaradigan davlatlarning vazifalaridan hisoblanadi. Alloh izni ila, yaqinda barpo boʻlajak Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati ayni masalani Islomdagi mavjud amaliy yechimlardan foydalangan holda hal qiladi. Shuning uchun Islom yechimlari bugungi kunda insonlarning dini va istaklarini oʻzida gavdalantiruvchi xolis rostgoʻy ijroiy hokimiyatga muhtoj boʻlib turibdi.

Biz Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati aʼzolari yurt rejimining qanchalar korruptsiyaga botganini hamda mustamlakachi Gʻarb tiklab, tepasiga bir siqim poraxoʻrlarni oʻtqazib qoʻygan uning asl strukturasini juda yaxshi bilamiz. Bu kimsalar avvalo gʻarblik xoʻjayinlari manfaati, keyin oʻz choʻntaklari va bank hisob raqamlari uchun xizmat qilishadi. Bunday rejim bilan faqat uning jinsidagi kimsalargina kelishishi va uning korruptsiyasiga rozi boʻlib yashashi mumkin! Biroq biz insonlarda hamon umid uchqunlari mavjudligini guvohi boʻlmoqdamiz. Masalan, Favor va Turbuldagi norozilik namoyishlari chaqirigʻiga labbay, deb yigʻilgan insonlar oʻzlari yashayotgan hududlarda oʻlim va xonavayronlikka olib boruvchi loyihalarning tatbiq etilishiga qarshi turdilar. Bas, siz yurt ahlini rejim tahdidlari qoʻrqitmasin, biz sizni namoyishlarni davom ettirishga hamda axlat tashuvchi mashinalarning hududlarga kelishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqiramiz, chunki bu mashinalar orqali yurt axlatxona va poligonga aylantirilyapti. Shuningdek, odamlarni “yoʻllarni ochamiz, axlatxona uyumlarini yoʻq qilamiz”, deya laqillatayotgan rasmiylarni sharmanda qilishga daʼvat qilamiz!

Roya gazetasining 2019 yil 28 avgust chorshanba kungi 249-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.