Kapitalizm tsivilizatsiyasi “samara”laridan biri

474
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalizm tsivilizatsiyasi “samara”laridan biri

Migrantlar AQSh hibsxonalarida noinsoniy sharoitdan aziyat chekmoqdalar

Al-Jazira net veb-saytida (hijriy 1440 yil 15 zul-hijja, milodiy 2019 yil 16 avgust juma kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

“Voyaga yetmagan migrantlarni hibsda saqlash shartlariga doir hukumat taqdim etgan shikoyat arizasiga javoban AQSh apellyatsiya sudi yaxshi ovqatlanish, sovun va tish pastasi sogʻliqni saqlash shartlaridan biri boʻlib, voyaga yetmagan migrantlar uchun hibsda saqlanayotgan joylarida qonunan kafolatlanishi lozimligini taʼkidladi.

Bundan oldin Apellyatsiya ishi jarayonida AQSh ichki ishlar vazirligi bilan adliya vazirligi bu haqda fikr bildirgan edi. Ularga koʻra, 1997 yilda qabul qilingan sogʻliqni saqlash majburiyatlariga doir qonun voyaga yetmagan mahbuslarning yotogʻi va tibbiy vositalar taʼminlanishini oʻz ichiga olmagan. Chunki mazkur narsalar qonunda koʻrsatilmagan”.

Roya gazetasi sharhi:

Kapitalizmning asl vahshiy basharasi mana shu. Unda insonga inson oʻlaroq qaralmaydi, balki faqat moddiy manfaat nuqtai nazarida qaraladi. Agar kapitalistik davlatlar qochqinlarga boshpana berish kerak deb bilsa, shuni qiladi. Agar yoʻq ularga boshpana berilmasligi kerak deb bilsa, ularni oziq-ovqat, sovun, yotoqdan mahrum qilib, ochlikdan, sovuqdan, kasallikdan va choʻkishdan oʻlib ketishlariga qoʻyib beradi. Amerikaning asl basharasi ham mana shu. Bu davlat inson huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida ogʻiz koʻpirtirib gapiradi-yu, ammo buni birinchi boʻlib oʻzi oyoqlari bilan depsab, oʻzining malay va jinoyatchi rejimlari zulmidan qochib kelgan xalqlar oldida chegaralarini yopib tashlaydi. Chegara oldida oʻlib ketganlar oʻtib ketaveradi, oʻtishga muvaffaq boʻlganlar esa, hibsga olinib, bu davlatning “boshpana markazlari”, deb atalgan hibsxonalarida yotoqsiz, oziq-ovqat va dori-darmonsiz ahvolda saqlanadi.

Hatto AQShda qonunan yashayotgan yuridik migrantlar toʻgʻrisida ham, Tramp maʼmuriyati yangi qonun qabul qildi. Kelasi birinchi oktyabrdan boshlab kuchga kiradigan bu qonunda Amerikadagi yuridik migrantlarga doimiy yashash guvohnomalarini bermaslik aytilgan. Maʼlumki, yuridik migrantlar tibbiy imtiyozlar, oziq-ovqat kartalari, imtiyozli turarjoylar va hukumat yordamining boshqa shakllaridan foydalanishar edi.

Roya gazetasining 2019 yil 28 avgust chorshanba kungi 249-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.